Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

2023-yil 7-son
Tilshunoslik
funksiyalarini koʻrsatib beradi; dunyoning lisoniy manzarasi millat va tilning tarixiy taraqqiyot jarayonlarini koʻrsatib 
beradi hamda, ayni vaqtda, tilning kelgusidagi holati toʻgʻrisida ilmiy bashorat beradi; dunyoning lisoniy manzarasi 
tildagi eng joʻn jarayonlardan boshlab tilning oʻzigagina xos xarakterida namoyon boʻluvchi juda murakkab jihatlarni 
oʻz ichiga oladi, hech qanday lingvistik jarayon undan chetda qola olmaydi; dunyoning lisoniy manzarasi tarixiy 
taraqqiyot jarayonida oʻzgarishlarga uchraydi; olamning lisoniy manzarasi tilshunoslik hodisasi boʻlish bilan bir 
qatorda, ayni paytda, madaniy hodisa hisoblanadi; olamning lisoniy manzarasi ma’lum bir avlod vakili tomonidan 
yaratiladi, ikkinchi bir avlod vakillari tomonidan boyitiladi, ajdodlardan avlodga meros sifatida oʻtadi; olamning 
lisoniy manzarasi umummadaniy hodisadir, yaʼni hamma xalqlar taraqqiyotning turli davrdagi bosqichlarida ushbu 
jarayonni turlicha bosib oʻtadilar” [4: 5]. 
Har bir tilning koʻp jihatdan oʻzaro farqlanmaydigan tomonlari bilan birgalikda, tillarning oʻzigagina xos 
xususiyatlari aniq koʻzga tashlanib turadigan, milliy lisoniy tabiatiga ega boʻlgan jihatlari ham borki, bular tilning 
mohiyatini, tillar dunyosidagi oʻziga xosliklarni taʼminlaydigan hodisalar sanaladi. Mazkur fikrdan anglashiladiki, 
dunyoning lisoniy manzarasi oʻz tabiati bilan boshqa tasvirlardan bir qancha jihatlariga koʻra ajralib turadi:
- birinchidan, dunyoning lisoniy manzarasi amaliy jihatdan samaradordir, yaʼni tasvir vositalari sanalgan soʻzlar 
insonning hissiyotlari, tuygʻulari, bilimi, diniy hamda dunyoviy qarashlarini ifodalaydi, nutqini shakllantirishga xizmat 
qiladi; 
- ikkinchidan, dunyoning lisoniy manzarasi diniy-falsafiy, mifologik, badiiy, falsafiy hamda ilmiy tasvirlar 
oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin funksiyasini bajaradi, zero, ushbu qatlamlarga doir qarashlar, gʻoyalar va fikrlar 
bevosita til vositasida ifodalanadi. Lisoniy tasvir vositalari har bir boshqa tasvirlarni nutqimizda ifodalash uchun 
birdek qoʻllaniladi. Ayni damda, ilmiy tasvirga doir tushunchalar, fikrlar yoki diniy, diniy-falsafiy, mifologik tasvir 
vositalarining qoʻllanilish doirasi faqatgina “oʻzining oʻqi” atrofida cheklangandir;
- uchinchidan, bizga maʼlumki, voqealar, hodisalar, predmetlar va obrazlar turli xil millatlar ongida turli shaklda 
shakllanadi va milliy mentalitetlar oʻrtasidagi farqlar lisoniy vositalar oʻzagida yaqqol koʻzimizga tashlanadi. 
Shu sababdan ham dunyoning lisoniy manzarasi oʻz vositalari boʻlgan soʻzlar vositasida oʻzining tafovutchilik 
funksiyasini ham bajaradi [5].
Dunyoning lisoniy manzarasi umumiy, xususiy hamda milliy turlarga boʻlinadi. Dunyoning umumiy 
lisoniy koʻrinishi va milliy tasvirdagi tafovutli jihatlar esa bugungi kunimizda til ilmining kognitiv lingvistika va 
lingvomadaniyatshunoslik singari nisbatan yangi sohalarida olib borilayotgan turli xil ilmiy tadqiqotlar uchun asosiy 
masala boʻlib qolmoqda. Rus tilshunos olimi G.Gachyovning fikrlariga koʻra, “olamning milliy obrazi oʻz tarkibida 
milliy makon, turmush tarzi, til, milliy ruh, milliy mentalitet, borliqni anglashning milliy usuli, borliq haqidagi milliy 
tushunchalar, qadriyatlar tizimi kabi sathlarni qamrab oladi. Har bir davr oʻziga xos milliy qiyofani yaratadi” [6]. 
Ushbu sathlar asosida shakllanib, uzluksiz ravishda rivojlanayotgan milliy tillar esa, olamni turli xil boʻyoqlarda, 
takrorlanmas tarzda tasvirlashi tabiiy holdir – zotan, “til oʻz maʼnolari tizimi va ushbu tizimlar birikuvi orqali olamning 
konseptual modelini milliy va madaniy rang-baranglik orqali boyitadi” [7].
Xulosa oʻrinda eʼtirof etish kerakki, antropotsentrik yondashuvlar asosidagi ilmiy tadqiqotlarda til hamda 
tilshunoslik masalalari har doim ham bir-biridan aniq-tiniq farqlanmaydi va, koʻp hollarda, yuqoridagi 
yondashuvlardagi til bilan bogʻliq ijtimoiy muammolar asoslanmagani uchun tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq 
etilmaydi. Bu esa, jamiyatdagi ehtiyoj va muammoni anglamaslik sababli tadqiqotlarning eski tamoyillar qobigʻidan 
chiqib keta olmasligi bilan bogʻliqdir. Shu maʼnoda koʻchma ma’noli birliklar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning amaliy 
samaradorligini taʼminlashga boʻlgan jamiyat buyurtmasi masalani tarjima va lugʻatshunoslikdagi mukammallikka 
erishish jihatidan tipologik tadqiq etishni taqozo etmoqda.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin