Turizm va mehmonxona xo


Markaziy bankning boshqaruv tizimi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə5/13
tarix03.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#106903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5323377995048560144

3. Markaziy bankning boshqaruv tizimi.
Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi bo’lib xisoblanadi. Markaziy bank - birinchi o’rinda davlat va iqtisodiyot o’rtasida vositachi bo’lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymaydi. Markaziy bank - masalan, Angliya banki, Frantsiya banki, Bundes bank, Yaponiya banki, Shvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va boshqa yagona banklardan tashkil topadi. Kanada Banki. Kanada Banki nisbatan kech shakllangan – 1943 yilda. Uch yillik muddatga hukumat tomonidan saylanadigan bank direktorlari, bank raisini etti yillik muddatga tayinlaydilar. Rais hamda uning to‘rtta o‘rinbosarlaridan iborat bo‘lgan Boshqaruv kengashi – FOMC singari, monetar siyosat bo‘yicha qarorlarni qabul qiluvchi organ bo‘lib hisoblanadi.
1967 yilda qabul qilingan, bank qonunchiligidagi o‘zgarishlarga muvofiq tarzda, hukumat monetar siyosat uchun asosiy ma’suliyatga egadir. Bundan kelib chiqadiki, qonunga binoan Kanada Banki, FRT singari instrumentlarni tanlashda mustaqillikka ega emas. Biroq, tajribada aslida uning o‘zi monetar siyosatni nazorat qiladi. Bank va hukumatning o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan holda, moliya vaziri bank bajarishi majbur bo‘lgan ko‘rsatmani chiqarishi mumkin. Biroq, ko‘rsatma yozma ravishda rasmiylashtirilishi va ma’lum bir davrga tegishli bo‘lishi kerakligi sababli, uning vujudga kelishining ehtimoli kam. Haqiqatdan ham, bugungi kungacha bitta ham bunday ko‘rsatma chiqarilmagan. Monetar siyosatning maqsadi Kanada Banki va hukumat bilan birgalikda belgilanadi. Demak, Kanada Banki, FRTga qaraganda, kamroq darajadagi mustaqillikka ega.Angliya Banki. 1694 yilda barpo etilgan Angliya Banki – eng qadimiy markaziy banklardan biri bo‘lib hisoblanadi. 1946 yildagi Banklar haqidagi Qonunga asosan, Angliya Banki hukumatga bo‘ysinadi. Angliya Banki Boshqaruvi (FRT boshqaruvchilari kengashining ekvivalenti) besh yillik muddatga saylanadigan rais va uning ikkita o‘rinbosari, hamda uch yilga tayinlanadigan 16ta boshqaruv a’zolaridan iborat bo‘ladi.1997 yilga qadar Angliya Banki, ushbu bobda ko‘rib chiqilayotgan markaziy banklar orasida eng kam darajadagi mustaqil bank bo‘lib hisoblangan, chunki foiz stavkalarini o‘zgartirish haqidagi qaror Angliya Banki ichida emas, balki g‘aznachilik kansleri bilan birgalikda qabul qilinar edi (AQSH G‘aznachiligi kotibi ekvivalenti). Buning hammasi, leyboristlarning yangi hukumati 1997 yilning may oyida hokimiyat tepasiga kelgan paytda o‘zgardi. Ushbu paytda, g‘aznachilik yangi kansleri Gordon Braun Angliya Banki endi foiz stavkalarini belgilashga vakolatli emasligi haqida kutilmaganda xabar berdi. Biroq, Bank instrumentlarni tanlashda to‘liq mustaqillikka ega bo‘lmadi: hukumat uning qarorlarini o‘zgartira oladi va foiz stavkalarini “favqulloddagi sharoitda” hamda “cheklangan muddatga” belgilay oladi. Bunga qaramay, Kanadada bo‘lgani singari, ommaviy xarakterga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan va faqatgina eng qattiq sharoitda hamda cheklangan muddat davomida qo‘llanilishi kerak bo‘lgan Bank qarorlarini bekor qilish – vujudga kelish ehtimoli kam bo‘lgan hodisadir. Foiz stavkalarini, rais, uning ikkita o‘rinbosari, kansler bilan konsultatsiyadan so‘ng tayinlanadigan ikkita a’zo (odatda markaziy bankning mansabdor shaxslari), va kansler tomonidan tayinlanadigan yana to‘rtta tashqi iqtisodchi-ekspertlardan tashkil topgan, monetar siyosat bo‘yicha Ko‘mita belgilaydi. (SHunisi hayratlanarliki, ushbu ko‘mitaga birinchi bor kiritilgan to‘rtta tashqi ekspertlardan ikkitasi Buyuk Britaniya fuqarolari bo‘lmagan: bittasi golland millatiga mansub bo‘lsa, ikkinchisi amerikalik bo‘lgan, ammo ikkalasi ham doimiy ravishda Birlashgan Qirollikda yashagan). Angliya Banki uchun inflyasiyaning maqsadli ahamiyatini g‘aznachilik kansleri belgilaydi, bundan kelib chiqib, Angliya Banki, FRTga nisbatan maqsadni tanlashda kamroq darajadagi mustaqillikka egabanki.Yaponiya banki.Yaponiya Banki 1882 yilda tashkil topgan. Monetar siyosatni hukumat tomonidan tayinlanadigan va parlament tomonidan tasdiqlanadigan, rais, uning ikkita o‘rinbosari, hamda oltita tashqi a’zolardan tashkil topgan, Siyosiy Kengash olib boradi; ularning hammasi lavozimlarini besh yil davomida egallaydilar. Ohirgi paytgacha, Yaponiya Banki rasman, u erdagi asosiy rol Moliya vaziriga tegishli bo‘lgan, hukumatdan mustaqil holda faoliyat yuritar edi. Biroq, 1998 yilning aprel oyidan amal qilayotgan, Yaponiya Banki haqidagi yangi Qonun 55 yil davomida ilk marotaba uning vakolatlariga o‘zgartirish kiritdi. Avvalom bor, yangi qonunga binoan, monetar siyosatning maqsadi – narx barqarorligini saqlab qolish. Bundan tashqari, qonun Bankga instrumentlarni va maqsadni tanlashda ko‘proq mustaqillikni ta’minladi. Bundan oldin hukumat Siyosiy Kengashda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan ikkita vakilga ega edi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy rejalashtirish bo‘yicha Agentlikdan bittadan. Endi esa hukumat ushbu ikkita idoraning ikkita vakilini kengash majlislariga yuborishi mumkinligi bilan, ular ovoz berish huquqiga ega emas, faqat monetar siyosat bo‘yicha qarorlarning ijrosini keyinga qoldirishni so‘rashlari mumkin. Bundan tashqari, Moliya vazirligi Bankning ko‘plab operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyatini yo‘qotdi, hususan, oliy rahbariyatni ishdan bo‘shatishni. Biroq, Moliya vazirligi Yaponiya Banki byudjetining, monetar siyosatga aloqasi bo‘lmagan, bir qismini nazorat qilishda davom etadi, bu holat Bank mustaqilligini bir oz darajada kamaytiradi. Yevropa markaziy banki. Maastrixt shartnomasi orqali ta’sis etilgan, Evropa markaziy banki (EMB) va Evropa markaziy banklar tizimi o‘z faoliyatini 1999 yilning yanvar oyida boshladilar. Markaziy bank tuzilmasi AQSH FZT tuzilmasi bilan o‘hshash. Alohida davlatlarning banklari, AQSH federal zahiraviy banklari singari, huddi o‘sha pozitsiyalarni egallaydilar. Evropa markaziy bankining ijroiya organi tarkibiga prezident, vitse-prezident va sakkiz yillik muddatga saylanadigan to‘rtta qolgan a’zolar kiradi.Monetar siyosat bo‘yicha kengash ijroiya kengashining oltita a’zosi va barcha evropa davlatlari markaziy banklarining raislaridan tashkil topgan; ularning hammasi kamida 5 yil ishlagan bo‘lishi kerak. Yevropa markaziy banki – dunyodagi eng mustaqil markaziy bank – hattoki Germaniya markaziy banki (Bundesbank) bilan solishtirganda, ko‘proq darajada mustaqil. Yevropa markaziy banki monetar siyosatni to‘liq boshqarib, maqsad va instrumentlarni tanlashda mustaqillikka ega – ham Evropa ittifoqidan, ham boshqa milliy hukumatlardan. Bundan tashqari, EMB narhlarning barqarorligi uchun javob beradi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki. O‘zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyusion, ya’ni tadrijiy yo‘lini bosib o‘tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to‘g‘ri keldi. 1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o‘zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o‘zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo‘la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to‘lov tizimini shakllantirish vazifalari qo‘yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e’tiboran milliy valyuta — so‘mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O‘zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o‘z faoliyatida to‘liq mustaqil bo‘lganini, kelgusida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil etilishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha faoliyati to‘laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratildi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin