Tuban o simliklar


o`ng`ir suvo`tlar— Phacophyta



Yüklə 114,5 Kb.
səhifə5/9
tarix03.02.2023
ölçüsü114,5 Kb.
#82690
1   2   3   4   5   6   7   8   9
opaga

o`ng`ir suvo`tlar— Phacophyta
Qo`ng`ir suvo`tlar tipiga faqat dengizlarda yashovchi 900 dan ortiq ipsimon yoki plastinkasimon tanali (tallomli) ko`p hujayrali turlar kiradi. Qo`ng`ir suvo`tlarning ba`zilari 20–30 sm kattalikda bo`lsa, ba`zilarining uzunligi 1 m dan oshadi va, nihoyat, ayrimlarining uzunligi 300–400 metrni tashkil qiladi. Qo`ng`ir suvo`tlar vakillarining hujayrasida xlorofill, fukoksantin, karotin pigmentlari mavjud. Shuning uchun bu xildagi organizmlarning rangi qo`ng`ir yoki sarg`ish-qo`ng`irdir. Quyosh nuri ta`sirida fotosintez protsessi ro`y beradi va hujayrada qand, laminarin kabi karbon suvlardan iborat oziq moddalar to`planadi.
Jinssiz va jinsiy ko`payadi, jinssiz ko`payish ko`pincha harakatchan zoosporalar, qisman harakatsiz 4 ta sporalar (tetrospora) hosil qilish yordamida sodir bo`ladi. Jinsiy ko`payish turlariga qarab izogamiya, geterogamiya va bogamiya shaklida bo`ladi. Ba`zi qo`ng`ir suvo`tlarda jinssiz ko`payish bilan jinsiy ko`payish gallanib turadi. Bunday holga nasllar gallanishi deb ataladi.
Qo`ng`ir suvo`tlarning ko`pchiligi sovuq va o`rtacha iqlimli dengiz va okeanlarda uchraydi. Sargassum deb ataluvchi bir guruh qo`ng`ir suvo`tlar tropik dengizlarda uchraydi.
Qo`ng`ir suvo`tlarning eng keng tarqalgan vakillaridan ektokarpus, laminariya, diktiota, fukus, sargassum, dilofus, sfatselyariya, kutleriya, makrotsistis, tsistozira, alariya kabilarni ko`rsatish mumkin.
Qo`ng`ir suvo`tlarning ham bir necha vakillari xo`jalikning turli sohalarida katta ahamiyatga ega.
Qizil suvo`tlar — Rhodophyta
Qizil suvo`tlar ham dengiz va okeanlarda, ba`zilari esa chuchuk suvlarda uchraydi. Tashqi ko`rinishi va tuzilishi jihatdan suvo`tlar juda xilma-xil bo`lib, ko`pincha ipsimon, plastinkasimon shakllarga ega. Ularning ko`pchiligida tallom «poya» va «barg» kabi organlarga ajralgandek ko`rinadi. Tipning 2`500 turi ma`lum. Hujayra xromatoforida fikoeritrin deb ataluvchi pigmentning mavjudligidan qizil suvo`tlar sof qizil, pushti qizil, qoramtir qizil rangga ega. Jinssiz va jinsiy ko`payadi. Jinssiz ko`payish harakatsiz sporalar (mono va tetraspora) yordamida, jinsiy ko`payish esa oogam usulda boradi, ya`ni karpogon deb ataluvchi urg`ochi jinsiy organ ichida yetilgan harakatsiz tuxum hujayraga suv oqimi yordamida suzib keladigan harakatsiz erkaklik jinsiy suyuqlik — spermatsiylarning quyilishi natijasida yuz beradi.
Fotosintez protsessida qizil suvo`tlar quyoshdan kelayotgan yashil va ko`k nurlardan foydalanadi.
Qizil suvo`tlarning batraxosperium, bangia, deleseriya, porfira, nemalion, kallitamiion, karallina, fillofora kabi turlari eng ko`p va keng tarqalgan.

Yüklə 114,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin