III. TO’LOV (HISOB-KITOB) TARTIBI Tashkilotda tarbiyalanuvchining bo’lgan davri uchun bir oylik badal to’lovi ________ so’m; agar ota-onaning ikki (2) yoki undan ortiq bolalari tashkilotga qatnagan taqdirda badal to’lovi ________ so’mni tashkil etadi.
Bunda: bir oilada ikki va undan ortiq bolalar turli tashkilotlarga qatnasa, ota-ona tegishli ravishda bir tashkilotdan boshqasiga farzandlarining boshqa tashkilotga qatnashi to’g’risidagi mahlumotnomani hamda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan oilaning ahzolari haqidagi mahlumotnomani taqdim etishlari lozim.
Tashkilotdagi bolalar tahminoti uchun to’lanadigan badal to’lovi miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq o’zgargan taqdirda bu haqda tashkilot mahmuriyati tarafidan ota-onalarga yozma ravishda mahlum qilinadi hamda qo’shimcha kelishuv shartnoma tuziladi.
Tashkilot ota-onadan tarbiyalanuvchi uchun to’lanadigan badal to’lovini joriy oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshirilishini talab qilishi lozim.
Tarbiyalanuvchining tashkilotga uzrli sabablarga ko’ra, yahni ketma-ket 3 kundan ortiq kasalligi yoki oila ahzolarining kasalligi (karantin), ota-onasining mehnat yoki boshqa tahtilda bo’lganligi sababli kelmagan kunlariga to’lovni qayta hisoblash faqatgina yuqoridagi holatlarni tasdiqlovchi xujjat taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Ota-onalardan birining ishdan (o’qishdan) bo’sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko’ra tarbiyalanuvchitashkilotga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko’rsatilgan holda tashkilot rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos bo’lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko’pi bilan 60 kundan ortiq bo’lmagan muddatgacha tashkilotga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Tarbiyalanuvchi sababsiz uyda qolgan holatlarda ota-ona tarafidan to’lovlar umumiy asoslarda to’lanadi.
Tarbiyalanuvchi uchun to’lanadigan badal to’lovi oyning 15-sanasidan boshlab ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to’lanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi tashkilotdan chetlashtiriladi;
Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendarg’ kuni mobaynida tashkilotdagi tarbiyalanuvchi tahminoti uchun mavjud bo’lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu tashkilotga tiklanadi, ko’rsatilgan muddatdan o’tib ketgan taqdirda tashkilotga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko’ra amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchining tashkilotga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to’xtatilishi to’g’risida ota-onaning yozma arizasi bo’lmagan hollarda to’lovni to’liq oy uchun hisoblash va umumiy asoslarda undiriladi.
Tarbiyalanuvchini tashkilotda to’lov to’langan davrdan ortiq muddatda bo’lishiga ushbu oy uchun to’lovning qolgan qismi to’langandan so’ng yo’l qo’yiladi.
Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi butunlay to’xtatilgan taqdirda, to’lov to’liq bo’lmagan oy uchun, yahni tarbiyalanuvchi amalda tashkilotsaga qatnagan kunlar uchun to’lanadi.