O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yana-da rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-52-sonli Farmoni hamda viloyat hokimining 2022-yil 2-fevraldagi 51-7-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
Tumanda turizm, madaniyat, madaniy meros va sport yo‘nalishlarida infratuzilmani jadal rivojlantirish, obyektlardan samarali foydalanish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 25-moddalariga asoslanib
QAROR QILAMAN:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yana-da rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PF-52-sonli Farmoni hamda viloyat hokimining 2022-yil 2-fevraldagi 51-7-0-Q/22-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Tuman hokimining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Tuman hokimining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Tumandagi tashkilotlar va bo‘limlar o‘n kun muddatda o‘zlari qabul qilgan huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari J.Baratov zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
RO‘YXATI
Tuman hokimining 2018-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni hamda viloyat hokimining 2018-yil 9-martdagi 146-Q sonli qarori haqida”gi 611-Q-sonli qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Turizm va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik deb yuritiladi” so‘zlari bilan almashtirilsin; to‘rtinchi —oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
-yettinchi-o‘ninchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi-oltinchi xatboshilari deb hisoblansin;
-o‘n birinchi - o‘n to‘qqizinchi xatboshilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Tuman hokimining 2019-yil 10-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6165-sonli Farmoni hamda viloyat hokimining 2019-yil 24-avgustdagi 224-Q-sonli qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 36-04-Q qarorining 3-ilovasi 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Tuman hokimining 2021-yil 18-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6165-son Farmoni hamda Samarqand viloyati hokimining 2021-yil 16-fevraldagi 23-Q-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 530-Q-sonli qarorining 3-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Tuman hokimining 2021-yil 20-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6199-son Farmoni hamda viloyat hokimining 2021-yil 8-apreldagi 64-Q-sonli qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 418-Q-sonli qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, shuningdek, Turizm va sport vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tashkil etilishi;”
5. Tuman hokimining 2018-yil 7-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli sonli qarori haqida”gi 435-Q sonli qarorida:
a) 2-bandi qirq oltinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandi qirq yettinchi xatboshisidagi “Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Tuman hokimining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof
etilayotgan ayrim hujjatlari
RO‘YXATI
Tuman hokimining 2018-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.02.2018-yil PQ-3510-sonli hamda Samarqand viloyati hokimligining 15.02.2018-yildagi 93-Q-sonli qarorlari haqida”gi 260-Q sonli qarori.
2. Tuman hokimining 2018-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.03.2018-yildagi PQ-3583-sonli hamda Samarqand viloyati hokimligining 09.03.2018-yildagi 147-Q-sonli qarorlari haqida”gi 608-Q-sonli qarori.
Dostları ilə paylaş: |