Turk” atamasi “Chig‘atoy” atamasi



Yüklə 51,32 Kb.
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü51,32 Kb.
#174961
  1   2   3
O‘zbek tilining tarixiy ildizlari


2-MAVZU: O‘ZBEK XALQI VA TILINING NOMLANISH TARIXI


Reja:

  1. Turk” atamasi

  2. Chig‘atoy” atamasi

  3. Sart” atamasi

  4. O‘zbek” atamasi

Manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbeklar qadimdan mo‘g‘ul, tungus-manjur, koreys, yapon, shuningdek, barcha turkiy tilli xalqlar bilan birgalikda Oltoy tillar oilasiga mansub so‘zlashuvchi xalqlardan biri hisoblanadi. Chunki Oltoy tili dastlab 2 guruhga: tungus-manjur va turk-mo‘g‘ul tillariga, turk-mo‘g‘ul tili esa o‘z ichida yana turk va mo‘g‘ul tillariga ajralib ketadi. O‘zbek tili hozirda o‘z adabiy tiliga ega bo‘lgan 30ga yaqin turkiy tillarning etnik tarkibi va nufuzi jihatidan keng tarqalgan, o‘zining boy adabiy manbalariga ega bo‘lgan til sanaladi.


O‘zbek xalqi o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lib, ilmiy, badiiy adabiyotlarda davrlar mobaynida o‘zbek xalqi va uning tili “turk”, “sart”, “chig‘atoy” hamda “o‘zbek” atamalari bilan nomlanib kelmoqda. Mazkur atamalarning kelib chiqishi, ya’ni etimologiyasi xususida xitoy yilnomalari, qadimgi turk bitiklari, eski turkiy manbalar hamda tarixchi va turkolog olimlarning tadqiqotlarida xarakterli ma’lumotlar keltirilgan. Ayniqsa, Mahmud Koshg‘ariy, Navoiy, Bobur, Bartold, Tolstov, Bernshtam, Vamberi, Radlov, Budagov, Kononov, Blagova, B.Ahmedov, G‘.Abdurahmonov Q.Mahmudov va boshqalarning ilmiy ma’lumotlari diqqatga sazo- vordir.
Dastavval o‘zbek xalqi turk deb yuritilgan. Shuni aytish kerakki, o‘zbeklargina emas, O‘rta va Markaziy Osiyoda yashaydi- gan barcha turkiy xalqlar turk nomi bilan atalgan. Jumladan, qora- qalpoq, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur. Volga bo‘yidagi tatar, boshqird, chuvash, Kavkazdagi ozarbayjon, qumiq kabi xalqlar ham turk deyilgan. Turk atamasi haqida ma’lumotlar Sharq manbalarida VI asrdan uchraydi. V.Bartoldning fikricha, turk atamasi dastlab ijtimoiy-siyosiy, ya’ni qabilalar harbiy uyushmasi ma’nosini anglatgan. Bu fikrni A.Bernshtam va S.Tolstovlar qo‘llab-quvvat- laydi. Agar O‘rxun-Enasoy bitiklaridagi turk atamasini nazarda tut- sak, u qabilalar uyushmasi ma’nosidadir.
Ma’lumki, VI asr o‘rtalaridagi Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi bir-biriga yaqin lahjalarda so‘zlashuvchi qabila va elatlar birlashib, turk xoqonligini barpo etganlar. Ular tarkibiga kirgan qabilalar turklar deb atalgan. O‘rxun-Enasoy bitiktoshlarida bu atama turk bodun - “qora oddiy xalq” va kök (erkin, ozod) türk tarzida qo‘llanilgan. Xitoy yilnomalarida tük-yü - tüg-yü shaklida ishla-tilgan. Xitoyliklarda “r” ishlatilmaydi. U “dubulg‘a” ma’nosini ifodalagan. Shu ma’noda aytish mumkinki, turk nomi askarlarning bosh kiyimiga nisbatan berilganligi ehtimoldan xoli emas. Masalan: qora qalpoqlar, qizilboshlar.
Bartold, Bernshtam hamda Tolstovlar turk so‘zi siyosiy, ijti- moiy, keyinchalik qabilalar uyushmasi nomini bildirgan degan xulosaga kelganlar. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi bilan shug‘ul-lanuvchi olimlar (I.Bichurin, N.Gumilyov va boshqalar)ning fikriga ko‘ra eng qadimgi turkiy tilli xalq Xitoy solnomalarida miloddan avvalgi 1756-yildan boshlab esga olingan bo‘lib, u xalq “xun”. “xunlar” deb atalgan. Ularning tili turkiy bo‘lishiga qaramay, ularning o‘zi ham, boshqa turkiy xalqlar ham u davrda turk deb atalgan. Turk so‘zi etnik (xalq) nom sifatida milodiy V asrdan boshlab uchraydi. V asrning ikkinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyodagi Xun davlati parchalanib ketgan. Lekin shunday bo‘lsa ham, xunlarning uncha katta bo‘lmagan bir toifasi o‘z atrofiga qisman mo‘g‘ul va xitoy muhojirlarini birlashtirib, hech qanday hokimiyat va davlatga bo‘ysunmagan holda ko‘chmanchilik qilib kun kechirgan. O‘sha xun toifasini keyinchalik ularga qo‘shilgan mo‘g‘ullar türk ütü (mo‘g‘ulchada “bo‘ri urug‘i”) deb nom bergan. Xunlarning bir urug‘i o‘zlarini bozqurt deb atagan. Lekin atrofdagi qabilalarga ularning mo‘g‘ulcha nomi ko‘proq ma’qul kelgan. VII asr boshlariga kelib, o‘sha qabilalar uyushmasi son jihatdan ortib va ismida oxirgi ütü qismi tushib qolib, faqat “türk” deb atash odat tusiga kirgan.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” dostonida asar tilini turkcha deb ataydi. “Turk” nomi Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida keng ma’noda hamma turkiy qabilalarga nisbatan va tor ma’noda Sharqiy turklarga nisbatan qo‘llangan. Alisher Navoiy o‘z asarlarida turkiy tilda so‘zlashuvchilarni turk, turkigo‘ylar, atrok nomlari bilan tilga oladi. Turk yurtlarini turk eli, turkiy tilni esa turk (turk tili, turk lafzi, turk alfozi), turkcha, turkcha til deb ataydi: Turk alfozi bila surdum maqol. Ayni paytda, Navoiy bu atamani o‘zbek- larning bobolariga nisbatan qo‘llagan o‘rinlar ham bor:
Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur,
Muayyan turk ulusi xud meningdur.
Ko‘ngul bermish so‘zumga turk jon ham,
Ne yolg‘iz turk, balki turkmon ham.
“Boburnoma”da bu atama o‘zbeklarga nisbatan qo‘llanish barobarida kuchli, qat’iyatli ma’nolarida ham ishlatilgan: eli turkdur; turk va mardona kishi edi. Bobur ularning tilini turkiy deb ataydi.
“Shajarayi turk” asarida Navoiydagi kabi turk etnonimi ham o‘zbek, ham turkiylarga nisbatan qo‘llanishda bo‘lgan, tili esa turkiy nomi ostida qayd etilgan.
V.Radlov urug‘ (VI-VII) nomiga aloqador deydi. G.Vamberi- ning fikricha, turk so‘z “sodda” ma’nosini bildirgan. Qiyoslang, turkona odam, turkona dori. Keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda atamaning ishlatilish doirasi toraygan. Uni Anado‘li turklari o‘zi va tilining nomi sifatida saqlab qoldi.
Hasan Ato Abushiy “Turkiy qavmlar tarixi” kitobida turonliklar va turklar to‘g‘risida quyidagicha fikr yuritiladi: “Avlodi Yofasdin” mo‘g‘ul qiyofali bir odam (Muarrixlar qavlincha Turk) qavm va qabilasi ila Osiyo tog‘lari tegrasi kelub yerlamishlar. Tarix va ilm qiyofa va ilm-as-sina ulomasining taftishi va tahqiqi ila qavmi turoniyadan ushbu qavmlar sanaladilar: Xitoy-Chin, Hinduxitoy-Mochin, Tibet-Onnom xalqlari Yopun qavmi, Quriyo xalqlari Fin urug‘lari, Turk xalqi, Totar va Mang‘ullar, Tunguslar, Buryotlar, Molay urug‘lari qutb-shimol tarifindagi Gipirburi xalqlari, Yo‘l- qog‘ir, G‘ilok, Oyin, Komchadali, Chukut, Quryon, Numulus, Iskumus, Oliyut, Tiling‘ut va g‘ayrlar. Bu ilm ila uzoq vaqt shug‘ullangan va yaqin oshnalanmish nemis ulamosindin Fridrix Mullir qavmi Turoniyadin ellik ikki qavm sanaydir. Ushbunda zikr etilmishlardin ba’zilari yana ko‘p qavmga bo‘linadilar. Masalan, turk urug‘i qavmi (uchun) o‘n yetti urug‘, firqaga bo‘linmishdir. Ushbu qavmlar barchasi forsiylarning Turok atalmish Turkiston sahrosidin sochilmish xalq o‘lduqlari uchun qavmi Turoniya atal- mishdir. Tub o‘rinlari Oltoy qavmlari xalqiningda ko‘bragi O‘g‘ir va yo Uyg‘ur ismindagi qabiladin torqaldig‘i uchun O‘g‘ir Oltoy atalmishdir. Turk urug‘larining ham barcha shubg‘alarinda mang‘ul qiyofati ochiq mushuhada o‘linmishdir. Boshqa qavmlar ila qotish- magan xolis turklar xos mung‘ullardan-da ortiqroq mang‘ul qiyofa tinda tobilmishdir”1. Shu tariqa, turklarning madaniyati, dini, davlat tuzilishi dehqonchililigi savdo va tijorat sanoati, yozuvi, ulardan qolgan yodgorliklar, ularning armiyasi, ilm-ma’rifati va boshqalar to‘g‘risida ham ma’lumot beriladi.
Shunday qilib, turk so‘zining o‘tmishda urug‘, elat, kuchli, qudratli, alohida jangchi guruhi, dubulg‘a, sodda ma’nolari bo‘lgan. Shuningdek, bu ham o‘zbek va boshqa turkiy tilli xalqlarga nisbatan ham qo‘llangan (turkiy, qashqar turkiysi, o‘zbek turkiysi, turkman turkiysi singari).

Yüklə 51,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin