Tuproqning hidini aniqlash Olingan tuproq namunasidan kolbaga 10 g solinib ustiga issiq suv quyiladi va chayqatilib aralashtirilib 5 - 10 minut yopiq holda saqlanadi.
Keyin kolba Cohilib ajralayotgan hid aniqlanadi. Tuproqning harorati hayvonlarni yaylovga haydashdan oldin yerta bahorda hayvonlarning saqlash joylarini aniqlash uchun maxsus tyermometrlar bilan aniqlanadi. Bu amaliyotda muhim ahamiyatga egadir.
Tuproqing kapilyarligini aniqlashAniqlash uchun shtativga diametri 2,5 - 3,0 santimetrlik uzunligi 1,0 metrgacha bo‘lgan ichki qismi tuproq bilan to‘ldirilgan shisha naycha o‘rnatiladi. Shisha naychaning pastki qismi suv shimuvchi material bilan o‘ralib suvga tushirilgan bo‘ladi. Tuproqning tarkibiga qarab namlik Yuqori ga ko‘tarila boshlaydi. Namlangan tuproqning rangiga qarab suv ko‘tarilishining tezligi 5, 10, 15, 30 va 60 minut davomida aniqlab turiladi.
Tuproqning g‘ovakligini aniqlash Tuproqning g‘ovakligi uning bo‘lakchalariga bog‘liq. Mayda bo‘lakchali tuproqlarda g‘ovaklar soni ortadi. Tuproqning suv va havo o‘tkazuvchanlik xususiyati uning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. Yirik donachali tuproqda katta teshiklar bo‘ladi, natijada mayda donachali tuproqqa nisbatan suv va havo o‘tkazuvchanligi Yuqori bo‘ladi. Yirik donachali tuproqda mikrobiologik jarayonlar va har xil organik chiqindilarning chirishi Yaxshi ketadi, atmosfyera suvlari esa Yaxshi filtrlanadi va chuqur qatlamlarigacha o‘tib boradi.
Tuproqning g‘ovakligini aniqlash uchunshtativga shkalalarga bo‘lingan 100 ml lik silindr o‘rnatilib, ichiga 50 ml suv va 50 g tuproq solinadi. Yaxshilab aralashtirilib silindrning umumiy hajmi aniqlanadi. G‘ovaklarning ichi suv bilan to‘lgandan umumiy hajmi yana qaytadan aniqlanadi. Bunda kamaygan umumiy hajm bu tuproqning g‘ovakligini bildirib, foiz bilan ifodalanadi.
Misol: 50 ml suv hamda 50 gtuproq 100 sm3 ga teng. Tuproq va suv aralashtirilgandan so‘ng 85 sm3 bo‘ladi. Demak, tuproq g‘ovakligi 15 sm3 ni egallaydi. Buning foizini chiqarsak: