veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
61
2023-yil 7-son
Tadqiqot
muttarjim, mutafakkir-faylasuf, jamoat arbobi, siyosatchi, pedagog - bir o‘zida shuncha sifatlarlarni jam etgan Fitrat
madaniyatimiz rivojida o‘chmas iz qoldirdi” [1. 387], deya e’tirof etadi Fitrat haqida O.Sharafiddinov. Adabiyotshunos
olim haq edi. Fitratning adabiyotimizda alohida e’tirofga arziydigan jihati milliy daramaturgiyani yangi bosqichga olib
chiqdi. Xususan, Abdurauf Fitrat qisqa muddat ichida «Temur sag‘anasi», «Abulfayzxon», «Chin sevish», «Hind
ixtilochilari», «Arslon», «Zohoki moron» kabi fojia va dramalar yaratdi. Bularning hammasi o‘sha yillarda o‘zbek
sahnasida muvaffaqiyat bilan qo‘yildi. Tabiiyki, bu asarlar ham Fitratning publitsistikasi kabi, birinchi navbatda,
aksil mustamlakachilik ruhi bilan sug‘orilgan edi. Fitrat o‘tmishga murojaat qiladi, buyuk sohibqiron Amir Temur
obrazini yaratadi, uni o‘z yurtining farovonligi, mustaqilligi, yaxlitligi uchun kurashgan, madaniyat va ma’naviyatni
yuksaltirishga, adabiyot va san’at rivojiga katta ahamiyat bergan davlat arbobi sifatida ko‘rsatadi.
Sahnaga qo‘yilgan «Chin sevish» dramasida va keskinroq yaratilgan «Hind ixtilolchilari» dramasida qo‘shni hind
xalqining taqdiri timsolida mustamlaka siyosatining dahshatini ochadi va erk uchun, mustaqillik uchun kurashgan
odamlarni tom ma’noda ideal qahramonlar tarzida ko‘rsatadi. Fitratning bu asarlari ayrim badiiy qusurlardan xoli
bo‘lmasa-da, millat taqdiri uchun kuyib-yonib yozilgan asarlar sifatida dong qozondi. Xuddi shu sifatlari uchun bu
asarlarni sho‘ro mafkurasi qabul qilmadi va birinchi qadamlardanoq ularni muttasil qoralash bilan shug‘ullandi.
«Har qanday chinakam iste’dod sohibi kabi Abdulhamid Cho‘lpon ham ijodining deyarli hamma sohalarida
samarali faoliyat ko‘rsatgan. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg, ham tarjimon, ham publitsist bo‘lishi bilan
birga, barkamol munaqqid, mohid adabiyotshunos, o‘ziga xos tarzda fikrlaydigan san’atshunos ham bo‘lgan» ,
- deydi adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov “Adabiyot yashasa – millat yashar” maqolasida.
Darhaqiqat,
barcha sohalar kabi jadid dramaturgiyasining rivojiga Cho‘lpon ham salmoqli hissa qo‘shgan. Bu jihatdan, ayniqsa,
uning 20-yillardayoq sahnaga qo‘yilgan «Yorqinoy» [2. ] dramasi diqqatga sazovor. Bunda ham Cho‘lpon o‘zining
shu yillardagi e’tiqodidan kelib chiqadi - u inson hayotining mohiyati haqida o‘ylar ekan, inson uchun eng ardoqli
qadriyat sifatida, hatto muhabbatdan ham yuqori turadigan omil sifatida erk va adolatni tasdiqlaydi. Drama
qahramoni Po‘lat sarkardaning qizi Yorqinoyni sevadi, lekin zarur bo‘lsa adolat uchun kurash yo‘lida
u huzur-
halovatidan, farog‘atidan, muhabbatidan ham voz kechadi. Hayotdagi adolatsizlikka, zulmga qarshi kurash, adolat,
insof va diyonatni tasdiqlash Po‘lat uchun eng ulug‘ a’moldir. «Yorqinoy» dramasi sahnaga qo‘yilgan kezlarda
Turkistonda, Farg‘ona vodiysida va o‘lkamizning yana boshqa ko‘pgina joylarida fuqarolar urushi davom etmoqda
edi va bu jarayonda har qadamda, har soniyada yuzlab, minglab zo‘ravonliklar, adolatsizliklar, qatliomlar sodir
bo‘lmoqda edi. Boshqacha aytganda, zulm olovi guvillab yonmoqda edi. Shunday sharoitda «Yorqinoy» dramasi
katta ahamiyatga ega bo‘ldi
.
Bu davrda Hamza ham jadidona ruhdagi dramalar yaratdi. Bular «Qahramon o‘g‘iz», «Farg‘ona fojialari»,
«Muxtoriyat» kabi asarlardir. Ular mazmunan sho‘ro adabiyotining qoliplariga to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun sho‘ro
adabiyotshunosligi bu asarlarga kam ahamiyat berdi, ularni g‘oyaviy chalkashlikda, o‘tmishni ideallashtirishda
ayblab, shu bilan tahlilni muxtasar qilib ketaverdi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas edi, negaki ob’ektiv tahlil
davom
ettirilsa, Hamzaning sovet adabiyotining asoschisi tarzidagi obraziga dog‘ tushib qolardi.
Bu o‘rinda yana shuni ta’kidlash kerakki, Hamzaning «Tuhmatchilar jazosi», «Kim to‘g‘ri?», «Maysaraning ishi»,
«Xolisxon» kabi mashhur asarlarini ham jadid dramaturgiyasining yetuk namunalari deb qaragan ma’qul, chunki
ularda ham sotsialistik realizmni tashkil qiluvchi biron belgini ko‘rmaymiz - dramaturg hayot hodisalarini xolislik
bilan atroflicha tasvirlaydi, zo‘rma-zo‘raki va sun’iy xarakterlar yaratmaydi, insonni insoniy jozibadan mahrum
qiluvchi sinfiy sifatlarga va xarakteristikalarga murojaat qilmaydi.
XX asrning 20-yillarida o‘zbek jadid
adabiyoti yangi adabiy janrlar, turli tuman shakl va uslublarda o‘zini
namoyon qildi. Ayniqsa, dramaturgiyaning o‘ziga xos shakl va mazmunda rivojlanishi e’tiborga loyiq. Aytish joizki,
sahna asarlarining genetik ildizlari xalq dramalari, qo‘g‘irchoq o‘yini, o‘zbek xalq tomosha san’atiga borib taqaladi.
Alohida ijodkorlarning muayyan sahna asarini yaratishi o‘zbek adabiyotida XX asrning 10-20-yillariga to‘g‘ri keladi.
O‘zbek dramaturgiyasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi jadid adiblar nomi bilan bog‘liqdir.
Cho‘lponning o‘z maqolalarida va boshqa qaydlarda nomi zikr etiladigan, lekin topilmagan yoki yo‘qolgan
dramalari bo‘lgan. Bu boradagi tadqiqotlar, ilmiy maqolalarda Cho‘lponning topilmagan sahna asarlari nomlari
quyidagicha keltiriladi: 1. «Boy» (1914). 2. «Cho‘rining isyoni» (1919, 1926). 3. «Xalil farang» (1917, 1921). 4.
«O‘rtoq Qarshiboev» (1928). 5. «Yana uylanaman» (1926). 6. «Uzun quloq bobo». 7. «Cho‘pon sevgisi». 8.
«O‘ldiruvchi» (1922). 9. «Hijrat» (1936, 1937). 10. «Buxoro jallodlari». 11. «Qorovul uyqusi» 12. «Ramazon
ko‘rinishlari» 13. «Ov». 14. «Siniq oyna».
«Yana uylanaman» sahna asari haqida Cho‘lponning o‘zi shu nomdagi maqolasida bir talay ma’lumotlar
beradi. «Maskovdagi dram istudiyamizning bu yilgi ishlaridan» tagsarlavhasi qo‘yilgan ushbu maqola «Yusufjon
akam sahnada! Mashhur qizig‘imiz Yusufjon aka Moskva sahnasida!» jumlasi bilan boshlangan.
Maqolaning
bunday boshlanishi o‘quvchini, albatta, qiziqtiradi. Cho‘lponning keyingi o‘rindagi izohiga ko‘ra Yusufjon qiziq 1923
yilda bo‘lib o‘tgan Butunittifok dehqonchilik ko‘rgazmasiga kelib qatnashgan. Bu safar esa muharrir, yozuvchi,
fojianavis sifatida chiqmoqda, deydi Cho‘lpon. Yusufjon qiziqning ko‘p joylarda aytib yuradigan bir kulgili hikoyasi