Turizm ximatlar bozorining rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 184,42 Kb.
səhifə1/18
tarix18.10.2022
ölçüsü184,42 Kb.
#65437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
20-150 Sultonova Munojat



turizm ximatlar bozorining rivojlanish xususiyatlari
kurs ishi


toshkent davlat agrar univrsiteti turizm (agroturizm) fakulteti 20-150 guruh 2-kurs talabasi
Sultonova Munojat




MUNDARIJA





Kirish ……………………………………………………..........




Turizm bozori va xizmatlari tushunchasi ularning xususiyatlari………………………………………………………………………………………….
Turistlik xizmat bozorining xususiyatlari…………………………………………….....
















Turistlik xizmat bozorning funksiyalari va tarkibi ………....................













Turistlik xizmat bozorni segmentlashtirish……………......................













1Turizm xizmat bozoriga ta’sir qiluvchi asosiy omillar….................










ADABIYOTLAR……………………………………………………………......................

KIRISH
. Turizm – bu xordiq chiqarish va dam olish sog‘lomlashtirish mehmondorchilik, kasbiy va ish maqsadlarida insonlarning bo‘sh vaqtida o‘zlarining doimiy yashash joylaridan vaqtinchalik boshqa davlatlar yoki joylardagi vaqtinchalik xarajat qilishlaridir (tashrif buyurgan joyda haq to‘lanadigan ish bilan shug‘ullanmasdan).
Turizm atamasi uzoq yillar mobaynida ko‘pgina davlatlarda ishlatilib kelingan. Ushbu so‘z “katta tur” ma'nosidan kelib chiqib va dastlab tanishuv tashrifini anglatgan. Bunday tashrifni XVII-XVIII asrlarda yosh dvoryanlar amalga oshirganlar. Tashrif maqsadi bo‘lib turistlarning boshqa madaniyatlari bilan tanishishlari bo‘lishgan. Asrlar mobaynida turizmning asosiy belgilanishi - bu sayohatchilarning boshqa davlatlar bilan tanishishlari, boshqa xalqlar bilan aloqalarni o‘rnatish hisoblanib kelmoqda.
Turizmning asosiy me'zonlari bo‘lib quydagilar hisoblanadi:
1. Odatiy joylashishdan tashqarida bo‘lgan yashash joyning o‘zgarishi. Turizm sayohatlar xilma-xilligi hisoblanadi va o‘z yashash joylaridan tashqarida bo‘lgan shaxslarni o‘z ichiga oladi.
2. Qisqa vaqt davomidagi insonlarning harakatlanishlari statistika bo‘yicha katta hissani dam olish kuni turizmi egallaydi (2-3 kun) undan keyin katta bo‘lmagan turistik tashriflar (6-7 kun) egalaydi, kichik hissani 8-12 kunlik tashriflar egallaydi.
3. Boshqa joyga kelish unda tashrif joyi doimiy yoki uzoq muddatli bo‘lishi shart emas u mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmasligi lozim. Yana bir sharti shuki, sayohatchilar tashrif joylarida 12 sutkadan ortiq bo‘lmasliklari shart. Bir yildan ortiq ma'lum joyda bo‘lgan shaxslar turizm nuqtai nazaridan doimiy yashashi hisoblanadi va shu sababli turist deb nomlanmaydi.
4. Insonlarni doimiy yashash joylaridan yangi joylarga, davlatlarga turizm maqsadlarida chiqishlari, ish maqsadida o‘z joyidan boshqa joyga harakat qilishlari turizmga ta'luqli bo‘lmaydi.
5. Tashrif buyurgan joydagi manbadan mehnatga haq to‘lash. Ushbu me'zonning mohiyati shundaki, tashrifning asosiy maqsadi tashrif buyurgan manbaadan haq to‘lanadigan faoliyat bo‘lmasligi lozim. Qaysidir davlatga ish maqsadida chiqadigan har qanday shaxs turist emas, balki migrant (muxojir) deb nomlanadi. Bu nafaqat xalqaro turizmga balki davlat miqiyosidagi ichki turizmga ham ta'luqlidir.
Keltirilgan xususiyatlar va me'zonlar tahlili turizmning belgilarini ajratish imkonini beradi, xususan:
- bo‘sh vaqtni o‘tgazish maqsadida ishchan tashrif yoki sayohatlar – bu yashash joyidan tashqariga ish maqsadida harakatlar. Agarda shaharlik fuqoro xarid qilish maqsadida harakatlansa, u turist hisoblanmaydi, chunki u o‘z joyini tark etmagan.
Turizm – bu nafaqat iqtisodiyotning muhim tarmog‘i, balki insonlar hayotining muhim qismidir. U insonning uni o‘rab turgan tashqi muhit bilan munosabatlarini qamrab oladi.
Tegishli ravishda turizm – bu insonlarning o‘zlarining doimiy yashash joylari bo‘lmagan va mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan joylarga tashrifi davomidagi munosabatlar yig‘indisidir.
Undan tashqari turizm – bu iqtisoslashtirilgan turoperatorlik va turagentlik korxonalar va vositachilar (masalan transport kompaniyalari) faoliyatidir.
Xizmatlar tarkibi va xizmat ko‘rsatilayotgan aholi kategoriyalariga bog‘liq holda turizm ichki va xalqaroga bo‘linadi.
Ichki turizm – bu mamlakat fuqorolarining doimiy yashash joylaridan millliy chegaralar doirasida dam olish, tanishish qiziqishlarini qondirish, sport bilan shug‘ullanish va boshqa turistik maqsadlarda vaqtinchalik chiqishidir.
Xalqaro turizm - bu O‘zbekiston hududida chet ellik turistlarga turistik xizmatlar va turistik mahsulotlarni taqdim etish (kiruvchi turizm) va chet-yelda turistik xizmatlar va turistik mahsulotlarni taqdim etish (chiquvchi turizm) bilan bog‘liq bo‘lgan turizm sohasi korxonalarining tizimlashtirilgan va maqsadli yo‘naltirilgan faoliyatidir. Xalqaro turizm davlatlararo shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Mamlakat aholisiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat milliy turizm deb nomlanadi. Tashkil etilish uslubiga ko‘ra rejali va tashabbuskorlik turizmi farqlanadi.
Rejali turizm – turizm tashkilotchilari (turoperatorlar) tomonidan ishlab chiqiladi va sotiladigan turizmning har qanday turlari. Rejali turizm davlat tomonidan qonun va normativ xujjatlar yordamida tartibga solinadi va u turizm industryasining asosini tashkil etadi. Aynan turizmning ushbu turi turli turistik tijorat tashkilotlari va tadbirkorlari faoliyatlarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tashabbuskor turizm ixtiyoriy turistik birlashmalar ittifoqlar va turistik klublar faoliyatiga asoslanadi. Ular turistik faoliyatni tartibga soluvchi o‘z normativ hujjatlarini ishlab chiqardilar, safarlar turistik yig‘inlar va musobaqalar o‘tgazishadilar, turistik adabiyotlar chop etishadilar.
Turizm sohasi dunyo iqtisodiyotining muhim tarkibiy elementi bo‘lib hisoblanadi. U qiyin keng maqsadli iqtisodiy holatdir. Turizm dunyo eksport-import operatsiyalarida va tovarlar va xizmatlar hududiy savdosida, tashqi iqtisodiy aloqalarda qatnashadi.



Yüklə 184,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin