Тупроқшунослик асослари


-jadval Sug’oriladigan o’tloqi tuproqlarining agroximik ko’rsatkichlari (G.M.Konobeyeva ma’lumoti



Yüklə 13,46 Mb.
səhifə93/243
tarix20.11.2023
ölçüsü13,46 Mb.
#163832
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   243
ўум тупрокшунослик ва агрокимё 2 курс

32-jadval
Sug’oriladigan o’tloqi tuproqlarining agroximik ko’rsatkichlari (G.M.Konobeyeva ma’lumoti)

Tuproq namunasi va olingan joyini nomi

CHuqur-ligi,sm.

Gumus, %

Azot, %

S:N

Fosfor




umumiy,
%

xarakatchan, mg/kg

umumiy kaliy, %

Allyuvial voxa-o’tloqi tuproq



0-30

1,07

0,064

9,7

0,118

15,9

199,0

Xorazm viloyati

65-88

0,46

0,021

8,6

0,106

3,4

120,0

Xiva tumani

83-111

0,48

-

-

0,107

2,0

-




111-136

0,14

-

-

-

-

-

Allyuvial voxa-o’tloqi tuproq,

0-32

1,27

0,075

9,8

0,150

54,4

258,0

qoraqalpog’iston,
qo’ng’irot tumani

32-45

0,31

0,045

10,4

0,115

4,1

181,0




45-84

0,27

0,013

12,0

0,113

Yo’q

90,0

Saz voxa-o’tloqi tuproq,

0-23

1,67

0,139

7,0

-

22,3

301,0

Farg’ona viloyati.

23-35

1,68

0,121

8,0

-

11,3

199,0

Axunboboyev tumani

35-45

1,46

0,111

8,0

-

5,0

-




45-55

1,27

0,099

7,0

-

-

-




55-74

0,39

0,064

8,0

-

-

-




74-100

0,90

0,058

9,0

-

-

-

Bu tuproqlar kuchsiz ishqoriy reaktsiyaga ega. Tuproqda azot va fosfor yetarli bo’lmaganligidan tuproqga azotli va fosforli o’g’itlar solish barcha ekinlarga katta samara beradi.


CHo’l mintaqasidagi sug’oriladigan o’tloqli tuproqlar ko’pincha sho’rlangan. Tuproqning xamma joyda sho’rlanganligi iqlimning kontinental bo’lishi, minerallashgan sizot suvlari satxining yuza joylashishi, ularning nixoyatda sekin oqib chiqib ketishi bilan bog’liq.
Sug’oriladigan o’tloqli tuproqlar singdirish sig’imining u qadar katta emasligi va singdirilgan kationlar tarkibida kaltsiy va magniyning ko’pligi bilan xarakterlidir. Bu tuproqlarda sho’rtoblik alomatlari ko’rinmaydi. Sug’oriladigan o’tloqli tuproqlar ishlov berilgandan va sug’orilgandan keyin tuzilmasi quriq yerlarning tuzilmasiga nisbatan yomonroq bo’ladi. Gumusi ko’p bo’lganidan yuqori qatlamlarning solishtirma og’irligi cho’l avtomorf tuproqlarnikiga qaraganda kichikroq. Sug’oriladigan tuproqlar qo’riqdagi o’tloqli tuproqlarga nisbatan xaydalma tagi qatlam ancha zichlashgan bo’ladi. Tuproqning g’ovakligi 42-49% atrofida, xajm og’irligi pastga tomon orta boradi, g’ovaklik esa kamayadi.
SHunday qilib, sug’oriladigan o’tloqli tuproqlar o’zining yuqori unumdorligi bilan bo’z tuproqlarga yaqinlashadi. Bu tuproqlar tarqalgan yerlarda garmsellardan saqlash va meliorativ tadbir sifatida ixota daraxtzorlar tashkil qilish, zovur qazib sho’rini yuvish g’oyat katta natija beradi.
Allyuvial botqoq-o’tloqi tuproqlar
Botqoq-o’tloqi tuproqlarga chim bilan qoplangan va sergumusli tuproqlar kiradi. Bu yerlarda grunt suvlari yuza (1m atrofida) joylashib, gleyli qatlamlar xam uncha chuqurda emas. Botqoq-o’tloqli tuproqlar voxalar ichkarisidagi partov yerlarda uchraydi. Bu yerlardagi tuproq tez-tez sug’orilib turilganidan, ayniqsa sholikorlikda sizot suvlari butun vegetatsiya davrida yuzada joylashadi, botqoqlanish alomatlari 50 sm chuqurlikdan boshlanib, dastlab zangli, so’ngra esa ko’kimtir (zangori) dog’lar vujudga keladi va ular pastga tomon kuchaya boradi. CHo’l mintaqasidagi botqoq-o’tloqli tuproqlar ko’pincha sho’rlanmagan. CHimli qatlami qoramtir bo’lib, yaxshi strukturali.
Sizot suvlari yuqorida barqaror turadigan va kam sho’rlangan quriq botqoq-o’tloqli tuproqlar chim bilan yaxshigina qoplagandir.
qo’riq botqoq-o’tloqli tuproqlar daryo o’zanining o’zgarib turishi va shunga qarab namlanish sharoitining turlicha bo’lishi natijasida ko’pincha allyuvial-o’tloqli tuproqlarga yoki sho’rxoklarga aylanadi. Melioratsiya natijasida bu tuproqlar botqoqlanish alomatlarini yo’qotadi va sug’oriladigan o’tloqli tuproqlarga aylanadi. Bunda «V» qatlamda ko’kimtir va ko’k zangli dog’lardan iborat o’tmishdagi botqoqlanish alomatlari saqlanib qoladi.

Yüklə 13,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin