“TUPROQ DEGRADATSIYASI”
Tayanch
tushunchalar:
Tuproqning
tarkibiy
qismlari,
degradatsiya,
degradatsiya turlari, kimyoviy degradatsiya, fizikaviy degradatsiya, biologik
degradatsiya, biosfera, buzilishi, ifloslanishi, eroziya, qayta sho‘rlanish, botqoqlanish,
cho‘llanish, sahrolanish,
t
oksifikatsiya, ishqoriylik yoki sodalanish, ifloslanish,
gumusning kamayishi, mineral o‘g‘itlar qo‘llanilishi, ftor aralashmasi, radioaktiv
elementlar (uran, radiy, stronsiy, toriy), superfosfat, fosforit, pestitsidlar, og‘ir
metallar (kadmiy, qo‘rg‘oshin, simob, rux, nikel).
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Sinkveyn, Venn diagrammasi, FSMU
metodi, “Nilufar” guli chizmasi,
aqliy hujum, blis so‘rov
Mavzuning dolzarbligi:
Bugungi kunda global ekologik muammolar jumladan
yer, suv, o‘simlik
va atmosfera havosi, atrof-muhit muxofazasi kabi masalalarda
yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu borada jiddiy, ilmiy asoslangan chora tadbirlar olib
borishimiz lozim. Ayniqsa insoniyatni oziq-ovqat maxsulotlari
bilan taminlaydigan
ona yer, ona tuproq yani “Qishloq xo‘jaligi ishlab-chiqarishining asosiy vositasi”
bo‘lgan ona zaminga munosabatimizni tubdan o‘zgartirishimiz lozim va shart deb
o‘ylayman.
Yer resurslari butun jaxonda chegaralangan shu jumladan O‘zbekistonda ham,
demak uni asrashimiz, unumdorligini oshirib borishimiz lozim.
Tuproqdan tinimsiz foydalanish, tuproq xossalarini va unda kechayotgan
jarayonlarni salbiy o‘zgarishlarga olib keladi. Buning natijasida
tuproq ekosistemada
bajarayotgan vazifalarini sustlashishiga olib keladi.
Tuproq degradatsiyasi va uning turlari esa (ximiyaviy, biologik, fizikaviy va
fizik-ximiyaviy va h.k.) yerlarimizni sifat jixatdan buzilishi,
tarkibi va xossalarining
yomonlashuviga bevosita sababchidir. Bizlar esa uni asrab-avaylashimiz lozimdir.
•
To‘qqiz foiz yerimiz bor, daromadli suvli yerda
•
Qolganlari cho‘lu - yiroq, cho‘qqilaru tog‘li elda
•
Shu yerlar ham sho‘rlanmoqda, cho‘llanmoqda ona elda
•
Keling do‘stlar! asragaylik ona-zamin tabiatni
“Tuproq degradatsiyasi” mavzusini o‘qitishda, mavzuga doir mahalliy va xorijiy
adabiyotlar manbalari asosida zamonaviy pedagogik texnologiyaning mavzuga mos
keladigan zaruriy usullari jamlangan xolda o‘tishga bag‘ishlangan.
Maruzada animatsiyalar va giperssilkali prezentatsiyalardan to‘liq foydalaniladi.
Fan bo‘yicha Vatanimizdagi va xorijiy mamlakatlardagi fan yangiliklari, ilg‘or
texnologiyalar va malumotlari keltiriladi.