V. Mavzularni o’qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari…..152 VI. ADABIYOTLAR RO‘YХATI….............................................................158
KIRISH Ushbu dastur o‘simlikshunoslik fani predmeti, tarixi, maqsadi va vazifalari; O‘simlikshunoslik fanining botanika, biologiya, o‘simliklar fiziologiyasi va qishloq xo‘jalik fanlari bilan bog‘liqligi; Fanning tadqiqot usullari, madaniy o‘simliklarning guruxlanishi; Ularning o‘sishi, rivojlanishi; Botanik va biologik xususiyatlari; Navlari va agrotexnikasi; Fanning nazorat turlari va baholash mezonlari kabi masalalarni qamraydi.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad-talabalarga qishloq xo‘jalik ekinlarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati va ularni rayonlashtirish, biologik xususiyatlari, etishtirish va yig‘ib-terib olish usullari, istiqbolli turlari va navlari, agrotexnikasi va ekish texnologiyasi haqida bilim berishdir. Fanning vazifasi madaniy o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganish ana shu qonuniyatlar asosida o‘simliklardan yuqori va sifatli hosil olish imkoniyatini beradigan samarali usullarni o‘rganishdan iboratdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar “O‘simlikshunoslik” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-o‘simlikshunoslik fanining asoslarini mukammal bilishlari, o‘simliklarning kelib chiqish markazlarini, ularni bilish asosida shu o‘simliklardan yuqori hosil etishtirishni boshqarish, dala ekinlarini o‘rganish uchun ularni guruxlarga bo‘linishini bilishi kerak. -o‘simlikshunoslikning nazariy va amaliy masalalarini o‘rganishda qo‘llaniladigan agrokimyo va tuproqshunoslik mutaxassisligiga oid zamonaviy tadqiqot usullarini bilishi va ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. -o‘simliklarning usishi va rivojlanishini qonuniyatlarini bilishi uchun laboratoriya va dala tajriba usullarini nazariy jihatlarini, ekinlarni etishtirish texnologiyasini, donli ekinlar sistematikasini, ularning morfologik belgilarini, doni va boshog‘iga qarab aniqlashni, bug‘doy turlarini, dukkakli-don ekinlarining umumiy xususiyatlarini, sistematik belgilarini, ularni dukkagiga qarab aniqlashni, moyli o‘simliklarning morfologiyasi va sistematik belgilarini, tolali o‘simliklarning morfo-biologik xususiyatlarini, g‘o‘zaning gullash va etilish sxemalarini, shoxlanish tiplarini, ildiz va tuganak mevali ekinlarning urug‘i va tashqi belgilariga qarab aniqlash malakalariga ega bo‘lish kerak.