Savollar. Ekinlarni birgalikda ekish usuli qaysi davlatlarda keng tarqalgan?
Aralash ekish usulida ekinlarning qaysi xususiyatlariga e’tibor berilishi lozim?
Ko‘k no‘xatni qaysi ekinlar bilan birga ekish mumkin?
O‘zbekiston sharoitida qaysi ekinlar birgalikda ekiladi?
9-MAVZU: MOYLI EKINLAR Reja: Moyli ekinlarning xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
Moyli ekin vakillari.
Kungaboqar va kunjutni xalq xo‘jaligidagi axamiyati.
Tayanch iboralari: moyli ekinlar, lalmikor dexqonchilik, gullash davri, vegetatsiya, transpiratsiya koeffitsenti.
Moyli ekinlar deb, urug‘lari yoki mevalarida iste’mol uchun yaroqli, o‘simlik moyi beradigan o‘simliklarga aytiladi. Moyli o‘simliklarga kungaboqar, maxsar, xantal, raps, kanakunjut, kunjut, ko‘knori, er yong‘oq kiradi. Ular turli oilalarga mansub o‘simliklardir. Moyli o‘simliklarning xalq xo‘jaligida axamiyati katta, chunki ularning urug‘idan (mevasidan) yog‘ olinadi. Moyli o‘simliklardan tashqari yog‘ yana tolali o‘simliklardan: paxtadan, zig‘irdan, narkotik ekinlardan nashadan xamda don-dukkakli ekinlardan soyadan olinadi. O‘simlik yog‘i oziq-ovqat, konserva sanoatda, to‘qimachilik, sovun olishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda, terichilik, tabobat, parfyumeriya sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda xosil bo‘ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik xayvonlari uchun qimmatli oziq xisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein tayyorlashda ishlatiladi.
Ma’lumki, kundalik insonlar xayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular o‘simlik va xayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o‘simlik moyi 10 martadan 20 martagacha xayvon moyini etishtirishga qaraganda arzonga tushadi. Xayvonlardan olinadigan moylarning tannarxi xamma vaqt yuqori bo‘ladi. O‘simlik moyi xazm bo‘lish jixatidan xam xayvon moyiga qaraganda engil xisoblanadi, xamda, tarkibida xolesterin moddasi yo‘q.
Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan soya (62,6 mln.ga), kungaboqar (18,3 mln.ga), raps (22,2 mln.ga), er yong‘oq (21,8 mln.ga), moyli zig‘ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) er maydonini tashkil etadi.
O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, er yong‘oq va soyani ekish mumkin. Mamlakatimizda asosiy moy beruvchi xom ashyo chigit xisoblanadi, garchand u moy olish uchun ekilmasada. Tolasi ajratib olingan chigitlar respublika axolisini moy bilan ta’minlovchi asosiy xomashyo xisoblanadi.