Birinchidan
, ko‘rilayotgan vazifani ijobiy hal etmay turib, taqdim
etilgan otuvchi moslamalar va jangovar o‘q-dorilarning shikastlovchi
xususiyatlariga oid boshqa barcha vazifalarni hal etish mumkin emas.
Ikkinchidan
, ko‘rilayotgan vazifani ijobiy hal etmay turib, o‘qotar
qurollarni identifikatsiya qilish yoki o‘q otilish masofasini aniqlashda
zarur bo‘ladigan otilgan snaryadlar, gilzalar va o‘q otilish izlari bo‘lgan
obyektlarni eksperimental usulda olish mumkin emas.
Muayyan o‘qotar quroldan odam badaniga xavfli shikast
yetkazilganda yoki u halok bo‘lganda va demak, yetarlicha zarar
yetkazuvchi qobiliyatga ega bo‘lganda ham ekspertiza oldiga vazifa
qo‘yiladi. Bu holda, aytilgan vazifaning hal etilishi hech qanday yangi
ma’lumot bermasa ham, tekshirilayotgan vaqtni tasdiqlash uchun yana
bir asos bo‘lib xizmat qiladi.
109
Ushbu vazifani o‘qotar qurollar yoki jangovar o‘q-dorilarni qonunga
xilof ravishda tayyorlash, saqlash, ishlatish va o‘zlashtirish bo‘yicha
jinoyatlarni ochish va tergov qilish jarayonida ekspertiza tayinlashda
quyilishi va hal etilishi, ushbu qurol boshqa shu kabi jinoyatlarni sodir
etishda ishlatilgan yoki ishlatilmaganligini aniqlash maqsadida o‘q va
gilzalarni tekshirish uchun eksperiment yordamida o‘q otib olishdan
iborat.
Ayrim hollarda, taqdim etilgan o‘qotar qurolning tadqiq etilishi
vaqtida otish uchun yaroqliligini aniqlash bo‘yicha savolga javob berish
bilan birga, ushbu o‘qotar quroldan jinoyat sodir etilganda o‘q otish
mumkinligini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, agar o‘qotar qurol
jinoyat sodir etilganidan keyin yerga ko‘mib qo‘yilgan bo‘lsa va tadqiqot
jarayonida ishlamasa, bu hali ushbu o‘qotar qurol jinoyat sodir etilishi
vaqtida ham otish uchun yaroqsiz degan xulosa chiqarishga asos bo‘la
olmaydi. Agar bunday qurol tadqiqot jarayonida turli iflosliklardan
tozalanganidan keyin otish uchun yaroqli bo‘lsa, demak, bu qurol jinoyat
sodir etish vaqtida ham otishga yaroqli bo‘lgan deyish mumkin. Ba’zi
hollarda esa aksincha bo‘lishi mumkin: qurolni tadqiq etishda u otish
uchun yaroqli bo‘lib tuyuladi, ammo eksperiment o‘tkazishda esa otishga
yaroqsizligi ma’lum bo‘lib qoladi. Bu kabi holatlar, masalan, qurol qattiq
sovuqda muzlab qolganda yoki uning alohida tarkibiy qismlari qattiq
ifloslanganda kuzatiladi.
Bundan kelib chiqadiki, ekspert, tadqiqotga taqdim etilgan o‘qotar
qurol va jangovar o‘q-dorilarning moddiy qismlarini tekshirish asosida,
ushbu qurolning otish uchun yaroqliligi haqidagi savolga nafaqat hozirgi
zamon, balki o‘tgan zamon nuqtai nazaridan javob berish vakolatiga ega.
Bundan tashqari, ekspert buzuq standart o‘qotar qurolni tadqiq etishda,
ushbu qurolni ta’mirlab yoki ayrim qismlarini o‘zgartirib, undan o‘q
otish imkoniyatlari mavjudligi haqida xulosa chiqarishi mumkin.
Shu bilan birga ekspert, ushbu masalalar bo‘yicha qo‘lbola usulda
yasalgan qurollarni tekshirishda qat’iy xulosa berishi kerak emas, chunki
bu kabi xulosalar nafaqat o‘qotar qurolning material qismlarini
tekshirish, balki, muayyan shaxslarning mahorat darajasini aniqlashga
ham tegishli bo‘ladi.
O‘qotar qurolning otish uchun yaroqliligi va alohida o‘q otish
imkoniyatlarini aniqlash
. Bu kabi tadqiqotlarning boshlanishida ekspert,
ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarni aniqlab olgandan so‘ng, taqdim
etilgan obyektlarning o‘ramini tekshiradi. Obyektlarning o‘rami ularni
haqiqiyligini ta’minlashi lozim. Bu o‘ramlarda ushbu obyektlar bo‘yicha
110
izoh xati va muhr bo‘lishi kerak. Ana shularning barchasiga ishonch
hosil qilgandan keyin ekspert o‘ramni ochadi va keltirilgan obyektlarni,
ya’ni, o‘qotar qurol va jangovar o‘q-dorilarning bevosita tadqiqotini
boshlaydi. Taqdim etilgan o‘qotar qurolning otish uchun yaroqliligi yoki
undan alohida o‘q otish imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan
ekspertizalarning metodikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— keltirilgan o‘qotar qurol yoki jangovar o‘q-dorilarning alohida
tarkibiy qismlarini, ushbu qurollar yig‘ilgan va qismlarga ajratilgan
holdagi holatini kuzatish metodi orqali aniqlash;
— o‘qotar qurollarning alohida tarkibiy qismlarining harakatlanishi
hamda o‘zaro ishlashini eksperiment yordamida tekshirib ko‘rish;
— o‘qotar qurollarning alohida tarkibiy qismlarini harakatga
keltirish uchun zarur bo‘lgan kuch miqdorini o‘lchash;
— keltirilgan o‘qotar quroldan o‘q otishlarini yoki alohida o‘q
otishni amalga oshirish uchun eksperiment o‘tkazish.
Standart o‘qotar qurolni tadqiq qilishda, uning holati va unda mavjud
bo‘lgan nuqsonlar aniqlanadi hamda agar imkoni bo‘lsa, ushbu
nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida o‘qotar qurolni qismlarga ajratiladi
va yig‘iladi. Agar ekspertizaga hali rusumi ma’lum bo‘lmagan o‘qotar
qurol taqdim etilgan bo‘lsa, ushbu qurol bo‘yicha ma’lumot olish uchun
maxsus adabiyotlarga, ekspertiza muassasasida mavjud bo‘lgan o‘qotar
qurollar va jangovar o‘q-dorilar bo‘yicha kolleksiya yoki tajribali ekspert
xodimlarga murojaat etish lozim.
Ekspertizaga keltirilgan o‘qotar qurolni tadqiq etishda dastavval
uning tepki, zatvor, saqlagichlari, magazin va signal beruvchi
moslamalarining holatiga e’tibor berish va ularni holatini qayd etish
zarur. Agar o‘qotar qurol ekspertizaga o‘qlangan holatda keltirilgan
bo‘lsa, u holda uni o‘qsizlantirish kerak.
Ko‘zdan kechirish jarayonida obyektning umumiy ko‘rinishini
fotosuratga olish darkor. Fotosuratda bu obyektning ekspert o‘z
xulosasida aks ettiradigan xususiyatlari va xossalari ko‘rinib turishi
lozim. Jumladan, qurolning qismlari bu qurol taqdim etilgan holda
qanday bo‘lsa, xuddi shunday holatda bo‘lishi, qurolning barcha qismlari
va mexanizmlar orasidagi chegara aniq bilinishi, boshqa qismlar soyasi
bilan yopilmasligi, markirovka belgilari, raqamlari ko‘rinib turishi kerak.
Fotosuratga olishda masshtabli chizg‘ichdan foydalanish shart.
Taqdim etilgan qurolni metodik jihatdan aynan shu holda fotosuratga
olishni quyidagicha tushuntirish mumkin: fotosuratda qurolning umumiy
111
holati, uning mexanizm va qismlarining holati, o‘zaro joylashishi aks
etadi, keyin ekspert ularni o‘zgartirib yuboradi, tadqiqotlardan keyin esa
ularni dastlabki holatiga qaytarish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Fotosurat
negativi yaxshi chiqqanligiga ishonch hosil qilganidan keyin ekspert
qurol qism va mexanizmlarining ishlashini tekshirishni boshlaydi.
Shuning uchun qurolning umumiy ko‘rinishi, qismlari va mexanizmlari
ishlashishini tekshirishdan oldin fotosuratga olish tavsiya etiladi.
Yaxshi, sifatli negativ olinganidan keyingina, qurolni tadqiq etishni
davom ettirish kerak. Avvalo, o‘qotar qurolni qismlarga ajratmasdan,
tashqi tarkibiy qismlarini ko‘zdan kechirib, uning holati va bundan
tashqari quyidagilar aniqlanadi: eng mayda qismlarining mavjudligi yoki
mavjud emasligi; bu qismlarning holati va joylashishining to‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligi; nuqsonlar (egilishlar, yoriqlar, stvollarning shishib qolishi,
zanglashlar, yeyilishlar va boshqalar) mavjudligi yoki yo‘qligi; standart
qurollardagi markirovka belgilarining mavjudligi yoki yo‘qligi hamda
ushbu markirovka belgilarining o‘qotar qurolning barcha qismlarida
o‘zaro mos kelish–kelmasligi. Undan keyin eksperiment yordamida
keltirilgan qurol alohida qism va mexanizmlarining to‘g‘ri harakatlanishi
va o‘zaro ishlashi tekshiriladi. Bu kabi eksperimentlarda keltirilgan
o‘qotar qurolning qism va mexanizmlari qurolni o‘qlamasdan ishlatib
ko‘riladi. Bundan tashqari, qurolda begona jismlar (stvol patrondonida
otilgan gilzalarning yoki stvol kanalidagi o‘q parchalari) mavjudligi ham
tekshirilishi zarur. Tabiiyki, o‘qotar qurol qism va mexanizmlarining
ishlashini patronlarsiz tekshirish, keltirilgan o‘qotar qurollarning turlari
va rusumlarining konstruktiv tuzilishi bilan ifodalanadi.
Agar o‘qotar qurolning barcha alohida qismlari va mexanizmlarini
ishlashini patronlarsiz tekshirib ko‘rish maqsadida o‘tkaziladigan
eksperimentlar jarayonida, ushbu qurol qism va mexanizmlarining
noto‘g‘ri ishlashi (ularning siqilib qolishi, harakatlarining chegaralanishi
yoki oxirigacha davom etmasligi) aniqlansa, u holda, birinchi navbatda
buning sababini aniqlash hamda undan keyin qurolning barcha qism va
mexanizmlarining imkoniyatidan kelib chiqib, ushbu aniqlangan
nosozlikni bartaraf etishga urinib ko‘rish kerak. Bunda, yuqorida
aytilgan nosozliklar qurol qismlarining deformatsiyalanishi, ularning
zanglab qolishi yoki boshqa nuqsonlar natijasida vujudga kelishini
unutmaslik kerak.
O‘qotar qurollar ayrim qismlarining noto‘g‘ri joylashishi, ularni o‘z
joyiga noto‘g‘ri o‘rnatilishi va yig‘ilishi, stvol patrondonida patron yoki
112
gilzaning tiqilib qolishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin.
Avtomatik to‘pponchalar stvollarining shishib qolishi kabi nosozliklar,
uning kojux–zatvorining harakatiga ta’sir qiladi, shuning uchun bu kabi
nosozliklar ham albatta aniqlanishi kerak. Ta’kidlash joizki, stvollarning
ishib qolish sezilarli bo‘lsa, u holda bu nosozlik yuqorida aytilganidek
kojux–zatvorning haraktiga, demak, o‘q otilishga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Agar stvollarning shishib qolishi stvolning og‘zi tomonida
vujudga kelgan bo‘lsa, u holda qurolning kojux–zatvori eng chetki orqa
holatdan eng chetki oldngi holatga o‘tmaydi. Shuning uchun bu kabi
nosozlik quroldan o‘q otilishi imkonini yo‘qqa chiqaradigan nosozlik
hisoblanadi. Ayrim rusumdagi to‘pponchalarning stvoli uning asosi
(ramka) bilan yaxlit holda yoki juda qattiq maxkamlangan bo‘ladi,
bunday to‘pponchalarning stvolini esa, yuqorida aytilgandek nosozliklar
mavjud bo‘lganda, qismlarga ajratishning iloji bo‘lmaydi. Shuning uchun
stvolning shishib qolishi natijasida keyingi torayib qolgan qismini, qurol
qismlarini harakatlantirish uchun kerak bo‘lsa, kesib tashlash mumkin.
Agar stvolning shishib qolishi, stvolning orqa, kojux–zatvorning
ostidagi qismida vujudga kelgan bo‘lsa, u holda qurolning kojux–zatvori
eng chetki orqa holatga o‘tmay qoladi. Bu holda kojux–zatvorning
harakati shu qadar chegaralanib qoladiki, hatto kojux–zatvor magazindan
patronni olib stvolning patrondoniga jo‘nata olmay qoladi. Ta’kidlash
joizki, bu kabi nuqsonli quroldan, noshtat, ushbu qurolning shtatli
patronidan kaltaroq (yoki maxsus kaltalashtirilgan) patronlarni otish
mumkin bo‘ladi. Yuqorida aytilgan kabi nuqsonlari bo‘lgan
to‘pponchalarni qismlarga ajratish mumkin emas, to‘g‘rirog‘i, buning
imkoni yo‘q. Qurol stvolining bu kabi shishib qolishini aniqlash uchun,
uning stvolida patron yo‘qligiga ishonch hosil qilgandan keyingina,
stvolni yorug‘likka solib tekshirish kerak bo‘ladi.
Agar o‘qotar qurol, uning birorta qismining shilinishi natijasida
bo‘rtiq vujudga kelgan bo‘lsa, bu bo‘rtiq qurol qismlarining harakatiga
to‘sqinlik qiladi va odatda, qurolni qismlarga ajratish yoki ta’mirlashda
birorta asbob yoki uskunani noto‘g‘ri ishlatish natijasida vujudga keladi.
Bu kabi nuqsonlarni juda ehtiyotlik bilan arralab yoki egovlab olib
tashlash lozim. Agar bu kabi bo‘rtiqlar mavjudligi oqibatida yoki
zanglash oqibatida qurolning zatvori tiqilib qolgan va qurol stvolini
ochib ko‘rishning imkoni bo‘lmasa, u holda, bunday qurolning stvoliga
yog‘och shup tiqib, stvolda patron bor yoki yo‘qligini aniqlash lozim.
Keltirilgan qurol stvolida patron borligi yoki yo‘qligi (qurolning
113
o‘qlangan yoki o‘qlanmaganligi), ushbu qurol bilan ishlashda
xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur. Agar keltirilgan va yuqorida
aytilgan tarzdagi bo‘rtiqli qurolning stvolida patron bo‘lsa, u holda
bunday qurolni o‘q otishlar uchun ajratilgan maxsus xona — tirda, qurol
stvoli o‘q tutgich tomonga yo‘naltirilgan holda tadqiq qilinadi. O‘qotar
qurolning zanglashi oqibatida tiqilib qolgan qismlarini, qurol stvolida
patron bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, yaxshilab moylaganidan so‘ng,
joyidan siljitishga harakat qilish kerak. Agar qurol o‘qlanmagan bo‘lsa,
tiqilib qolgan qismlarni siljitish uchun yog‘och bolg‘adan foydalanish
mumkin.
Kalta stvolli qurollarning zanglab ketgan tashqi qismlaridagi qalin
zang qatlamlarini olib tashlash uchun, bunday qurolni bir necha soatdan
bir necha kungacha kerosinli idish ichiga solib qo‘yish kerak. Uzun
stvolli qurolni esa kerosin shimdirilgan latta bilan o‘rab quyish kerak,
kerosinli lattaning bir uchi, kerosin lattadan oqib tushishi uchun maxsus
idishga solib qo‘yiladi va qurolga o‘ralgan lattaning ustidan ma’lum
vaqtlarda kerosin quyib turish kerak bo‘ladi. Qurol qismlaridagi zang
qatlamini yog‘och kurakcha bilan tozalash mumkin va undan keyin
qurolning tiqilib qolgan qismlarini yog‘och bolg‘acha yordamida siljitish
mumkin.
O‘qotar qurollarning ayrim qismlari ba’zida bir necha oy davomida
zanglab ketadi. Chunki qurolning tashqi va ichki qismlari zanglashining
oldini olish maqsadida moylanmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun,
ekspertizaga taqdim etilgan qurolning holati otish uchun yaroqsizligidan
dalolat bersa ham, bunday quroldan bir necha patronlarni eksperimental
otib, otilgan o‘q va gilzalarni mos holdagi kriminalistik hisoblar bo‘yicha
tekshirishda foydalanish lozim.
Ekspertizaga taqdim etilgan va qismlari shilinishi oqibatida vujudga
kelgan bo‘rtiqlar va zanglash ta’sirida tiqilib qolgan qurolning qismlarini
harakatga keltirilgandan keyin, bu qism va mexanizmlarining patronsiz
o‘zaro ishlashi tekshiriladi. Bu jarayonda, ya’ni qism va
mexanizmlarning ishlashida birorta chetlashish aniqlansa, unda qurolni
qismlarga ajratmasdan turib, qurolning qism va mexanizmlarini ushbu
noto‘g‘ri ishlashining sababini hech bo‘lmaganda, taxminan aniqlash
lozim bo‘ladi.
Qurol mexanizmlarining jangovar o‘q-dorilarsiz ishlashini
tekshirishda, ekspert mexanizmlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ishlashiga
ishonch hosil qiladi, ya’ni o‘q otish uchun yaroqlilik imkoniyati bor yoki
114
yo‘qligi tusmolini tahlil qiladi. Bu holda ekspert, maxsus adabiyotlarda
berilgan, taqdim etilgan qurolga aynan o‘xshash qurollarga qo‘yilgan
talablarga asoslanadi. Masalan, berilgan to‘pponchaning tepkisi
tashqarida joylashgan va o‘zi o‘qlanuvchi to‘pponchalarga qo‘yiladigan
talablarga mos kelishi yoki kelmasligini aniqlash uchun quyidagi
savollarga javob topish kerak:
— to‘pponchada zanglash, ifloslanish, chuqur shilinish, yoriqlar,
qabariq turtib chiqishlar, qismlarining egilishi, ezilishlar yo‘qmi;
— qurolning moylanishi qanday holatda;
— magazin ilmog‘i ishlaydimi, magazin quroldan oson olinib, oson
kirgiziladimi;
— magazin og‘zining chetlari egilmaganmi. Uning jo‘natgichi oson
harakatlanadimi;
— qurol zatvori kerakli yo‘nalishda harakatlanadimi va u zatvor
ushlagichi bilan ushlab turiladimi;
— patrondon va stvol kanalining holati qanday;
— zatvor ushlagichi pastki holatga oson o‘tadimi va bunda zatvor
ozod bo‘ladimi;
— zatvor oldingi holatga yetarli energiya bilan harakatlanadimi;
— stvol kanalining yopilishi yuz beradimi;
— tepki jangovar holatda ushlanib turadimi;
— saqlovchi moslamalar ishlaydimi;
— jangovar prujina va qo‘yib yuboruvchi mexanizm ishlaydimi;
— tepkini ko‘tarish va tushirish uchun zarur kuchning kattaligi
qanday;
— urgich stvol kanalida to‘g‘ri joylashadimi, boyok to‘g‘ri
chiqadimi va uning chiqish kattaligi yetarlimi;
— chiqarib tashlagich va qaytargich ishlaydimi;
— mo‘ljallagich (nishonga olish moslamasi) ezilmaganmi, ular
kerakli holatda joylashganmi.
Tadqiqotlarning keyingi bosqichida, ekspertizaga taqdim etilgan
o‘qotar quroldan o‘q otilishi, uning urib–qo‘yib yuboruvchi mexanizmini
ishlatish yoki uning tepkisini bosish, urgichni jangovar holatdan chiqib
urilishi uchun zarur bo‘ladigan kuchni dinamometr yordamida
aniqlanadi. Bu eksperimentlar bir necha marta o‘tkaziladi, agar qo‘sh
stvolli qurol bo‘lsa, unda qurolning har bir stvolga tegishli tepkilar uchun
eksperimentlarni alohida o‘tkazish talab etiladi. Undan so‘ng,
eksperimentdan olingan natijalar bo‘yicha, o‘rtacha arifmetik qiymat
115
olinadi va bu qiymatni, standart talablariga mos kelish yoki kelmasligini
aniqlash maqsadida maxsus adabiyotlar va ma’lumotlar bilan
solishtiriladi. Ushbu eksperimentlarni o‘tkazish uchun, dinamometrlar
bilan birgalikda, qurol stvoli og‘zini tik qaratib quyib, uning quyib
yuborish ilmog‘iga og‘irligi ma’lum bo‘lgan tarozi toshlarini osib ham,
kerakli qiymatlarni aniqlash mumkin.
Tepkini bosishda kerak bo‘ladigan kuchni aniqlash uchun
jadvallardan foydalanish mumkin (3-jadval).
3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 0,8 kg kuch PPSH avtomati qo‘yib
yuborish mexanizmining nosozligidan darak bersa, 0 kg kuch «Strela–2»
va «TOZ–12» vintovkalari qo‘yib yuborish mexanizmlarining sozligigan
darak beradi.
Dostları ilə paylaş: |