Tug‘rilovchi diodlar. Diodlar volt-amper xarakteristikasining va parametrlarining temperaturaga bog‘liqligi



Yüklə 249,86 Kb.
səhifə5/6
tarix05.06.2023
ölçüsü249,86 Kb.
#124884
1   2   3   4   5   6
Tug‘rilovchi diodlar. Diodlar volt-amper xarakteristikasining va

Shottki diodi deb potensial bareri metall - n yarimo‘tkazgich orasidagi elektr o‘tish hisobiga hosil bo‘luvchi diodlarga aytiladi.
Shottki diodi qator afzalliklarga ega. Ularning ichida eng muhimi diodning yuqori tezkorligi. Ularga to‘g‘ri siljitish berilganda elektronlarning metallga injeksiyasi yuz berishi va u yerda 10-12 ÷ 10-13 sek davomida ortiqcha energiyasini sochishi, hamda termodinamik muvozanat holatga o‘tishlari hisobiga yuzaga keladi.
Shottki diodlarini hosil qilishda yarimo‘tkazgich sifatida n- kremniydan, metall sifatida esa, Al, Au, Mo va boshqalardan foydalaniladi. Bunday diodlarda diffuziya sig‘imi nolga teng, barer sig‘imi esa 1 pF dan ortmaydi.
Tunnel diod deb, aynigan yarimo‘tkazgichlar asosida hosil qilingan, teskari va kichik to‘g‘ri kuchlanish ta’sirida zaryad tashuvchilarning tunellashuvi hamda VAXsining to‘g‘ri shahobchasida manfiy differensial qarshilikli soha kuzatiladigan elektron asboblarga aytiladi.
Tunnel diodlar tuzilishi boshqa diodlarnikidan deyarli farq qiylmaydi, lekin ularni hosil qilish uchun kiritmalar konsentratsiyasi 1020 sm-3ni tashkil etuvchi yarimo‘tkazgichlardan (GaAs yoki Ge) foydalaniladi.
Agar tunnel diodga to‘g‘ri yo‘nalishda kichik kuchlanish berilsa, elektronlar o‘tkazuvchanlik zonadan qarshisidagi valent zonaning bo‘sh sathlariga tunnel ravishda o‘tadi (11-a rasm). To‘g‘ri siljituvchi kuchlanish qiymati ortishi bilan to‘g‘ri tunnel tok ortib boradi va o‘tkazuvchanlik zonadagi elektronlarning maksimal konsentratsiyasi valent zonadagi bo‘sh sathlarning maksimal soniga teng bo‘lganda eng yuqori qiymatga erishadi (311-b rasmda diod VAXning OA qismi).

a) b)



11-rasm. Tunnel diodning energetik diagrammasi (a) va VAXi (b).

To‘g‘ri siljituvchi kuchlanish qiyimati yana ham ortishi bilan WC va WV sathlarning bir-birini qoplashi kamayadi, natijada tunnel tok qiymati kamayadi, WC sath WV sathning ro‘parasiga kelganda elektronlarning tunnelashuvi to‘xtaydi (3.11-b rasmda diod VAXning AV sohasi). Bunda to‘g‘ri tok nolgacha kamaymaydi, chunki to‘g‘ri siljituvchi kuchlanish qiymati ortishi bilan


Yüklə 249,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin