«tuproqshunoslik»



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə22/62
tarix30.03.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#91380
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
ўсимликшунослик сўнги

5.MAVRAK. Mavrak (Salvia stagea L.) labguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t usimlik. Mavrakdan olinadigan efirmoyi upa elik sanoatida va vinochilikda ko’p ishlatiladi. Bu moy uning tupguli tarkibida 0,24-0,35% gacha buladi. Tupgullarining xosili gektariga 3-4 s.ni tashkil etadi.
Mavrak poyasi sershox, to’rt qirrali, bo’yi 100-120 sm.gacha bo’ladi barglari qarama-qarshi joylashgan. Guli och pushti binafsha rang yoki och-ko’k gultojli bo’lib, yarim doiraga yig’ilgan. Ular o’simlik shoxlari uchida to’pgul-shingil xosil qiladi. Mevasi yuzasi sillik bo’lgan to’rttadan yog’ochchadan iborat. Mavrak issiqqa va namga unchalik talabchan emas. Urug’i 10-12 kunda una boshlaydi, maysalari 60C sovuqqa chidaydi katta yoshdagi o’simligi qurg’oqchilikka chidamli bo’ladi. Mavrak yorug’sevar o’simlik. Unumdor va strukturali tuproqli erlar uning uchun eng yaxshi er xisoblanadi. Mavrak uchun almashlab ekishga kirmaydigan maxsus maydon ajratiladi, bu erga u 2-3 yil davomida ekiladi. Birinchi yili u to’pbarg xosil qiladi, ikkinchi yili poya chiqaradi, to’pgul va meva xosil qiladi.
Mavrak organic va mineral o’g’itlarga nisbatan talabchan. Uning xar gektariga 20 tonnadan go’ng va mineral o’gitlar azot 30-40 kg,fosfor 40-60 kg, kaliy 40 kg gektariga solinadi.
Mavrak ekiladigan maydonlar 25-30 sm. chuqurlikda xaydaladi va kultivatsiya xamda borona qilinadi. Mavrak kech kuzda qator orasi 45-60 sm.dan qilib keng qatorlab ekiladi. Urug’ ekish me’yori gektariga 7 kg. Ekish chuqurligi 2-3 sm. 1000 dona urug’ining vazni 3-4 gramm. Ekinni parvarish qilish ishlari, ya’ni maysa chiqarishi bilan boronalashdan va qator oralarini 3-4 marta yumshatishdan iborat. To’pguli tarkibidagi efirmoyi miqdori 0,10-0,12% ga etganda SK-4 markali kombaynda o’riladi. Buning uchun gullash fazasi boshlangandan to’pgullarni analiz qilib boriladi. Xosilni yig’ib olishning eng maqbul muddati eng pastki to’pgullarning urug’ining qo’ng’ir tusga kirishidir.


Savollar.

  1. Efir moyli o‘simliklar qanday axamiyatga ega?

  2. Efir moyli ekinlarning qaysi vakillari keng tarqalgan?

  3. Efir moyli ekinlar agrotexnikasi xaqida tushinchalar bering?


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin