4
qurolga o‘xshash narsalar, jangovar o‘q-dorilar, ularning alohida
qismlari, o‘qotar qurol va o‘q-dorilar tayyorlashda ishlatilgan materiallar
va asbob-uskunalar, qurollar va jangovar o‘q-dorilarni ishlatish,
tayyorlash, o‘zgartirish va saqlash izlarini tadqiq etish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Turli jinoyatlarni ochish va tergov qilishda o‘qotar qurollar va
jangovar o‘q-dorilarning ko‘pincha jinoyat sodir etish vosita va qurollari
sifatida namoyon bo‘lishini esda tutish lozim. Odamni hayotidan
mahrum qilish yoki badanga shikast yetkazish, mulkka zarar yetkazish
yoki uni buzish maqsadida shikast yetkazish yoki yondirib yuborish
vositasi sifatida jinoyatchilar turli o‘qotar qurollar, ognemyotlar,
qurilish-montaj to‘pponchalari va raketnitsalardan ham foydalanadilar.
Shuningdek, jinoyatchilar tomonidan o‘qotar qurollar va ularga o‘xshash
narsalar qo‘rqitish yoki tahdid qilish vositasi sifatida ham ishlatiladi.
Bundan tashqari, o‘qotar qurol unga vakolatli mansabdor shaxs,
hukumat vakili va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi yoki
jabrlanuvchi tomonidan qonuniy tarzda qo‘llanilgan taqdirda jinoyatlarni
to‘xtatish va ularning oldini olish yoki o‘zini o‘zi himoya qilish vositasi
bo‘lishi mumkin. Qurollar va o‘q-dorilarni o‘g‘irlash, buzish, agar ular
noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirilgan yoki topilgan bo‘lsa, jinoyat
predmeti, agar ular qonunga xilof ravishda saqlangan, olib sotilgan va
tayyorlangan bo‘lsa, muomala qilish taqiqlangan buyumlar bo‘lishi
mumkin
1
.
Qonunga xilof ravishda tayyorlangan, yasalgan qo‘lbola o‘qotar
qurollar va jangovar o‘q-dorilar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor
bo‘lmagan mahsulotlar va ularni tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan
materiallar jinoiy qilmishning mahsulotlari hisoblanishi mumkin. Agar
qo‘lbola usulda tayyorlangan o‘qotar qurol va jangovar o‘q-dorilarni
jinoiy maqsadda ishlatilgan yoki ishlatishga harakat qilingan bo‘lsa, u
holda ushbu qurollar yoki o‘q-dorilarga jinoyat sodir etish yoki jinoyatga
tayyorgarlik ko‘rish vositasi sifatida qaraladi.
O‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarni tayyorlashda ishlatilgan
turli asbob-uskunalar, moslama va qurilmalar bir jinoyatni sodir etish
hamda ikkinchi jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish vositasi deb topiladi.
O‘qotar qurol yoki jangovar o‘q-dorilar jinoiy maqsadda ishlatib
bo‘linganidan keyin, ularni o‘zgartirish (masalan, o‘g‘irlangan qurolning
1
Qarang:
Dostları ilə paylaş: