II. bob. Sharqiy va G’arbiy turk xoqonligida davlat boshqaruv tizimi
2.1.Sharqiy turk xoqonligida davlat boshqaruv tizimi
O‘rta Osiyoning Turk xoqonligi tarkibida bo‘lishi o‘sha davr davlatchilik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Avvalo, Turk xoqonligi juda katta hududlardagi turkiy qabilalarning birlashuvi va jipslashuviga keng imkoniyatlar yaratib, O‘rta Osiyodagi ayrim turkiy xalqlar shakllanishiga asos soldi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, avval Turk xoqonligi, keyin esa G‘arbiy turk xoqonligining qudratli va ko‘chmanchilarga xos shiddatli harbiy tashkiloti, Sug‘diylarning bevosita aralashuvi tufayli olib borgan diplomatik siyosati Xitoy, Vizantiya va Eronning O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar davri xalqlari va elatlariga nisbatan olib borayotgan tajovuzkorlik siyosati yo‘liga mustahkam to‘siq qo‘ydi.
Bepoyon dasht va cho’l hududlarida, serhosil va sersuv vohalarda tashkil topgan ulkan davlat birlashmalari kattagina hududlardagi shaharlar, hunarmandchilik, madaniyat, savdo-sotiq va o‘zaro aloqalarning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalaning yana bir eng muhim tomoni shundaki, Turk xoqonligi mavjudligi davr - ko‘chmanchilar madaniyati insoniyat sivilizatsiyasining o‘z yo‘nalishi va jihatlariga ega bo‘lgan o‘ziga xos va betakror tarmog‘i bo‘lib, o‘troq aholi madaniyati bilan aralashib, uyg‘unlashgan madaniyat paydo bo‘lishi davri bo‘ldi.
Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davrlardan buyon yashab, o‘zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko‘plab tarixiy manbalar tasdiq etadi. Mo‘’tabar Xitoy manbalari, mashhur «O‘g‘iznoma», Urxon-enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvohdir. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg‘u, O‘g‘iz, To‘qqiz o‘g‘iz, O‘ttuz tatar, Karluq, Kitan, Tolis, Turk, Uyg‘ur, To‘qri (toharlar), Quriqan, Duba (tuba-tuva)va boshqalar yashardilar.
VI asr boshlarida Oltoyda siyosiy jarayonlar faollashadi. O‘sha paytda hozirgi Mo‘g‘uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. Sharqiy Turkiston, Farg‘ona, Sug‘diyona, Xorazm, Baqtriya, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Eron hududlarida esa eftaliylar hukmronlik qilardi. Manbalarda ta’kidlanishicha Xitoyning shimoliy qismida hukmronlik qiluvchi Vey sulolasi (386-558) xonadonlarining kelib chiqishi ham turkiy tilli xalqlarga borib taqalardi. Shunday qilib, VI asr boshlarida Uzoq Sharqdan Kaspiy dengizgacha bo‘lgan hududlarda hokimiyat tepasida turkiy sulolalar turardi.
VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug‘ining mavqei ko‘tariladi. Ashin urug‘idan Asan va Tuu 460-545 yillarda boshqa urug‘larni o‘zlariga bo‘ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuu o‘g‘li Bumin Tele qabilasini ham bo‘ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jujan xoni qo‘shinlarini engib, ularni o‘ziga bo‘ysundiradi. Bumin 551 yilda yangi davlat – Turk hoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O‘tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug‘i ortib borgan. U ko‘p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili o‘lpon tariqasida yuz bo‘lakdan ipak mato berib turishga majbur bo‘lgan.
2.2. G’arbiy Turk xoqonligida davlat xoqonligida davlat boshqaruv tizimi
563-567 yillar davomida Istami yabg‘u qo‘shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib uning hududlarini, ya’ni hozirgi O‘rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo‘lgan erlarni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O‘rta Osiyo erlarini ishg‘ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Dastlab xoqonlik Eron bilan yaxshi qo‘shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intiladi. Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach,
Eronning turklar bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy dushmanligi ro‘yirost ma’lum bo‘ladi. Buning boisi Eron shohining O‘rta Osiyo hududlariga da’vogarligida edi. Bu esa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab bo‘ladi. Istami qo‘shiqlari Eron shohi Xisrav I ni engadi, Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillasi hajmida tovon to‘lash majburiyatini olishga majbur bo‘ladi. Mug‘anxon va uning avlodlari g‘arbda Qora dengizgacha bo‘lgan hududlarni zabt etib o‘zlariga bo‘ysundiradilar.
Turk xoqonligi 568-569 yillarda o‘sha davrning qudratli davlati-Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intilib, so‘g‘d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u erga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo‘ladi. Shundan so‘ng Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va savdo-tijorat munosabatlarini o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan deyishga asos beradi.
Turk hoqonligida boshqaruv tartiblari haqida gap borganda shuni ta’kidlash kerakki, Turk hoqonlari O‘rta Osiyo hududlariga hukmronlik qilsa-da, biroq o‘zlari bu hududga ko‘chib kelmadilar. Ular Ettisuv va boshqa hududlardagi markaziy qarorgohlarida qolib, bo‘ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va to‘lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko‘rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. Xoqonlik istisno hollardagina o‘lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashardi. Bu narsa ko‘proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik-davlatlar mavjud bo‘lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg‘, Kesh, Nahshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa Samarqand, Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o‘zlariga ancha mustqil bo‘lganlar.
Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo‘lgan. Shu bilan birlikda bu davlat hokimliklari o‘rtasida o‘zaro adovat, kurash, ichki ziddiyatlar to‘xtovsiz bo‘lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti, turmushini nochor ahvolga duchor etgan. 585-586 yillarda Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Unga Obro‘y boshchilik qiladi. Hoqon Qora-cho‘rin qo‘shinlari qo‘zg‘olonni bostirib, qo‘zg‘olonchilarni qattiq jazolaydi.
VII asr ikkinchi yarmida ancha kuchayib ketgan Xitoy O‘rta Osiyo hududlarini ham o‘z qo‘l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670 yilda tibetliklar bosh ko‘tarib, sharqiy Turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan so‘ng va bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, endilikda Xitoy O‘rta Osiyoga bo‘lgan o‘z da’vosidan voz kechib, butun diqqatini Tibetga qaratadi. Bu davrda O‘rta Osiyo hududlarida Turk xoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahaliy hokimliklar o‘rtasidagi ichki ziddiyatlar, er-mulk uchun o‘zaro kurashlar ham sabab bo‘ladi. Bu esa pirovard oqibatda bu hududlarning arab istilochilari tomonidan bosib olinishiga sabab bo‘ldi.
Endi xoqonlik davrida Turonzaminda kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotga nazar tashlar ekanmiz, shu narsa ayon bo‘ladiki, Turk xoqonligining sharqiy erlaridan farqli o‘laroq bu hududda aholining ijtimoiyiqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan. Gap shundaki, sharqiy hududlarda yashagan ko‘pchilik ko‘chmanchi turklarda urug‘-qabilachilik munosbatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan. Urug‘-qabilaning nomdor vakillari «beklar» deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodaganlar kengashi – «Qurultoy» boshqargan. Katta patriarxal oilalar-xo‘jaliklarning boshliqlari «Kadxudolar» deb atalgan. O‘rta Osiyo erlarida esa bu davrda dehqonchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. O‘lkaning Farg‘ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko‘plab suv ayirg‘ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan. Farg‘ona va Sug‘dda aholining bir qismi tog‘-kon ishlari bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Bu erlarda oltin, mis, temir eritish, ulardan kerakli asbob-anjomlar ishlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek Iloqda qo‘rg‘oshin, kumush, Shaxrisabzda esa qizil tuz qazib olingan.
Xoqonlik davrida shaharlar hayoti xiyla rivoj topgan. Xitoy manbalarida tilga olingan Xorazm, Farg‘ona, So‘g‘d, Chu vodiysidagi shaharlar; shuningdek Tuproqqal’a, Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Toshkent, Isfara, Qubo (Quva), Koson va boshqalar o‘sha davrning hunarmandchilik va savdo-sotiq tarmoqlari gurkirab rivojlangan shaharlari bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘li bu shaharlarning xalqaro savdoda faol ishtirok etishini ta’minlagan. O‘rta Osiyolik qo‘li gul hunarmandlar, to‘quvchilar, zargarlar, miskaru temirchilar, ko‘nchiyu qurolsozlar ishlab chiqargan nafis, xaridorgir buyumlar, asbob-anjomlar dunyoning turli nuqtalariga yuborilgan. Mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan rangli shishalar, qimmatbaho qog‘ozlar, zotdor otlarga xalqaro miqyosida talab katta bo‘lgan. Bu davrning o‘ziga xos muhim o‘zgarishlaridan yana biri-bu O‘rta Osiyo kulolchiligi hunarining yuksak san’at darajasida rivojlanganligidir.
Bu davrda ham yurtimizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yangi-yangi betimsol namunalari yaratildi. Turli olimlar mutaxassislar baxsiga sabab bo‘lgan Turk-ruin, Urxon-Enasoy yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga xoqon yodnomasi va shu singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatning qadimiyligi va rangbarangligiga guvohlik beradi. 1970 yilda Almati yaqinidagi «Issiq» degan joydan topilgan va fanga «Issiq yozuvi» nomi bilan kirgan turkiy yozuv ham bizning yozuv tariximizga oid qarashlarimizni yanada boyitadi. Endilikda topilgan noyob ashyoi dalillar asosida turkiy yozuvning tarixi miloddan avvalgi II-I asrlarga borib tutashishi ma’lum bo‘ldi.
Turonzaminda turkiy yozuv bilan bir qatorda so‘g‘d va xorazm yozuvlari ham keng qo‘llanilgan. So‘g‘d yozuvi 22 ta belgidan iborat bo‘lib, chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Shaharlarda so‘g‘d-turk ikki tilliligi rasmiy odat bo‘lganligi haqida Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lug‘atit turk» (XI asr) asarida qayd etib o‘tgan. Bu yozuvlarda ulug‘ ajdodlarimizning katta tarixi, boy madaniyatiga oid mislsiz ma’lumotlar aks etgan. Yana shu narsa diqqatga sazovorki, o‘sha davrlarda ulug‘ ajdodlarimiz o‘z navqiron nasllari to‘g‘risida ham muttasil qayg‘urganlar. Shu boisdan o‘smir 5 yoshga to‘lishi bilan uni ilm olishga yo‘llab, dastavval, xatsavdo va hisob-kitobni o‘rganishga jalb etganlar. Bola o‘smir-balog‘at yoshiga etkach esa uni dunyo tanish, savdo-tijorat ishlarini o‘rganish uchun xorijiy ellarga yuborganlar.
Turk xoqonligida yashagan xalqlarning diniy tasavvurlari ham turlicha bo‘lgan, ko‘p xudolilik xukm surgan. Bu esa ularda turli xil osmoniy va er jismlarigaquyosh, oy, er-suv, hayvonlar va boshqa narsalarga sig‘inishlikni keltirib chiqargan. Osmon xudosi Tangri turk qavmlarining eng oliy xudosi hisoblangan. Hozirda «Tangri» iborasi Alloh nomiga nisbat sifatida qo‘llaniladi.
O‘rta Osiyo xalqlari orasida zardushtiylik dini bilan bir qatorda ko‘pgina joylarda buddizm, monizm yoki xristianlik dinlariga e’tiqod qilishlik keng yoyilgan. Bu narsa qadimgi ajdodlarimizning tor, biqiq holda hayot kechirmasdan balki, boshqa ko‘plab qavmlar, elatlar bilan bog‘lanib, aralashib, ma’naviy jihatdan yaqinlashib hayot kechirganliklaridan dalolat beradi. O‘rta Osiyo xalqlari orasida tasviriy san’at o‘ziga xos uslubda rivojlangan. Jumladan, Varaxsha xarobalaridan topilgan saroy binolari devorlari, peshtoqlariga bitilgan rang-barang, bir-biridan nafis va jozibador rasm-suratlarni (qurollangan yoxud ov qilayotgan jangchi askarlar, oq fillar, tuyalar, otlar va boshqa xil hayvonlar, parrandayu darrandalar v.x.z.) ko‘zdan kechirar ekanmiz, bunda ajdodlarimizning noyob iste’dodi va aqlzakovatiga tan beramiz va o‘zimizda g‘urur tuyamiz.
1354-yilda turklar zilzila natijasida mudofaa istehkomlari vayron boʻlgan Gelibolu (tur. Gelibolu) shahrini osonlik bilan egalladi. 1356 yilda Oʻrxonning oʻgʻli Sulaymon boshchiligidagi qoʻshin Dardaneldan oʻtdi. Bir qancha shaharlarni, jumladan, Dzorillos (tur. Chorlu)ni qo‘lga kiritgan Sulaymon qo‘shinlari Adrianopol (gastrol. Edirne) tomon harakatlana boshladilar, ehtimol bu yurishning asosiy maqsadi edi. Biroq, taxminan 1357 yilda Sulaymon barcha rejalarini amalga oshirmasdan vafot etdi.
Ko'p o'tmay, O'rxonning yana bir o'g'li - Murod boshchiligida Turkiyaning Bolqondagi harbiy operatsiyalari qayta boshlandi. O‘rxon vafotidan so‘ng, Murod hukmdor bo‘lgach, turklar Adrianopolni olishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu, turli manbalarga ko'ra, 1361-1363 yillar oralig'ida sodir bo'lgan. Bu shaharning qo'lga olinishi nisbatan oddiy harbiy operatsiya bo'lib chiqdi, blokada va uzoq davom etgan qamal bilan birga bo'lmagan. Turklar Adrianopolning chekkasida vizantiyaliklarni mag'lub etishdi va shahar deyarli himoyasiz qoldi. 1365 yilda Murod qarorgohini Bursadan bir muddat bu yerga ko‘chirdi.
Murod sultonlik unvonini oldi va Murod I nomi bilan tarixga kirdi. Qohirada bo‘lgan Abbosiy xalifasi hokimiyatiga tayanmoqchi bo‘lgan Murodning vorisi Boyazid I (1389-1402) unga Rum sultoni unvonini tan olishni so‘rab maktub yuboradi. Biroz vaqt o'tgach, Sulton Mehmed I (1403-1421) musulmonlar uchun bu muqaddas shaharda sultonlik unvoniga bo'lgan huquqlarini sheriflar tomonidan tan olinishini so'rab, Makkaga pul jo'natishni boshladi.
Shunday qilib, bir yuz ellik yildan kamroq vaqt ichida kichik beylik Erto‘g‘rul keng va ancha kuchli harbiy davlatga aylandi.
Yosh Usmonli davlati o'z taraqqiyotining dastlabki bosqichida qanday edi? Uning hududi allaqachon Kichik Osiyoning butun shimoli-g'arbiy qismini qamrab olgan bo'lib, Qora va Marmara dengizlari suvlarigacha cho'zilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy institutlar shakllana boshladi.
Usmon davrida uning beyligida haligacha qabila hayotiga xos boʻlgan ijtimoiy munosabatlar hukmron edi, bu vaqtda beylik boshligʻining hokimiyati qabila elitasining yordamiga asoslangan boʻlib, uning harbiy tuzilmalari agressiv harakatlarni amalga oshirgan. Usmonli davlat institutlarining shakllanishida musulmon ruhoniylari muhim rol o‘ynagan. Musulmon ilohiyotshunoslari, ulamolari ko'plab boshqaruv funktsiyalarini bajardilar, ularning qo'lida adolatni amalga oshirish edi. Usmon Mavleviylar va Bektoshilar darveshliklari, shuningdek, Kichik Osiyo shaharlarining hunarmandchilik qatlamlarida katta taʼsirga ega boʻlgan ahilar diniy birodarligi bilan mustahkam aloqalar oʻrnatgan. Ulamoga, darvesh tariqati va ahiylarga tayangan Usmon va uning vorislari nafaqat oʻz kuchlarini mustahkamladilar, balki musulmonlarning jihod, “iymon uchun kurash” shiori bilan bosqinchilik yurishlarini asoslab berdilar.
Qabilasi yarim ko'chmanchi turmush tarzini olib borgan Usmon hali ot podalari va qo'y podalaridan boshqa hech narsaga ega emas edi. Ammo u yangi hududlarni egallashni boshlaganida, xizmat uchun mukofot sifatida erlarni o'zining yaqin sheriklariga taqsimlash tizimi paydo bo'ldi. Bu mukofotlar timarlar deb atalgan. Turk yilnomalarida Usmonning mukofotlar shartlari haqidagi farmonida shunday deyilgan:
“Birovga berayotgan Timar, sababsiz olib qolmasin. Agar men timar bergan kishi vafot etsa, o‘g‘liga bersinlar. Agar o'g'il kichkina bo'lsa, unda baribir, urush paytida uning xizmatkorlari o'zi sog'lom bo'lgunga qadar yurishlariga ruxsat bering. O‘ziga xos harbiy fief tuzumi bo‘lgan va oxir-oqibat Usmonlilar davlati ijtimoiy tuzilishining asosiga aylangan timar tuzumining mohiyati shundan iborat.
Timar tizimi oʻzining yakuniy shaklini yangi davlat mavjudligining birinchi asrida oldi. Timarlarni berishning oliy huquqi sultonning imtiyozi edi, ammo 15-asrning o'rtalaridan boshlab. Timarlar ham bir qancha oliy kishilarga shikoyat qildilar. Askar va sarkardalarga yer uchastkalari shartli mulk sifatida berilgan. Muayyan harbiy vazifalarni bajarish sharti bilan, timar sohiblari, timoriylar ularni avloddan-avlodga o'tkazishlari mumkin edi. Shunisi e'tiborga loyiqki, Timariylar, aslida, xazina mulki bo'lgan erlarga emas, balki ulardan keladigan daromadlarga ega edilar. Ushbu daromadlarga qarab, bunday turdagi mulklar ikki toifaga bo'lingan - yiliga 20 ming akcegacha bo'lgan timarlar va zeamets - 20 dan 100 ming akcegacha. Ushbu summalarning haqiqiy qiymatini quyidagi raqamlar bilan solishtirish mumkin: XV asrning o'rtalarida. Usmonli davlatining Bolqon viloyatlarida bir shaharlik xonadondan o'rtacha daromad 100 dan 200 akçegacha bo'lgan; 1460 yilda Bursada 1 akce uchun 7 kilogramm un sotib olish mumkin edi. Timariylar timsolida birinchi turk sultonlari o'z kuchlari uchun kuchli va ishonchli tayanch - harbiy va ijtimoiy-siyosiy tayanch yaratishga intilishgan.
Nisbatan qisqa tarixiy davrda yangi davlat hukmdorlari katta moddiy boyliklar sohibiga aylandilar. Hatto O'rxon davrida ham beylik hukmdorining navbatdagi yirtqich bosqinini ta'minlashga imkoni yo'q edi. O‘rta asr turkiy yilnomachisi Husayn, masalan, O‘rxon Vizantiyaning asirlikdagi oliy mansabdor shaxsini shu yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullar bilan qo‘shin jihozlash va uni o‘sha shaharga yuborish uchun Nikomediya arxoniga sotib yuborgani haqidagi voqeani keltiradi. Ammo Murod I davrida rasm keskin o'zgardi. Sulton qo'shinni saqlashi, saroylar va masjidlar qurishi, bayramlar va elchilarni qabul qilish uchun ko'p pul sarflashi mumkin edi. Bu o‘zgarishning sababi oddiy edi – Murod I hukmronligi davridan boshlab harbiy o‘ljaning beshdan bir qismini, jumladan, asirlarni ham xazinaga ushlab qolish qonunga aylandi. Bolqondagi harbiy yurishlar Usmoiylar davlatining birinchi daromad manbaiga aylandi. Bosib olingan xalqlarning o'ljalari va harbiy o'ljalari uning xazinasini doimiy ravishda to'ldirib bordi va bosib olingan hududlar aholisining mehnati asta-sekin Usmonli davlatlarining zodagonlari - ulug' zotlari va lashkarboshilari, ruhoniylari va beklarini boyita boshladi.
Birinchi sultonlar davrida Usmonlilar davlatining boshqaruv tizimi shakllana boshladi. Agar O‘rxon davrida harbiy ishlar uning yaqin safdoshlari orasidan harbiy boshliqlar ichida hal qilinsa, ularning munozaralarida uning o‘rinbosarlari vazirlari – vazirlar ishtirok eta boshladilar. Agar O‘rxon o‘z mulkini eng yaqin qarindoshlari yoki ulamolari yordamida boshqargan bo‘lsa, Murod I vazirlar orasidan barcha ishlarni – fuqarolik va harbiy ishlarni boshqarish ishonib topshirilgan shaxsni ajratib ko‘rsata boshladi. Shu tariqa asrlar davomida Usmonlilar ma’muriyatining markaziy figurasi bo‘lib qolgan amir vazirlik instituti paydo bo‘ldi. Oliy maslahat organi sifatida Murod I vorislari davridagi davlatning umumiy ishlarini amir, harbiy, moliya va sud idoralari boshliqlari, oliy musulmon ruhoniylari vakillaridan iborat Sulton kengashi boshqargan.
Murod I davrida Usmonli moliya boshqarmasi oʻzining dastlabki rasmiylashtirilishini oldi. Shu bilan birga, xazinaning asrlar davomida saqlanib qolgan Sultonning shaxsiy xazinasiga va davlat xazinasiga boʻlinishi vujudga keldi. Ma'muriy bo'linish ham mavjud edi. Usmonlilar davlati sanjakka boʻlingan. "Sanjak" so'zi tarjimada "bayroq" ma'nosini bildiradi, go'yo sanjak hukmdorlari, sanjak-beylar joylarda fuqarolik va harbiy hokimiyatni ifodalaganini eslatadi. Sud tizimiga kelsak, u butunlay ulamolar tasarrufida edi.
Bosqinchi urushlar natijasida rivojlanib, kengayib borayotgan davlat kuchli armiya yaratishga alohida e’tibor qaratdi. Allaqachon O‘rxon davrida bu yo‘nalishdagi dastlabki muhim qadamlar qo‘yildi. Piyoda qo'shin yaratildi - yay. Yigʻilishlarda qatnashgan davrda piyoda askarlar maosh olib, tinch davrda soliqlardan ozod boʻlgan holda yerlarini dehqonchilik qilib yashaganlar. O'rxon davrida birinchi muntazam otliq qo'shinlar - midiya yaratildi. Murod I davrida armiya dehqon piyoda qoʻshinlari tomonidan mustahkamlandi. Militsionerlar, Azaps, faqat urush davomida ishga olingan va jangovar harakatlar davrida ham maosh olgan. Usmonlilar davlati rivojlanishining dastlabki bosqichida piyoda qo'shinlarning asosiy qismini azaplar tashkil etgan. Murod I davrida yangichalar korpusi ham shakllana boshladi («yeni cheri» - «yangi qo'shin» dan), keyinchalik turk piyodalarining zarba kuchi va turk sultonlarining o'ziga xos shaxsiy qo'riqchisiga aylandi. Bu nasroniy oilalardan bo'lgan o'g'il bolalarni majburiy yollash bilan yakunlandi. Ular islom dinini qabul qilib, maxsus harbiy bilim yurtida ta’lim oldilar. Yangisariylar sultonning oʻziga boʻysunib, xazinadan maosh olib, boshidanoq turk qoʻshinining imtiyozli qismiga aylangan; yangichalar korpusi qo'mondoni davlatning oliy mansabdor shaxslaridan biri edi. Biroz vaqt o'tgach, yangichi piyoda qo'shinlari sipohiylarning otliq bo'linmalarini tuzdilar, ular ham to'g'ridan-to'g'ri Sultonga bo'ysunib, maosh oladilar. Bu harbiy tuzilmalarning barchasi sultonlar bosqinchilik amaliyotlarini tobora kengaytirib borayotgan bir paytda turk qo‘shinining barqaror muvaffaqiyatini ta’minladi. Bu nasroniy oilalardan bo'lgan o'g'il bolalarni majburiy yollash bilan yakunlandi. Ular islom dinini qabul qilib, maxsus harbiy bilim yurtida ta’lim oldilar. Yangisariylar sultonning oʻziga boʻysunib, xazinadan maosh olib, boshidanoq turk qoʻshinining imtiyozli qismiga aylangan; yangichalar korpusi qo'mondoni davlatning oliy mansabdor shaxslaridan biri edi.
Xulosa
Turk xoqonligida davlatning oliy hukmdori “xoqon” unvoniga ega bo‘lgan. Xitoy manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, turkiylar xonni taxtga o‘tqazishda maxsus marosim o‘tkazishgan. Ya’ni, amaldorlar bo‘lajak xonni kigizga o‘tqazib, quyosh yurishi bo’ylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar esa uni qutlab va ulug‘lab turganlar. So‘ngra xonni otga o‘tqazib, bo‘yniga ipak mato bog‘laganlar va undan “Siz necha yil xon bo‘lmoqchisiz?” deb so‘raganlar. U necha yil xon bo‘lishini aytgan va shu muddat tugagach taxtdan ketgan.
Qadimgi turkiy afsonalarda berilishicha, turklarning tasavvuriga ko‘ra, davlatchilikning markazi, davlatni o‘z qo‘lida birlashtiruvchi shaxs xoqon hisoblangan. Boshqaruvda xoqonlarning hukmron sulolasi asosiy bo‘lib u uchta kuch - osmon (tangri), yer-suvning kuch va irodasi hamda turk xalqining yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi.
Xoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor “Yabg‘u” (Bahodir) bo‘lib, u bosh sarkarda hisoblangan. Ammo, yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmas edi. Turk xoqonligi taxtiga vorislik tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bo‘lgan uluslarga bo‘linish tizimiga asoslanib belgilanar edi. Ushbu tizimga ko‘ra taxt aksariyat hollarda otadan o‘g‘ilga emas, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxo‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar to taxtga o‘tirgunlariga qadar o‘zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar. O‘rta Osiyodagi mahalliy hokimlarning faoliyatini nazorat qiluvchi amaldor, xoqonning nazoratchisi -“tudun” deb atalgan. Turk hoqonligi konfederativ davlat bo‘lgan. Turkiylar o‘z yurti va davlatini “el” deb atashgan. Birinchi turk xoqoni Buminxon elxon unvoniga ega bo‘lganligi bejiz emas.
Xoqonlik tarkibidagi ko‘plab qabila va elatlarni birlashtirish va boshqarib turish, ulardan ma’lum miqdordagi soliqlar va o‘lponlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish maqsadida xoqonlikda maxsus ma’muriy va harbiy-siyosiy boshqaruv tizimi joriy etilgan edi.
Davlatni boshqarishda xoqonga uning yaqin qarindoshlari, eng avvalo, hukmron sulola a’zolari va ular tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi. Qadimgi turkiy bitiklarga ko’ra u 4 ga bo’lingan: qarindoshlar; xoqonga ittifoqdosh bo’lgan qabila va xalqlar; xoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi amaldorlar va ma’muriy xodimlar, xoqonning chap tomonidan joy olgan amaldorlar va ma’muriy xodimlar98. Xoqonning qarindoshlari- o’g’illari, amakisi, jiyanlari va og’a-inilariga tegin unvoni berilgan. Xitoy manbalarining ma’lumot berishicha, qadimgi turk davlatidagi mansablarning asosiy shtati 28 ta bo’lgan, bunda ularning faqat 5 tasi oliy mansabdor hisoblangan: Exu (yabg’u), She (shad), Dele (teginlar), Silifa (eltabarlar) va Tutunfa (tudunlar). Qolgan 23 kichik amaldorlardan iborat bo’lgan. Barcha mansablar meros qilib qoldirilar edi.
Turk xoqonligi davlatining asosini yer bilan birga xalq tashkil etar edi. O‘z davrida O‘rta Osiyoda davlatchilikning mustaqil va an’anaviy shakllarini rivojlantirgan turkiylar davlati mavjud jamiyatning muayyan ijtimoiy tuzilmalariga va qadimgi turklarning davlat tomonidan tashkil etilgan hamda nazorat qilinadigan xo‘jalik faoliyatiga tayanar edi. Tarixiy adabiyotlarda berilishicha, bu faoliyatning asosini ko‘chmanchi chorvachilik tashkil etgan. Chorvador turklarda urug‘-qabilachilik an’analari nihoyatda kuchli bo‘lib, qabila va urug jamoalarining asosi katta oilalardan iborat bo‘lgan. Ko‘chmanchi chorvadorlar xalq ommasini turklar “budun” yoki “qora budun” deb atashgan.
Dostları ilə paylaş: |