veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
53
2023-yil 7-son
Tadqiqot
dostun atı satılsın (Yomg‘irda dushmanning qo‘yi, do‘stning oti sotilsin) maqoli ham ana shunday kuzatishlarga
asoslangan. Mazkur maqolda ikki zidlikni (dushman-do‘st; qo‘y-ot)ni ko‘ramiz. Do‘stga xayr; dushmanga yomonlik
tilash ‒ insonga xos xususiyat. Otning tanasini yaltiratib, yanada ko‘rkam ko‘rsatadigan yomg‘ir sababli qo‘yning
yungi xunuk bo‘lib qoladi. Natijada qo‘y ozg‘in ko‘rinadi va arzon sotiladi. Yomg‘irda ot tanlama, Hayitda − qiz
maqolida yomg‘ir paytida hamma otlar; hayitda yasangani, pardoz qilgani bois hamma qizlar ko‘zga chiroyli
ko‘rinishi, tanlovda xatoga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi uqtirilgan. At alacaksan yazın al, kız alacaksan gezin (güzün)
al (Ot olsang, yozda ol, qiz olsang, kez (kuzda) ol) // At alırsan yazın, deve alırsan güzün, kız alırsan gezin, ha
gezin (Ot olsang, yozda, tuya olsang, kuzda, qiz olsang, kez, ha, kez) singari turk xalq maqollarida har bir ishning
o‘z vaqtida, diqqat va sabr bilan qilinishi xayrli yakunga asos bo‘lishi nazarda tutiladi. Yozda ozuqaning mo‘l
bo‘lishi, yaylovlardagi erkin harakat otning sog‘lom va ko‘rkam bo‘lishini ta’minlaydi. Yozda ot sotib olgan kishi
iqtisodiy jihatdan ham yutadi.Bahor va yoz oylarida tuyalar tilaydi. Kuzga kelib ularning qanday ekani aniq bilinadi.
Shuning uchun tuyani kuzda sotib olish manfaatliroq. Oila qurish uchun yaxshi qizni topish esa oson emas. Buning
uchun ko‘p kezish, izlash, so‘rab-surishtirish kerak. Shu hayotiy haqiqatlar yuqoridagi maqollarda ham o‘z aksini
topgan.
Ot va qizni tanlash masalasida At alırsan arlıdan, kız alırsan çarlıdan al; At alırsan taydan al, kız alırsan
soydan al maqollarida bo‘lajak kelinning nasliga, tarbiyasiga e’tibor berish zarurligi ta’kidlansa; Atın çekiç başlısı,
güzelin sümbül saçlısı maqolida turklarning go‘zallik haqidagi qarashlari aks etadi. Unga ko‘ra, otning bolg‘aga
o‘xshash boshlisi; qizning sumbul sochlisi ma’qul hisoblanadi. Atın dorusunu al kızın delisini al maqolida ot
olmoqchi bo‘lgan kishiga to‘riq otni olish tavsiya qilinadi. “Deli” so‘zi turk tilida “telba”, “dalli”, “devona” ma’nolarini
ifodalaydi. Bu maqolda esa “shaddod”, “qat’iyatli”, “hayotsevar” ma’nolarida ishlatilgan. Kız alırsan Söğüt’ten, at
alırsan yürükten al maqolida usmonlilarning ilk poytaxti bo‘lgan So‘gutdan qiz olish tavsiya qilingan. Chunki bu
yerda badavlat, aslzoda kishilar istiqomat qilgan. So‘gutning qulay tabiiy sharoiti insonlarning sog‘lom, ko‘rkam
bo‘lishiga imkon yaratgan.
Qizlarga bepisandlik bilan qarash noto‘g‘ri ekani, o‘rni kelganida ular erkaklarni ham uyaltirib qo‘yishi mumkinligi
quyidagi maqolda ifodalangan: Kız ile güreşme, kısrak ile yarışma. “DLT”da Қïз бiрlа кÿрäшмä, қïсрақ бiрlа
jарïшма shaklida keltirilgan bu maqol Xoqoniya qizlaridan biri Sulton Ma’sudning nikoh kechasi o‘z erini oyog‘i
bilan chalib yiqitganidan keyin yuzaga kelgan. Maqoldagi “qisraq” so‘zi bir qancha turkiy tillarda urg‘ochi otga
nisbatan ishlatiladi.
At ver barış, kız ver barış //Akrabaya at ver dost ol kız ver düşman ol maqollari ham hayotiy vaziyatlar bilan
bog‘liq ravishda shakllangan. Ot hadya qilish an’anasi turkiy xalqlar hayotida hamon davom etib kelmoqda. Bunday
tuhfa munosabatlarni mustahkamlaydi. Qiz berish, ya’ni quda bo‘lish ham qarindoshlik rishtalarini mustahkamlashi
mumkin. Qarindoshga ot sovg‘a qilib do‘st; qiz berib esa dushman bo‘lish mumkinligi uzoq yillik hayotiy tajribalarda
ko‘rilgan. Oilaviy hayotdagi muammolar sababli qarindoshlar bir-biriga dushman bo‘lib qolishi mumkin.
Yaxshi otga qamchi kerakmas, Yaxshi qizga – sovchi maqolida yaxshi ot qamchisiz ham yurganidek, tarbiyali,
odobli qizni atrofdagilar yaxshi bilishi, kelin qilish harakatida bo‘lishi ifodalangan. “Qiz odobli, hayoli, iffatli qilib
tarbiyalansa, kishilarning mehrini qozonadi, unga turmush yo‘li o‘z-o‘zidan ochiladi”, deyilmoqchi...” [5:416].
Turk dunyosidagi maqollar mushtarak tariximiz, madaniyatimizni aks ettiruvchi va kashf etilishini kutayotgan
ulkan xazinadir. Asrlar osha ajdodlarimizning hayot tajribasi hamda tafakkur suzgichidan o‘tib, bugungi kunda
o‘zining eng ta’sirchan shaklini olgan maqollar gohida butun boshli kitobda aks ettirish mumkin bo‘lgan
ma’nolarni ifodalaydi. Ularning ba’zilari vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi, boshqalari esa o‘zgarishlarga uchraydi.
Hozirga qadar o‘zgarmagan holda yashab kelayotgan maqollar ham ko‘p. Maqollar ajdodlarimizning bilimi,
tajribasi, qadriyatlarini o‘rgatish bilan cheklanmaydi. Biz va keyingi avlodlar uchun boy tafakkur dunyosi,
ijtimoiy-madaniy hayotni shakllantirishda ham maqollarning o‘rni beqiyos. Boshqacha qilib aytganda, maqollar
madaniy davomiylikni ta’minlovchi muhim unsurlardan biridir. Shu sababli ham ajdodlarimizning bu purma’no ijod
mahsullarini jamlash, tadqiq qilish burchimizdir.
Dostları ilə paylaş: