4 -rasm. Tuproq kesmasining ko’rinishi. Har bir tuproq gorizonti o’zining qalinligi, morfologik belgilari shuningdek, fizikaviy xossalari, mexanik, kimyoviy va mineralogik tarkiblari bilan farqlanadi. Mvayyan tuproq gorizonti shu tuproqning kelib chiqishi va rivojlanish tarixini aks ettirganligi uchun xam V.V.Dokuchaev bu qatlamlarni genetik gorizontlar deb ataydi. Barcha tuproq gorizontlari yig’indisi tuproq profilini tashkil etadi.
4.Tuproq paydo bo’lish jarayonlarining borishi uchun nihoyat katta energiya sarflanadi. Tuproqda tuplanadigan energiyaning asosiy va muhim manbai — quyosh radiatsiyasidir. yer yuzasi quyoshdan har yili taxminan 21*1020 joul issiqlik oladi, Bu energiyaning asosiy qismi quruqlik yuzasidan namlik va okeanlar suvining bug’lanishi uchun hamda atmosfera bilan yer yuzasi orasida kechadigan issiqlik almashinishi, ya’ni iqlim va okean oqimlarining shakllanishi uchun sarflanadi.
YAshil o’simliklar fotosintez uchun faqatgina 0, 5 dan 5 foizgacha quyosh energiyasini o’zlashtiradi.
V. R. Volobuyevniig kursatishicha, tabiiy sharoitda tuproq. paydo bo’lish jarayonlari uchun sarflanadigan quyosh energiyasi asosan radiatsiya balansi, nisbiy namlanish (yog’in miqdorining bug’lanishga nisbati) va biogeotsenozning biologik aktivligi bilan belgilanadi. Madaniy dehqonchilik sharoitida agrotexnika tadbirlari tufayli tuproqda qushimcha ravishda yuzaga keladigai issiqlik va suv xossalari hamda rejimlari, shuningdek ekinlar hosili bilan bog’liq energiya, bu kursatkichlarga qushiladi. Demak energetika kursatkichlari tuproqning iktisodiy unumdorligi kursatkichlari (parametrlari) bilan bevosita bog’liq. Xullas, tuproq energetikasi quyosh energiyasining nafaqat yerda tuplanishi, o’zgarishi va qaytishi bilan,balki moddalarning biokimyoviy tarzda tuplanishi, harakati (migratsiyasi) hamda boshqa energiya massasining almashinish shakllari bilan ham belgilanadi.
Tirik organizmlarda tuplanadigan energiya mik,dori zonal va mahalliy tuproq- iqlim sharoitlariga bevosita bog’liq.
Jumladan, keng bargli urmonlarda har yili bir gektarga tuplanadigan urtacha biomassa hisobiga 54,5 ts uglerod yoki 22*107kJ energiya, o’tlok dashtlarda esa 2,5ts yoki 10*106 kJ/ga energiya tuplanadi (V. A.Kovda).Quruqlikda tuplanadigan biomassaning umumiy energiya zahirasi 6,15*1019 kJ, yeрНing gumusli qobig’ida esa bu energiya 5,33*1019 kJ ni tashkil etadi.
Tuproq paydo bo’lish va nurash jarayonlari natijasida, shuningdek, tuproqning mineral qismidagi energiya ham o’zgaradi. Bu o’zgarishlar birlamchi minerallarning parchalanishi, ikkilamchi minerallar sintezi hamda dastlabki tog’ jinslarining turli darajada maydalanishi (disperslanishi) bilan bevosita bog’liq. Tuproqda tuplanadigan energiyaning umumiy zahirasi unda sintezlangan organik va mineral moddalar, tuproq eritmasi va havosi shuningdek, tirik organik moddalaridagn energiya yig’indisidan iborat. Tuproqdagi nam va havo miqdorining hamda organik moddalar massasining yil davomida keskin o’zgarib turganligi sababli, tuproqning energetik rejimi ham mavsumiy (davriy) o’zgaradi. Bu o’zgarish ayniksa madaniy tuproq paydo bo’lish jarayonlari energetikasini urganishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, bunda moddalar biologik aylanishining jadalligi ortadi.
V.R.Volobuyev ayrim mu’tadil va subtropik mintaqa quriq yer tuproqlari gumusi hamda tirik moddalarda tuplanadigan energiya zahirasiga doir quyidagi ma’lumotlarni keltiradi (2-jadval).
V. A. Kovda ta’kidlagandek, gumusdagi energiya zahirasi tuproq mineral qismi umumiy energiyasiga nisbatan ozroq bulsada, biosferaning hayotida nihoyat katta ahamiyatga ega.
Tuproq paydo bo’lishining energetik balansi V.R. Volobuyev buyicha quyidagilardan iborat:
1) fizik nurashga sarf bo’ladigan energiya;
2) kimyoviy nurash jarayonlarida minerallarning parchalanishiga sarflanadigan energiya (yillik miqdori 2 dan 62 j/sm2 ni tashkil etadi);
3) Biomassa maxsulotlarining parchalanishi uchun sarflanadigan urtacha yillik energiya (turli zonalarda yiliga 103 dan 8200j/sm2 bo’ladi). Bu energiyaning uncha ko’p bulmagan qismi gumusda tuplanadi;
4) Barcha namning bug’lanishi uchun sarflanadigan energiya (tundrada yiliga 13200 j/sm2,nam subtropiklarda 246000 j/sm2);
5) Tuproqdagi mexanik zarrachalar va turli to’zlarning mexanik ravishda kuchirilishi uchun sarflanadigan energiya.
6) Tuproq atmosfera sistemasida issiqlik almashinuvi jarayonlari uchun sarflanadigan energiya.