Tuproq resurslarini muhofaza qilish



Yüklə 7,61 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü7,61 Kb.
#202900
Ziyoda 4

Tuproqni muhofaza qilish va ekologik manitoring olib borish

Bajardi:Mahmudova:Z

REJA:


Tuproqlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati
Insonning tuproqlarga ta'siri
Tuproq eroziyasi va uning turlari
Tuproqlarni sho'rlanish, botqoqlanish, ifloslanish va cho'llanishdan saqlash
O"zbekiston tuproqlari va ulardan foydalanishning ekologik muammolari
Unumdorlik xususiyatiga ega bo’lgan yer yuzasining ustki g'ovak qatlami tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi, moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o'ynaydi.

Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko’ra tuproqda 3 asosiy qatlam ajratiladi:


A-eng ustki gumus (chirindi)li qatlam
B-yuqori qatlamdan mineral va organik birikmalar to'planadigan qatlam
C-tuproq vujudga keladigan ona jins qatlami
Yer yuzi turli qobiqlari o'rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi. Tuproq tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi. Biosferada bajaradigan faoliyatiga qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim halqasi, deb yuritsa bo"ladi
Tuproqda u yoki bu mikroelementlar etishmasligi yoki optiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va insonning sog'lig'iga bevosita ta'sir ko’rsatadi; Tuproq kasallik tarqatadigan ko’plab mikroorganizmlar uchun zarur hayot muhiti hisoblanadi.
Tuproqda sil, vabo, o'lat, ichterlama, burutsellioz va boshqa kasalliklarning qo'zgatuvchilari bo'lishi mumkin
Biosferada tuproqning eng muhim roli shundaki, barcha organizmlarning qoldiqlari tuproqda parchalanadi va yana mineral birikmalarga aylanadi, Tuproq qatlamisiz yer yuzida hayotni tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
Dehqonchilikning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin oshib ketgan. Inson o'zi uchun zarur bo’lgan barcha oziq mahsulotlari va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi.
Yer yuzidagi hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o'zgargan.
Tuproqlarning botqoqlanishi asosan namlik ko’p joylarda kuzatiladi. Suv omborlari atrofida ham botqoqlangan uchastkalar vujudga keladi. Botqoqlarni quritish uchun maxsus melioratsiya tadbirlari o'tkaziladi. Tuproqlarni ifloslanishdan saqlash muhim ahamiyatga ega. qishloq xo'jaligini kimyolashtirish tuproqlarning turli kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishini kuchaytirib yuboradi.
Mineral o'g'itlar to'g"ri tanlanmasa va me'yorida ishlatilmasa tuproqning holati o'zgaradi, unumdorlik xususiyati buziladi. Ayniqsa, zararkunandalarga qarshi, begona o'tlarga va o’simlik kasalliklariga chora sifatida keng foydlaniladngan pestisidlar gerbisidlar, insektisidlar, defolliantlarni me'yoridan ortiq ishlatish tuproqga juda salbiy ta'sir ko’rsatadi
Pestitsidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va chirindining kamayishiga olib keladi. Masalan, DDT pestisidi ishlatilganidan 15 yil keyin ham tuproq tarkibida uning hali mavjudligi aniqlangan. Pestisidlar oziq zanjiri orqali o'tib, inson sog'lig'iga ham zarar etkazadi.
Hozirgi kunda olimlar qisqa vaqt ta'sir etib sung parchalanib ketadigan biosidlar ustida ishlamoqdalar. Tuproqlar sanoat korxonalari, transport chiqindilari, kommunal-maishiy chiqindilar bilan ham ifloslanadi.
Kimyo va metallurgiya korxonalari, tog' kon sanoati chiqindilari tuproqlarni ayniqsa kuchli ifloslaydi va ishdan chiqaradi
Tuproqda simob, qo’rg'oshin, ftor va boshqa o'ta zaharli birikmalar to'planadi.
Bu o’simliklarga salbiy ta'sir ko’rsatadi, bazilari nobud boladi va insonlarda turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tuproqlarni maxsus tadbirlar o'tkazib tozalash qiyin. Shuning uchun tuproqlarni ifloslanishidan saqlash tadbirlari o'z vaqtida o'tkazilishi va qonuniy nazorat o'rnatilishi kerak
Harakatchan qumlarning yo'lini to'sish yashil qalqonlar bunyod qilish tuproqlarni saqlab qoladi
Tuproq qatlamining turli yo'llar bilan nest-nobud qilinishi muammosi ham mavjud
Shahar va yo'l qurilishi natijasida unumdor tuproqlar nobud qilinadi
Yer osti boyliklarini qazib olishda ham ko’plab tuproqlar nobud bo’ladi.
Bunday jarayonlarni oldini olishning maxsus tadbirlari mavjuddir. O’zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida yer resurslariiing 95 foizi va suv resursarining 85 foizi ishlatiladi. Sug'oriladigan yerlar umumiy yer fondining 15 foyizini tashkil qiladi.
O`zbekistonda mavjud sug'oriladigan yerlarning 50 foizdan ortig'i sho'rlangan. ayniqsa Qoraqalpog'iston respublikasi Buxoro va Sirdaryo viloyatlari tuproqlari kuchli sho'rlangan.
Tuproqlarda chirindi miqdori 30-50 foizgacha kamaygan. 2 mln.gektardan ortiq yerlar eroziyaga uchragan
Bunday yerlar Farg'ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida keng tarqalgan. Tuproqlarning pestisidlar bilan ifloslanish darajasi yuqori
Bunday vaziyatning asosiy sabablaridan biri, uzoq vaqt davomida paxta monokulturasi hukumronligidir
Oxirgi yillarda paxta maydonlarining kamayishi, almashlab ekishning kengroq joriy qilinishi, mineral o'gitlarni ishlatilishining me'yorlashtirilishi va boshqa tadbirlar tuproqlar holatining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
O’zbekiston juda ham boy yer resurslarga ega. Lekin shu kungacha ulardan samarali foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilmagan
Respublikada yer va yer resurslaridan foydalanishni tartibga solish maqsadida 1990 yili (Jzbekiston Respublikasida «Yer to’g'risida» gi qonun qabul qilingan.

E`TIBORINGIZ

E`TIBORINGIZ

UCHUN

RAXMAT


Yüklə 7,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin