TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
SAMARQAND-BUXORO TURIZM RAYONI Samarqand, Buxoro va qisman Navoiy viloyatlari hududini o’z ichiga oladi. Bu tumanda turizmning rivojlanishi Samarqand va Buxoroning butun dunyoga mashhur me’morchilik obidalariga asoslangan. CHo’lning issiq iqlimini xisobga olgan holda yagona bosh reja asosida bunyod etilgan Navoiy shahri ham ta’limiy ahamiyatga ega. Tumanning geografik joylashuvi turizmni rivojlantirish uchun juda qulaydir. Zarafshon daryosi bo’ylab o’tkazilgan temir yo’l, keng rivojlangan shosse yo’llari tarmogi, Zarafshon orqali unchalik baland bo’lmagan dovonlar va yaxshi so’qmoqlarning mavjudligi tumandan turizm maqsadlarida foydalanishni g’oyatda osonlashtiradi.