Turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari


Turistik maxsulotning baholanishi, narx belgilashga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə28/94
tarix10.05.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#57063
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

3.3. Turistik maxsulotning baholanishi, narx belgilashga ta’sir qiluvchi omillar
Turistik maxsulotning sotilishida rol o’ynagan eng ahamiyatli omillardan biri maxsulotning narxidir. Turizm marketingida narx asosiy bo’lib eng ta’sir qiluvchi strategik o’zgaruvchanlikdir. Narx omili xususan o’rta tabaqa turistlar tomonidan kuzatilgan hodisadir.

Turizm sektorida turli xizmat va maxsulotlar savdosida narx omili sotib olish omillaridan keyin ikkinchi o’ringa tusha boshladi. Bir mehmonxonaning narxini bilmasdan turib, turist xonani majburan sotib olishga majbur emas. Boshqa arzon mehmonxonaning mijozi ayni vaqtda ma’lumot olishni ham hohlaydi. yetarli ma’lumotni olgandan keyin narx-sifat farqliligini qiladi. Turistik maxsulotni sotish narxining belgilanishi kelgusidagi sotish va foyda olish tartibining tavsiya qilinishiga imkon beradi. Faqat turistik maxsulotning aralash xususiyatda bo’lganligi uchun narxning belgilanishi juda ko’p omillarga bog’liqdir. Turistik maxsulotning narxini belgilash tartibini quyidagicha izohlaymiz:

- Turistik korxonalarda maxsulotlarga narx belgilashdan avval mavjud bozorning tuzilishi va raqobat shartlari o’rganishi lozimligi;

- Turistik maxsulotlar geografik joylashishiga qarab bir-biridan farq qilishi;

- Turizm sohasida bozorning strukturasi, raqobatdosh va monopolistik bozorlar ekanligi;

- Turistik korxonalarda narxlar doimo bir xil bo’lmaydi. Talab ko’p bo’lgan davrlarda narxlar yuqori bo’ladi, talab kam bo’lganda narxlar past bo’ladi.


Turizm sohasida narx belgilashga quyidagi omillar ta’sir qiladi.

1. Tannarx

Ishlab chiqarish tannarxi sotish narxini belgilashda asosiy rol o’ynaydi. Tannarxlar 2 shaklda hisoblanadi: barqaror va o’zgaruvchan. Barqaror tannarxning to’g’ri bir shaklda hisoblanishi oson bo’lgani uchun turistik korxonalardagi o’zgaruvchan tannarxlar ahamiyatli o’rin tutadi va hisoblanishi ham qiyindir.


2. Korxonaning o’rni va joylashgan yeri

Turistik maxsulot joylashgani yerning bozorgacha bo’lgan masofasi, tabiiy va ijtimoiy muhiti, tarixiy va madaniy yaqinligi korxonaning narxlariga ta’sir qilmoqdadir. Samarqand, Buxoro va Xivadagi mehmonxonalar bilan Toshkentdagi mehmonxonalar orasida farqli narxlar qo’llaniladi.


3. Bozordagi raqiblarning narxlari

Bir turistik maxsulotning narxi, bozordagi mavjud bo’lgan o’xshash maxsulot va xizmatlarning narxlariga mos bo’lishi kerak. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning xususiyatiga va farqlariga ko’ra korxonalar bozor narxidan past yoki yuqori narxni tavsiya qiladilar. YAngi bir maxsulotning bozorga ilk kirishida asosan boshqa maxsulotlarnikidan past narx qo’yadilar. Bozor narxidan yuqori bir narx belgilagan korxonalar, maxsulotlarning o’xshash maxsulotlardan farqli sifati va xususiyatlarga ega bo’lishini yaratishga majburdir.


4. Istemolchining xususiyatlari - talabning xususiyatlari

Iste’molchilar turizm xizmatlaridan faqat o’z byudjetlariga mos bo’lgan miqdorda foydalanadilar. Agar narx yuqori bo’lsa u maxsulotlarga bo’lgan talab kamayadi, shu sababli talab belgilangan tartibga kelguncha narxlarni tanishtirish kerakdir. Turizm talabi milliy va xalqaro darajada bo’lmoqdadir. Ba’zan korxonalar narxlarni xalqaro talabiga moslab hosil qilmoqtadirlar.


5. Ishlab chiqarish hajmi

Narx, ishlab chiqarish tannarxlariga, korxonalarning hajmiga, o’lchovlariga bog’liq bo’lib ham turli shakllarda tavsiya qilinadi. Korxonaning to’liqlik nisbatlariga ko’ra tannarxlarni kamaytirish maqsadida, ma’lum bir miqdorda narxlarni tushirish hollari bo’lmoqda. Xususan katta hajmdagi tunash korxonalarida, jami tannarxlarning ostida narx tavsiyasi qilinib korxonaning barqaror chiqimlari ko’riladi.


6. Huquqiy tartiblar

Marketing boshqaruvchilari narx tavsiyasini o’rganar ekanlar, narxning davlat boshqaruv organlarining mavjud qonun va qoidalariga mosligini diqqatga olishlari kerak. Mamlakat iqtisodini va iste’molchilarni hosil qilish maqsadida davlat boshqaruv organlari kerak bo’lgan taqdirda narxlarga aralashmoqda. Narxlarga aralashish har davlatda, asosan davlat, narxlarning turizm sektori tomonidan qo’yilishini ta’minlamoqda. Rivojlangan davlatlarda mehmonxonalar va turistik maxsulotlarning narxini har bir korxonaning o’zi belgilaydi. Agar o’zi belgilamasa, eng kamida boshqaruv va nazorat ostida tutmoqdalar. SHunday qilib rasmiy turizm tashkilotlari, turistik maxsulot tannarxini eng past darajada tutib, keng miqdorda turizm talabini yaratish va turist guruhlarini o’z mintaqasiga jalb qilishni istamoqdalar. Ba’zan davlat ijobiy tomondan narxlarga aralasha oladi. YA’ni davlat boshqaruvchi bo’lib, turizm bozoriga kirib sarmoya ajratadi va narxlarning boshqa korxonalar darajasida tartibli tutilishini tashkil qiladi. Boshqa tomondan davlat marketing jarayonida tannarxlarni pasaytiruvchi tashqi raqobat potentsialini orttiruvchi qoidani qo’llab-quvvatlab narxlarni boshqa davlatlar bilan raqobat qila olishni yaratadi29.


Turistik korxonalarda to’liqlik nisbatlarini oshirish va foyda olishni orttirish maqsadida, korxona ichida vaqt va makonga ko’ra farqli narxlarni qo’llay oladilar. Boshqa tomondan turizm bozoridagi iste’molchi guruhlarning ham farqli xususiyatlarga ega bo’lishlari sababi bilan, korxonalar ishlab chiqarganlari maxsulot va xizmatlarning tamoyilidan o’zgarish qilmasdan narx farqlilashtirilishini yaratadilar.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin