Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Qo‘l o‘qotar qurollari uchun, zatvorni qo‘yib yuborish



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

3-jadval 
 
Qo‘l o‘qotar qurollari uchun, zatvorni qo‘yib yuborish
(qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosish)da zarur bo‘lgan
kuchning normalari.
 
 
Kerak kuch chegaralari 

 
Qurollar namunalari 
maksimal 
(kg) 
minimal (kg) 
1 1933-yil namunali TT to‘pponchasi 
5,0 
2,0 

1935-yil namunali Nagan (Nagant)
revolveri: 
a) o‘zi ko‘tariluvchi 
b) o‘zi ko‘tarilmaydigan 
6,5 
5,0 
2,8 
2,0 
3 PPSH, PPS avtomatlari 
6,0 
2,0 
4 1891/30-yil namunali vintovkalar 
3,2 
2,0 
5 1938/44-yil namunali vintovkalar 
3,2 
2,0 
6 Cho‘ntak 
to‘pponchalari 
–– 
1,75 

Kichik kalibrli sport vintovkalari: 
a) mashq uchun 
b) nishonga otish uchun 
2,8 
0,8 
0,8 
0,1 — 0,04 

Ov miltiqlari: 
a) oldingi tepki 
b) orqa tepki 
1,7 
1,9 
1,5 
1,7 

Sport ov miltiqlari: 
a) oldingi tepki 
b) orqa tepki 
1,2 
1,6 
1,0 
1,4 


 116 
Hatto bir turdagi qurollarga qo‘yiladigan talablar chegarasida ham 
bu qurollarning tuzilishiga bog‘liq ravishda talablar mohiyati turlicha 
bo‘lishi mumkin. Masalan, saqlovchi mexanizmlarning ishlashini tahlil 
etishda: TT to‘pponchasida — tepkini, sheptaloni, ajratgich va 
zatvorning saqlovchi holatdagi o‘zaro ta’siri tekshirilsa, PM 
to‘pponchasida — saqlagich, tepki, saqlagich qovurg‘alari va asosning 
chap qirralarining o‘zaro ta’siri tekshiriladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, 
bir namunadagi qurol uchun nazarda tutilgan talablar mohiyati boshqa 
namunadagi qurollar uchun mos kelmaydi va tekshirish metodini buzish 
hisoblanadi. Bundan tashqari, bir turdagi qurollar uchun mos talablarni 
boshqa turdagi qurollarga qo‘llash mumkin emas, chunki buning 
natijasida ekspert xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. 
Turli rusum, tip, kalibr, tizim va namunadagi qurollarga, ayniqsa, 
hech qanday talab qo‘yilmaydigan qo‘lbola usulda yasalgan qurollarga 
barcha qurollar uchun qo‘yiladigan talablarni qo‘llash mumkin emas. 
Shuning uchun ekspertiza o‘tkazish jarayonida ekspert qurollarga 
qo‘yiladigan talablarga, ularni tekshirilayotgan tuzilishdagi qurollarga 
bog‘liq ravishda va bu qurolda aniqlangan nuqsonlarni baholab, 
muvofiqlashtirgan holda, asoslanadi. 
Qurollarga qo‘yiladigan talablar tergov va sud organlari xodimlari 
uchun noma’lum bo‘lishini e’tiborga olib, ba’zi bir bu talablarni ekspert 
xulosasida aks ettirib ketish maqsadga muvofiq bo‘ladi, keyin esa 
tekshirilayotgan namunaning bu talablarga mos kelishi yoki kelmasligini 
yoritish kerak. Albatta, xulosada bu talablarning barchasini to‘liq yozish 
shart emas, lekin tekshirilayotgan qurolga tegishli umumiy talablarni 
keltirish lozim. Masalan, birorta to‘pponchani tekshirishda bu qurol 
avtomatik emas, balki o‘zi o‘qlanuvchi ekanligi, buning oqibatida bu 
qurol avtomatik o‘q otish uchun emas, balki o‘zi qayta o‘qlanib donalab 
o‘q otish uchun mo‘ljallanganligi ta’kidlanishi lozim. 
Agar shunday tushuntirishlardan keyin ekspert keltirilgan qurolning 
mexanizmida uning avtomatik qayta o‘qlanishiga xalal beruvchi 
nuqsonlar mavjudligini isbot qilsa, u holda berilgan qurolning otish 
uchun yaroqsizligi haqida chiqarilgan yakuniy xulosa hech qanday 
tushuntirishlarsiz ishonarli bo‘ladi.
 
Tadqiqotlarning keyingi bosqichlarida, ayrim hollarda o‘qotar 
qurollarni qismlarga ajratish, ba’zida esa eksperimental o‘q otishlarni 
bajarish kerak bo‘ladi. Eksperimental o‘q otishlaridan oldin qurolni 
qismlarga ajratish shuning uchun zarurki, gohida eksperimental o‘q 


 117 
otishlari jarayonida qurol yorilib ketishi va ekspert jarohat olishi 
mumkin, buning oqibatida qurolning yorilishi yoki buzilishi sabablari 
aniqlanmay qoladi. Tadqiqot vaqtida qurolni qismlarga ajratishdan oldin 
eksperimental o‘q otishlarni o‘tkazish esa, ayniqsa, ekspertizaga qo‘lbola 
usulda yasalgan qurollar keltirilgan bo‘lsa, qurollarni qismlarga ajratilsa, 
ulardan o‘q otish imkoniyati yo‘q bo‘lib qolishi bilan ifodalanadi. Bu 
holda taqdim etilgan ushbu qurolning o‘q otish uchun yaroqli yoki 
yaroqsiz ekanligini aniqlab bo‘lmaydi. 
Tadqiqotlarning bu kabi barcha hollarida, ekspert taqdim etilgan 
qurollarga diqqat bilan e’tibor berishi va ularning har bir holatiga alohda 
yondashishi lozim. Agar ekspertizaga alohida tarkibiy qismlari va 
mexanizmlari to‘g‘ri ishlaydigan standart o‘qotar qurol taqdim etilgan 
bo‘lsa, u holda eksperimental o‘q otishlardan oldin uni qismlarga 
ajratish, qurol qism va mexanizmlarining yig‘ilishi va ishlashi tartibini 
o‘rganish hamda undan keyin qayta yig‘ib eksperimentlarni davom 
ettirishi mumkin. Agar alohida qism va mexanizmlarning joylashishi va 
o‘zaro ishlashida birorta chetlashishlar aniqlangan bo‘lsa, u holda ushbu 
chetlashishlarni sababini aniqlashdan va qurolni qismlarga ajratishdan 
oldin, ushbu quroldan jihozlanmagan (snaryadi va porox zaradi olinib, 
faqat kapsyuli qoldirilgan) patron bilan eksperimental o‘q otishlarni 
o‘tkazish lozim. Undan keyin, eksperimentlarning natijasi qanday 
bo‘lishidan qat’i nazar, qurolni qismlarga ajratish, har bir qismini alohida 
tekshirish va o‘rganish, chetlashishilar sababini aniqlash va ularni 
bartaraf etish hamda agar ular qismlarning noto‘g‘ri yig‘ilishi natijasida 
vujudga kelgan bo‘lsa, qurolni to‘g‘ri qayta yig‘ish va undan keyin 
ushbu qurolni otish uchun yaroqliligini tekshirish maqsadida, undan bir 
necha patronlarni eksperiment sifatida otib ko‘rish kerak. 
O‘qotar qurollarni tekshirish jarayonida, qurolni qismlarga 
ajratishdan oldin, undan darhol eksperimental o‘q otishni bajarish, 
tadqiqot natijalarini yuzaki baholash kabi kamchilikni keltirib chiqarishi 
mumkin. Chunki qurolning otishga yaroqliligini aniqlash bo‘yicha 
o‘tkaziladigan eksperiment faqat ushbu quroldan o‘q otilishi 
mumkinligini tasdiqlaydi, ammo, o‘q otilishlar imkoniyati mavjudligi 
yoki mavjud emasligi sabablarini tushuntirib bera olmaydi. 
Shunday qilib, ekspertizaga taqdim etilgan qurolni qismlarga ajratish 
va ularni ko‘zdan kechirishda, qurol alohida qism va mexanizmlarining 
holati o‘rganiladi. Buning uchun esa maxsus yo‘riqnomalarda o‘qotar 
qurolning holati quyidagicha ifodalanishini yodda tutish zarur: 


 118 
— qurol qismlarining zanglashi oqibatida, ularda nuqsonlarning 
mavjudligi yoki mavjud emasligi;
— stvol kanalidagi narezlar maydonlarining muayyan masofada 
yeyilishi; 
— stvol yoki patrondonning shishib qolishi; 
— stvolning yoki qurol boshqa tarkibiy qismlarining egilib yoki 
qiyshayib qolishi; 
— stvol kanalidagi turli bo‘rtiqlar va stvolning sirtidagi ezilishlar; 
— qurolning qismlaridagi yoriqlar; 
— stvolning unchalik qattiq mahkamlanmasligi, stvol va nishonga 
olish moslamalari va boshqa qismlarning joyidan siljib qolishi; 
— o‘qotar qurolga termik ta’sirlarning izlari.
Bundan tashqari, o‘qotar qurolni qismlarga ajratishda markirovka 
belgilarining barcha qismlarda o‘zaro mos kelishiga va qurol 
qismlarining boshqasiga almashtirilganiga e’tibor berish lozim. Tadqiqot 
jarayonida o‘qotar qurolning barcha qism va mexanizmlari to‘g‘ri 
yig‘ilganligiga e’tibor beriladi. Tabiiyki, yuqorida aytilgan qism va 
mexanizmlarning to‘g‘ri yig‘ilganligi, xuddi qurol qismlarini 
xarakterlovchi belgilar kabi, faqat qurolni qismlarga ajratib aniqlanishi 
mumkin. Agar ekspertizaga taqdim etilgan standart qurolning barcha 
qism va mexanizmlari o‘zaro to‘g‘ri ishlasa va bundan tashqari, qurolni 
tekshirishda aniqlangan turli nuqsonlarni bartaraf etish uchun uni 
qismlarga noto‘liq ajratish yetarli bo‘lsa, u holda, taqdim etilgan qurolni 
qismlarga to‘liq ajratish shart emas. Taqdim etilgan o‘qotar qurol yoki 
uning ayrim mexanizmlari va tugunlarini, bu qurol qismlari va 
mexanizmarini noto‘g‘ri yig‘ish oqibatida vujudga kelgan nuqsonlarni 
bartaraf etish uchungina qismlarga to‘liq ajratishga to‘g‘ri keladi. 
Agar ekspertizaga qo‘lbola usulda yasalgan o‘qotar qurol taqdim 
etilgan bo‘lsa, bunday qurolni tadqiq qilishda ham ularni qismlarga 
noto‘liq ajratish mumkin, faqat, qurolda yuz beradigan o‘zgarishlar 
qaytariladigan bo‘lishi kerakligini hisobga olish lozim, ya’ni qismlar 
sinib ketmasligi kerak. 
Tekshirilayotgan o‘qotar qurolning alohida tarkibiy qismlarining 
holati, ularning harakat qila olishi va o‘zaro harakat qilishiga bog‘liq 
ravishda, ekspert ushbu qurolning amaliy sozligi yoki nosozligi, ya’ni 
otish uchun yaroqliligi yoki yaroqli emasligi haqida xulosa chiqaradi. 
O‘qotar qurolni qismlarga ajratib tekshirilganidan keyin u qayta 
yig‘iladi. Qismlari qayta yig‘ilgan qurol eksperimental tekshirib 
ko‘riladi. 


 119 
Eksperimental otib ko‘rishlar maxsus ajratilgan xona — tirda amalga 
oshiriladi. Eksperiment jarayonida qurolni tekshirish uchun, mos 
kalibrdagi 5 — 10 dona patron otib ko‘rilishi kerak. Og‘zidan 
o‘qlanuvchi qurollardan bir marta o‘q otib ko‘rish yetarli bo‘ladi. Buning 
uchun orqasidan o‘qlanuvchi qurol uchun mo‘ljallangan, ammo 
tekshirilayotgan og‘zidan o‘qlanuvchi qurol bilan kalibri mos keladigan 
standart patron demontaj qilinadi, ya’ni qismlarga ajratiladi. Ushbu 
qismlarga ajratilgan patronning porox zaradi va o‘qi bilan 
tekshirilayotgan og‘zidan o‘qlanuvchi qurol o‘qlanadi va eksperiment 
o‘tkaziladi. 
Eksperimentda ikki ekspert qatnashishi lozim. Ekspertlardan biri 
bevosita otishni bajaradi, ikkinchisi esa yordamchi ishlarni amalga 
oshiradi. Eksperimental otib ko‘rish uchun ko‘p sonli odamlarni jalb 
qilish maqsadga muvofiq emas. Eksperimentni bir ekspert tomonidan 
amalga oshirilishi ham mumkin emas, chunki birorta baxtsiz tasodif 
bo‘lib qolsa, unga yordam beruvchi hech kimning bo‘lmay qolishi 
mumkin. Agar qurol eksperiment o‘tkazuvchi ekspert hayotiga xavf 
solishi mumkin bo‘lgan darajada texnik nosoz bo‘lsa, eksperimentni 
qurolni qo‘lda ushlab turib bajarish taqiqlanadi. Bunday hollarda qurolni 
maxsus stanokka mahkamlab, otishni xavfsiz masofadan turib maxsus 
qurilma orqali amalga oshiriladi. Ekspert-kriminalistik muassasalarida bu 
maqsadda sanoatda ishlab chiqarilgan uzoq masofadan turib 
boshqariluvchi qurilmalardan foydalaniladi. Eksperimentning mohiyati 
tekshirish vazifalari va xususiyatlaridan kelib chiqadi va turlicha bo‘lishi 
mumkin: avtomatik o‘q otish, nishonga olib o‘q otish, tez otish va 
hokazo.
Eksperimentning shartlari, borishi va natijalari ekspert xulosasida 
bayon etiladi. Bu talablarni buzish keraksiz oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. Masalan, bir jinoyat ishini tekshirishda, ekspertizaga boshqa 
qurollar bilan birga ««Parabellum»» to‘pponchasi ham keltiriladi. Bu 
qurolning otish uchun yaroqliligi haqida qo‘yilgan savolga ekspert «o‘q 
otishlar boyokni ko‘p marta patron kapsyuliga urilishidan» deb javob 
beradi. Keyin ushbu ish bo‘yicha takroriy ekspertiza tayinlanadi, unda 
ushbu to‘pponcha otish uchun yaroqsiz degan yakuniy xulosa beriladi. 
Dastlabki ikki ekspertizadagi o‘zaro qarama–qarshi yakuniy xulosalar 
uchinchi marta ekspertiza tayinlash uchun asos bo‘ladi va uchini 
ekspertiza oldiga ham bir xil qurolning otish uchun yaroqliligi haqidagi 
savol qo‘yiladi. Dastlabki ekspertiza xulosalari bilan tanishish jarayonida 


 120 
aniqlanadiki, eksperiment jarayonida kerakli talablar bajarilmagan. 
Qurolning texnik nosozligi tufayli tepki bosilganda undan o‘q otishning 
imkoni bo‘lmagan. Ekspert bu quroldan tepkiga emas, balki qo‘yib 
yuboruvchi richakka ko‘p marta ta’sir qilib otish imkoniga ega bo‘lgan. 
Bundan tashqari, bunday qurollar uchun nostandart patronlarning 
qo‘llanilishi, bu tuzilishdagi to‘pponchalar uchun eksperiment shartlariga 
rioya qilish hisoblanmaydi. Agar eksperiment shartlariga rioya 
qilinganda takroriy ekspertiza tayinlashning keragi bo‘lmas edi.
Qurolning otish uchun yaroqliligi haqidagi yakuniy xulosa qurolning 
moddiy qismlarini tekshirilgandan keyin va eksperiment natijalariga 
asoslanib chiqariladi. Aks holda, ya’ni yakuniy xulosa qurolning moddiy 
qismlarini tekshirish natijalariga asoslanib chiqarilgan bo‘lsa, 
ekspertning fikrlari amalda tekshirilmagan hisoblanadi. Shu bois, 
qurolning modiy qismini tekshirmasdan eksperiment o‘tkazish texnika 
xavfsizligi qoidalari nuqtai nazaridan mumkin emas. 
Qurol mexanizmlarining ishlashi tekshirilayotganda ekspert bu 
qurolni otish uchun yaroqsiz degan fikrga kelsa, u holda darhol uning 
sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi. Buning uchun qurolni qismlarga 
ajratish kerak. Qismlarga ajratish darajasi ekspert tomonidan 
tekshirilayotgan qurolning xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. 
Qurolni qismlarga ajratishdan oldin uning kerakli parametrlari 
o‘lchanadi va yozib boriladi. Masalan, tepkini bosish uchun zarur kuch 
kattaligi, tepki va urgich orasidagi masofaning kattaligi va boshqalar. 
Bular qurolni qayta yig‘ishda kerak bo‘ladi. 
Qismlarga ajratilgan qurolni tekshirishda dastavval quroldan o‘q 
otishga ta’sir qiluvchi qismlarga e’tibor beriladi, ularning parametrlari, 
boshqa qismlar bilan ta’sirlashishi va o‘zaro harakati tekshiriladi. 
Ta’kidlash joizki, turli xil qurollar bir xil qismlarining texnik nosozligi 
turlicha ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, 1895-yil namunali «Nagan 
(Nagant)» revolveri jangovar prujinasining buzilishi undan o‘q otish 
imkonini bermaydi, 1938-yil namunali karabin jangovar prujinasining 
buzilishi esa bu imkoniyatni beradi. 
Qurolning ekspertiza uchun ahamiyatga ega bo‘lgan otishga xalal 
beruvchi nuqsonlari yoziladi va fotosuratga olinadi. Alohida qismlardagi 
(masalan, kengaytirilgan patrondon yoki baraban tuynuklari) 
nuqsonlardan quyma nusxalar olinadi. Aniqlangan nuqsonlarning 
qismlarning ishlashiga ta’siri ahamiyatini tushuntiruvchi chizmalar 
tayyorlashning ahamiyati katta. Bularning barchasi ekspert xulosasining 
tadqiqot qismida aks ettiriladi, bu bayon etilganlardan ekspert nimalarni 


 121 
aniqlagani va qanday baholagani bilinib turadi. Masalan, revolver 
dastasidagi yuzalar olinganda, dasta ichida jangovar prujina ko‘rinib 
turibdi. Odatda, bunday tuzilishdagi revolverlarda jangovar prujinalar 
plastinkasimon bo‘ladi. Bu prujina pastki uchi bilan dastaning tirqishiga, 
yuqori uchi bilan tepkining qirrasiga tayanadi va bu bilan tepkini 
jangovar holatdan ozod qiluvchi energiya bilan ta’minlanadi. 
Tekshirilayotgan qurolda esa jangovar prujina o‘rtasidan singan, bu 
nuqson revolver mexanizmining ishlashiga xalal beruvchi sabab 
hisoblanadi. 
Qurolni qismlarga ajratish baholanganidan keyin, qurol qismlarga 
ajratilishidan oldin qanday holda qayd etilgan bo‘lsa, shu xususiyatlar 
e’tiborga olinib qayta yig‘iladi. Masalan, qurolning birorta vinti oxiriga 
ikki aylana yetmasdan qotirilgan bo‘lsa, ekspert ham xuddi shunday qilib 
qotiradi. Chunki bu shartga rioya qilmaslik qurol mexanizmining 
boshqacha ishlashiga olib kelishi mumkin. Qurol qayta yig‘ilganidan 
keyin uning ishlashi yana tekshiriladi. Qurol mexanizmlari u qismlarga 
ajratilishidan oldin qanday ishlagan bo‘lsa, xuddi shunday ishlashi kerak. 
Bunday hollarda qurolning otish uchun yaroqsizligi uning moddiy 
qismlarini tekshirishga asoslanib chiqariladi, chunki bunday quroldan 
eksperimental otib ko‘rishning imkoni yo‘q. Ammo otishning imkoni 
yo‘qligi xulosada to‘liq bayon etilishi kerak. Masalan,
 
jangovar prujina 
singanligi uchun u o‘z joyida joylashgan emas, balki dastaning ichiga 
tiqilib qolgan. Buning natijasida tepki ko‘tarilganda jangovar prujina 
tepkiga ta’sir ko‘rsatmaydi va u o‘z o‘qi atrofida bemalol aylanadi, 
shuning uchun o‘q otish uchun kerakli zarbani bermaydi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin