Turkiston-Rossiya o'quv qo'llanma doc



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix04.10.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#152062
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Turkiston va Rossiya munosabatlari tarixi manbashunosligi

Tayanch so`zlar
Raim, Kopal, Oqmachit, Verniy, harbiy istehkomlar, Turkiston 
istilosi, Turkiston viloyati, M.G.Chernyayev, “Harbiy xalq boshqaruvi”, 
qozilik sudlari, biylik sudlari, Turkiston general-gubernatorligi, harbiy 
zobitlar, K.P. fon Kaufman, viloyat, uyezd, volost, uchastka, ovul, 
Yettisuv, Sirdaryo, Kaspiyorti, Farg’ona, Samarqand, boj tizimi. 
Nazorat savollari
1.
Turkiston xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib 
olinishi jarayonini aytib bering. 
2.
Harbiy-ma`muriy mustamlaka boshqaruv tizimi deganda nimani 
tushunasiz?
3.
K.P. fon Kaufman tomonidan ishlab chiqilgan “Harbiy xalq 
boshqaruvi” haqida nimalarni bilasiz? 
4.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistondagi sud 
tizimi qanday tartibda amalga oshirilgan? 
5.
“Turkiston o`lkasini boshqarish to`g’risidagi” Nizom va uning 
tarkibiy tuzilishi, o`lka boshqaruvidagi ahamiyati haqida gapiring. 
6.
Turkistonda mustamlakachilar tomonidan mahalliy aholi haq-
huquqlari va milliy qadriyatlarining poymol qilinishi qanday 
oqibatlarga olib kelgan?
7.
Mustamlaka Turkistonda boj tizimi haqida gapirib bering?


83 
5-MAVZU: ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONGA 
AHOLINI KO`CHIRISH SIYOSATI 
Reja 
1.
 
Rossiyadan Turkistonga aholini ko`chirish jarayoni va uning 
sabablari. 
2.
 
Rossiyadan ko`chirib kelingan aholining Turkistonda joylashuvi 
va turmush tarzi.
 
1. Rossiyadan Turkistonga aholini ko`chirish jarayoni va uning 
sabablari.
Rossiya imperiyasi uchun mazkur mintaqani bosib olishdagi 
siyosiy va harbiy maqsadlar ustun bo`lganligi 1866- yildayoq imperiya 
kansleri A.M. Gorchakovga Orenburg general-gubernatori yozgan mak-
tubda, keyinchalik esa imperiyaning ko`plab yuqori martabali amaldor-
lari tomonidan yozilgan hisobotlarda ham alohida ta`kidlangan edi. 
Masalan, senator graf K.K. Palen bunday deb yozgandi: “Agar 
Turkistonni bosib olishda ahamiyatli bo`lgan siyosiy tusdagi sabablarni 
hisobga olmasak, ushbu o`lka Rossiya imperiyasiga qo`shib olingan ilk 
kunlardan boshlaboq rus hukumatida ikki yoqlama: 1) moliyaviy siyosat 
nuqtai nazaridan davlat daromadlari manbai sifatida hamda yangi bozor 
sifatida; 2) mustamlakachilik siyosati nuqtai nazaridan guberniyalardagi 
ortiqcha aholini ko`chirish uchun yangi hudud sifatida qiziqish 
uyg’otadi”. 
Rossiya imperiyasining siyosiy va harbiy namoyondalari rus 
aholisining bir qismini Turkistonga ko`chirishdan ko`zlagan bosh maq-
sadi: 
1.
Mustamlaka hududida Rossiyaning harbiy-siyosiy hukmron-
ligini o`rnatish. 
2.
Mustamlaka hududda Rossiya imperiyasi manfaatlariga xiz-
mat qiladigan, ishonchli qatlamiga ega bo`lish. 
3.
Mustamlaka hududda rus armiyasi va boshqaruv tizimi 
tayanchini tashkil qilish. 
4.
Metropoliya manfaatlariga zid hatti-harakatlarda bo`lgan taq-
dirda yerli xalqqa qarshi kuchlar zahirasini yaratish edi. 
Rossiya manfaatlari himoyasida yangi Xitoy, Afg’oniston, Eron 
chegaraviy davlatlar bilan nazorat hamda mustamlaka tabiiy boyliklarini 
o`zlashtirish edi. 
Imperiya hukumatining va mustamlaka ma`muriyatining aholini 
ko`chirish siyosati bilan Rossiyaning Orenburg guberniyalaridagi aholi 
ko`payib ketishi “muammosi”ning o`zaro aloqadorligini asoslash uchun 


84 
siyosatchilar, ba`zan tadqiqotchilar keltirgan dalil isbotlar orasida 
metropoliya bilan mustamlakalar, shu jumladan, Turkiston hududlari 
tutashligi, imperiya aholisi uning jami mustamlakalari aholisidan ham 
ancha ortiqligi ko`rsatilgan. Aslida, ko`proq bahonaga o`xshaydigan 
birinchi dalil ancha ishonarli bo`lib ko`rinadi. Chunonchi, agar Rossiya 
imperiyasining o`z aholisi uning mustamlakalari imperiyaga bo`ysinuv-
chi Polsha va Finlyandiya aholisidan 4 baravar ko`p bo`lgan bo`lsa, u 
holda, masalan, Fransiya mustamlakalari aholisining soni metropoliya 
aholisi sonidan 1,5 baravar ko`proq edi. Buyuk Britaniya mustamlakalari 
aholisi soni metropoliya aholisidan 9 baravar ko`p edi. Rossiyada faqat 
Markaziy sanoat, Janubiy kon-sanoat, Peterburg va Boltiqbo`yi 
mintaqalarida aholi zich edi. Asosan deqonchilik bilan shug’ullanadigan 
guberniyalarda esa aholi juda kam bo`lgan.
Rossiya imperiyasi hukumati Turkistonga va Dasht o`lkasiga met-
ropoliyadan xristian aholini ko`chirib, joylashtirish borasidagi buyuk 
davlatchilik - shovinistik amaliyotini oqlashga, asoslashga harakat qilib, 
XIX asr oxirida 5 guberniyada 12 million ortiqcha aholi mavjud 
ekanligini e`lon qildi. Vaholanki, hukumat metropoliya aholisini impe-
riyaga qaram bo`lgan Polshaga ham, Finlyandiyaga ham ommaviy 
ravishda ko`chirish tadbirlarini amalga oshirmagan edi. Bu shu bilan 
izohlanadiki, avvalo, Polsha va Finlyandiyaning maqomi butunlay 
boshqacha edi; ikkinchidan, imperiyaning hukmron doiralari Rossiya 
imperiyasiga qaram bu hududlarni uzoq vaqt qo`lda tutib tura olmas-
liklarini tushunsalarda, tan olgilari kelmasdi. Kavkaz, Turkiston va 
Dasht o`lkasi esa abadul-abad bosib olingan, deb tasavvur etilardi. 
Turkiston o`lkasiga aholini ko`chirish amaliyotining o`ziga xosligi, 
o`lkani harbiy-ma`muriy boshqarish tizimi imperiya hukmron doiralari 
o`z mustamlakalariga, ayniqsa, Turkistonga, Rossiyaning pravoslav, 
ba`zan esa, nasroniy dinidagi aholisining bir qismini ko`chirib keltirish 
choralarini, eng avvalo, harbiy-siyosiy strategik manfaatlardan kelib 
chiqib ishlab chiqqanliklari ham yana bir isboti bo`ladi. Yana shuni 
ta`kidlab o`tish lozimki, rus o`lkasi imperiya Ichki ishlar vazirligi 
ixtiyoriga berilgan edi, Turkiston general-gubernatorligi eca doimo 
Harbiy vazirlik ixtiyorida bo`lgan. 
Lekin Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya 
davlatlari Rossiya imperiyasidan farqli ravishda, o`z aholisining bir 
qismini ko`chirish amaliyotini qo`llamay, u yerlarda harbiy, politsiya 
bo`linmalarini saqlab turish, tegishli boshqaruv va sud organlarini, 
nasroniy missionerlik muassasalarini tuzish bilan cheklanganlar. Ammo 


85 
Rossiya imperiyasi hukumati shunday choralar bilan bir qatorda, 
Turkistondagi hukmronligining qaltisligini anglagani holda, o`lkaga o`z 
aholisining bir qismini izchillik bilan ko`chirishga harakat qilib, 
ko`chishni istovchilar orasidan ko`chiriladiganlarni saralab olishga 
e`tibor bergan. Shu sababli o`lkaning birinchi general-gubernatori K.P. 
fon Kaufman o`lkaga Ukraina mintaqalaridan kazaklarni ko`chirib kelti-
rilishiga norozilik bildirgan va asosan rus qishloq aholisini ko`chirib 
keltirishni talab qilgan. 
Bu davrga ko`chiruvchilik harakatining betartibligi, o`zini g’olib 
hisoblagan ko`chib kelayotganlarning tub aholiga, ayniqsa, qishloq 
aholisiga nisbatan bedodlik, ularning aksariyat ko`pchiligi shaharlarda 
hamda rus garnizonlari, istehkomlari atrofida joylashganliklari bilan 
xarakterlidir. Ustiga-ustak bedodlik rus askarlari va zobitlarining g’oyat 
faol ishtiroki bilan amalga oshirilgandi. Ko`chuvchilarning turli 
guberniyalardan chiqishi va Turkistonning qaysi joylarida o`rnashib 
qolishi hali yaxshi nazorat qilinmas va boshqarilmas edi. Bu eng avvalo, 
ushbu bosqichda bosib olingan barcha hududlarda mustamlakachi 
harbiy-ma`muriy boshqaruv organlarining hali tuzilmagani bilan 
izohlanadi. 
Harbiy-siyosiy muvaffaqiyatlariga tayangan holda, kelajakda 
Turkiston va Buxoro amirligi, Xiva xonligi bozorlaridan, tabiiy 
boyliklaridan, tub aholining arzon mehnatidan imperiya manfaatlarida 
foydalanishni vaziyat taqozo qilsa, askarlarni, qurol-aslahalarni tez va 
ko`plab yetkazishni ko`zlab Rossiya imperiyasi hukumati mintaqada 
temir yo`l o`tkazish ishlarini 7-8 yil mobaynida amalga oshirdi. 
Natijada, 1887- yilda Krasnovodsk-Ashxabod-Qizil Arvot temir yo`li 
Samarqandgacha yetkazildi. Bu yo`lga Kaspiyorti harbiy temir yo`li 
nomi berilgani aslida uning asosiy vazifasi mohiyatini ko`rsatar edi. 
Mazkur temir yo`l Rossiya imperiyasi Harbiy vazirligining rejalarida 
juda muhim hisoblanganligini quyidagi xujjatlardan ham anglash 
mumkin. Xususan, Turkiston general-gubernatori tomonidan 1888- yil 
23- iyulda “Chorjo`y va Buxoro temir yo`l stansiyalari yaqinidagi 
xo`jaliklarni boshqarish va poseleniyelarni obodonlashtirish qoidalari” 
tasdiqlanib, bu qoidalarga binoan, birinchidan, Chorjo`y temir yo`l 
stansiyasida va uning atrofidagi hududlarda boshqaruv va nazorati 
Chorjo’y harbiy boshlig’i zimmasiga, Buxoro temir yo`l stansiyasida va 
uning yaqinidagi poseleniyelarida esa bu vazifalar Rossiya imperiya-
sining bu yerdagi siyosiy agentligiga yuklatildi; ikkinchidan, mazkur 


86 
stansiyalarda va ularning yaqinida mahalliy aholi yashashi hamda 
bevosita temir yo`lda ishlashi mumkin emas edi. 
Turkistonni bosib olish borasida rus qo`shinlari ketidan Sibir va 
Uraldan kazaklar ko`chirilib, Yettisuvning va Issiqko`l havzasining 
Xitoy bilan chegaradosh hududlariga joylashtirildi. Shuning uchun ham 
Turkiston viloyati tashkil qilinishidan ilgari kazaklar bu hududlarda 14 
stanitsani
8
barpo etishdi hamda Yettisuv kazaklarining qo`shinini 
shakllantirish faol olib borildi. G’apbiy Sibir general-gubernatori 
Dyugamel 1864- yilda “Yangi bosib olingan Chuorti o`lkasida rus 
poseleniyelarini joriy qilish zaruriyati haqida”gi loyihani imperiya 
hukumatiga taqdim etib, bu yerga ko`chishga rozi bo`lgan rus 
dehqonlarini keltirishni taklif qilgan edi. Biroq u vaqtda yangi 
hududlarni zabt etish va Rossiya imperiyasining harbiy hukmronligini 
mustahkamlash maqsadlari ustuvor bo`lgani sababli imperiya Harbiy 
vaziri Dyugamelning taklifini rad etib, Chuorti o`lkasida faqat Sibir yoki 
Orenburg qo`shinining kazaklarini joylashtirishni afzal ko`rdi. Shuning 
uchun 1867- yilgacha, ya`ni Turkiston general-gubernatorligi tashkil 
etilguncha, bo`lajak Yettisuv viloyati (Chuorti o`lkasi)ning hududiga 
Rossiyadan ko`chib kelganlarning ko`pchiligini kazaklar tashkil qilgan. 
Shu tufayli 1867- yilda ikki polkdan iborat Yettisuv kazaklarining 
qo`shini tuzildi. 
O`rta va Kichik juzlarga mansub kazaklarning hududlariga rus 
qo`shinlari XIX asrning 40-yillarida o`z mavqeini mustahkamlashga 
erishganligi tufayli chegaraga yaqin joylarda Sibir va Orenburg (Ural) 
kazaklarining stanitsalari barpo etilayotgan sharoitlarda bu hududlarda, 
biroz keyinroq Sirdaryoning quyi qismida tuzilgan harbiy garnizonlar, 
istehkomlar atrofida rus aholisining ham soni ko`payib bordi. 
1867- yil iyul oyida tuzilgan Turkiston general-gubernatorligida 
o`rnatilgan harbiy-ma`muriy boshqaruv tizimi va bu yerda 50 ming 
kishilik rus armiyasining joylashtirilishi, Xiva xonliklariga, Buxoro 
amirligiga qarshi jangovar harakatlar Rossiya imperiyasining mintaqa-
dagi maqsadi - bu ulkan va boy o`lkani talon-taroj qilib yoki Rossiya 
imperiyasining faqat harbiy-siyosiy strategik hukmronligini o`rnatish-
gina emas, balki Turkistonni imperiya mulkiga aylantirish, xonliklarni 
esa butunlay yo`q qilish, agar buning iloji bo`lmay qolsa, protektorat, 
qaramlik shartlarini qabul qilishlariga majbur etish, butun mintaqa 
boyliklaridan, ishlab chiqarish kuchlaridan, salohiyatidan foydalanish 
ekanligini ko`rsatdi. 
8
Stanitsa – kazaklar yashaydigan qishloq – mualliflar.


87 
Rossiya imperiyasi bu mintaqada harbiy harakatlarini davom 
ettirgan holda, bu yerda rus qo`shnilariga va mustamlakachi 
ma`muriyatga tayanch bo`ladigan hamda o`lkaning boyliklarini 
metropoliyaga jo`natish bilan band, zarur bo`lsa mahalliy xalqlarning 
isyon, qo`zg’olonlarini bostirishga qo`shimcha kuch sifatida xizmat 
qiladigan rus va umuman sharqiy slavyan nasroniy aholini ko`proq 
joylashtirish tarafdori edi. Buni juda chuqur tushungan, kazaklarni 
asosan chegaralarga yaqin yerlarda yashashlari harbiy jihatdangina 
foydali, deb hisoblagan general-gubernator K.P. fon Kaufman va 
Yettisuv viloyatining harbiy gubernatori general Kolpakovskiy 1868- yil 
Irtish daryosining yuqori qismidan Issiqko`l havzasigacha chegara 
chizig’i bo`ylab kazaklarning stanitsalarini barpo etish masalasiga 
o`zlarining salbiy munosabatlarini bildirishgan. K.P. fon Kaufmanning 
fikricha, kazaklar o`lka zabt etilayotgan birinchi davrda chegaralarni 
qo`riqlashda va qurolsiz mahalliy aholining noroziligini bostirishda 
foydali bo`lishdi. Keyin esa ular qishloq xo`jaligi mahsulotlarini 
yetkazib berish bo`yicha hamda yangi sharoitda harakat qila oladigan 
harbiy kuch sifatida talablarga javob bermas edi. 
Rossiyadan Turkistonga ko`chirish, amalda, o`lkani bosib olish 
bilan bir vaqtning o`zida olib borildi. Rossiya tomonidan dastlab 
Yettisuv viloyatiga, keyinchalik esa Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, 
Kaspiyorti viloyatlariga ko`chirish boshlangan. Rossiya protektoratida 
bo`lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligiga dehqonlarni ko`chirish 
amalga oshirilmagan. Ammo yuqorida ko`rsatilgan hududlarga dehqon-
lar emas, asosan ishchilar, temir yo`lchilar Chorjo`yga, Yangi Buxoro 
(Kogon)ga, Kerkiga, Termizga joylashganlar. 1897- yilgi aholini 
ro`yxatga olish ma`lumotiga ko`ra, Buxoro amirligida 12150, 1917- 
yilga kelganda rus fuqarolari 50 ming kishini tashkil qilgan. 
Yettisuvga ko`chirish kazaklarni 1847- yilda Sergiopol va Kopalga 
joylashtirish bilan boshlandi. 1867- yil Yettisuv viloyatida Yettisuv 
kazaklar qo`shini tashkil qilindi. Ushbu qo`shinga ajratilgan joylarda 
14413 nafar erkak va ayollar bor edi. Ammo ushbu tajriba o`zini 
oqlamadi, chunki kazaklardan harbiy muddatni o`tagandan keyin 
mustamlakachilikda foydalanib bo`lmasdi. 
XIX asr 60-yillari oxiridan Rossiya hukumati Turkistonga 
dehqonlarni ko`chirish siyosatini olib bordi. 1867- yili Turkiston 
general-gubernatori K.P. fon Kaufman Yettisuv harbiy gubernatori 
Kolpakovskiyga Rossiyadan dehqonlarni ko`chirishga joy istashni 
topshirgan edi. 1868- yili yanvarida Kolpakovskiy K.P. fon Kaufmanga 


88 
bergan bildirishida To`qmoq, Pishpak va Issiqko`lga 50 tadan oilani 
joylashtirish zaruriyati borligini ta`kidlaydi. Kolpakovskiy tomonidan 
taklif etilgan rejada keyinchalik Yettisuv viloyatidagi beshta uyezdda 34 
ta dehqonlar qishlog’i – 1345 hovlisi bilan tashkil qilgan 47 ta yashash 
joyi bo`lishi kerak edi. Umumlashtirib olganda, Yettisuv viloyatiga 1815 
oila ko`chirib keltirish ko`zda tutilgan edi. 1883- yilga qadar Yettisuv 
viloyatiga ko`chirilganlar hisobiga 29 ta ruslar posyolkasi tashkil topib, 
15 ming kishi istiqomat qilardi.
1870- yili K.P. fon Kaufman Sirdaryo viloyati harbiy guberna-
toriga rus qishloqlarini tashkil qilish uchun joy qidirishni topshirgan edi. 
Oxir-oqibatda, 1874- yildan Sirdaryo viloyatiga rus aholisini ko`chirish 
boshlangan. Dastlabki ko`chirilgan ruslar Qoraboltaga joylashganlar. Bu 
hudud Yettisuv viloyati chegarasiga yaqin edi. Shuni aytish lozimki, 
1891- yilga qadar Rossiyadan Sirdaryoga ruslarni ko`chirish juda keng 
quloch yoymagan edi, xususan shu paytga qadar 20 ta rus qishlog’i 
paydo bo`lib, ko`chirilganlar soni 7702 kishini tashkil qilardi. 
Volgabo`yidagi ocharchilik tufayli 1891-1893- yillari Sirdaryo viloya-
tida 22 ta rus qishlog’i tashkil qilingan edi. Umuman olganda, 1895- 
yilga kelganda 45 ta rus qishloqlari bor bo`lib, unda 15330 kishi 
istiqomat qilardi. 1900- yilga kelganda Sirdaryo viloyatidagi qishloqlar 
48 tani, aholi esa 20 ming kishini tashkil qildi. 
Farg’ona viloyatiga ruslarni ko`chirish masalasi ham 1891- yildan 
boshlandi. 1893- yilda O`sh uyezdiga 200 oila ko`chirib kelindi va 
Pokrovskiy qishlog’i deb nomlandi. 1897- yilda Namangan uyezdi 
boshlig’i tashabbusi bilan Kiyev guberniyasidan 200 oila tog’li Chotqol 
vohasiga joylashtirishga chaqirildi. Umuman olganda, XX asr boshlariga 
kelganda, Farg’ona viloyatida 3794 kishi ko`chirib kelinganlardan 
yashardi. 
Samarqand viloyatida esa, 1902- yilga kelganda, rus oilalari 570 ta 
bo’lib, 2300 kishini tashkil qilgan. 
1892- yildan Kaspiyorti viloyatining boshlig’i bo`lgan general-
leytenant D.N. Kuropatkin Kaspiyorti harbiy temir yo`lida ishlash uchun 
va viloyat hududida yashovchi turkman, qoraqalpoq o`zbek dehqon-
laridan, chorvadorlaridan tortib olingan yerlarda joylashib, xo`jalik 
yuritishlari uchun ko`plab rus aholini keltirishga katta ahamiyat bergan. 
Gap shundaki, Turkistonning boshqa viloyatlariga nisbatan bu viloyatda 
iqlim va yashash sharoitlari (jazirama, issiq qumli shamollar, suvsizlik, 
aholining mustamlakachilarga nafrati va x. k) ancha noqulay edi. Shuni 
ham aytib o`tish kerakki, 1892- yilda Kaspiyorti viloyatida sodir bo`lgan 


89 
vabo epidemiyasi shaharlarda, baliqchilar posyolkalarida, temir yo`l 
stansiyalarining yaqinida yashovchi rus aholisiga katta talofatlar 
yetkazdi. Bu haqda xabar topgan ruslar, kazaklar Kaspiyorti viloyatiga 
emas, balki Samarqand, Sirdaryo viloyatlariga, Amudaryo bo`limiga 
qarashli hududga ko`chishga harakat qilishgan edi. 
Kaspiyorti viloyatida general A.N.Kuropatkin boshliq bo`lgan 
yillarda bir qator tashkiliy, moliyaviy, harbiy choralar va Krasnovodsk-
Ashxobod-Samarqand temir yo`li o`tkazilishi tufayli Rossiyadan va 
Kavkazdan aholini ko`chirib keltirish, joylashtirish amaliyoti ancha 
kengaydi. Rus aholini joylashtirish uchun eng avval Ashxobod 
uyezdining hududi tanlandi va bu yerda yashovchi turkmanlarning 
aksariyati Sharqiy Eronga, Mari, Elatan uyezdlariga ko`chishga majbur 
qilindi. 
Ko`chirib keltirilgan va o`zicha ko`chib kelgan ruslar XIX asrning 
90-yillarida Kozelskoye (Vashyuvskiy), Kulkulab (Dmitriyevka), 
Saratovskoye (1911- yildan Samsonovskoye), Kaltachinov (1896- yildan 
Kuropatkinskiy), Visokos (Obruchevskiy) qishloq seleniyelarini tashkil 
qilishdi. Marv uyezdida, Afg’oniston chegarasida, Kushka harbiy 
istehkomiga qo`shni sifatida Alekseyevskoe nomli katta seleniye; Eron 
chegarasiga yaxshi bo`lgan hududda ham shu yillarda Krestovoye 
(Tedjen uyezdi); Krasnovodsk uyezdida Petrovskiy, Aleksandrovka, 
Annenkovskiy, Nikolskiy, Mari uyezdida Poltavskoye nomli seleniyelar 
paydo bo`ldi. 
Bulardan tashqari, Turkiyadan kelgan deyarli 3 ming armani 
qochoqlar ham Kaspiyorti viloyatida, asosan, Ashxobod uyezdiga 
joylashtirildi. Natijada, 1897- yilda bu viloyatda 4803 armani va 11 
mingdan ko`proq ruslar bor edi. 
Turkistonda tashkil etilgan viloyatlarga kazaklar yetarlicha 
ko`chirilganligini, lekin ular o`lkaning iqtisodiyotini metropoliyaning 
ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida rivojlantirishda faol qatnashishi 
mumkin emasligini hisobga olgan holda general-gubernator K. P. fon 
Kaufman 1868- yildayoq Turkistonga xo`jalik jihatidan baquvvat 
dehqonlarni ko`chirish zarurligini asoslagan edi. Shu bilan birga yangi 
mustamlakada kapitalistik munosabatlarni yanada rivojlantirish, mahal-
liy mulkdorlar va hunarmandlar raqobatini bartaraf qilish, rossiyalik 
sarmoyadorlar, savdogarlar, geologlar, muhandislar, agronomlar va 
boshqa mutaxassislarning faoliyatini kengaytirish va o`lkaning tabiiy 
boyliklarini metropoliyaga olib ketish masalalari ham qo`yilgan edi. 
K.P. fon Kaufmanga imperator tomonidan deyarli cheklanmagan 


90 
vakolatlar berilganligi, general-gubernatorning buyuk davlatchilik 
mavqei va mahalliy xalqlarga o`ta adolatsizligi hamda metropoliya 
aholisining vakillari o`lkada o`zlarini g’olib deb hisoblaganligi Rossiya 
imperiyasi mustamlaka ma`muriyatining siyosatida, amaliy faoliyatida 
o`z aksini topdi. Yettisuv yerlariga, Sirdaryo bo`yidagi hududlarga XIX 
asrning 60-yillarida o`z xohishi bilan ko`chib kelgan rus aholisini 
shaharlik kambag’allar, mayda savdogarlar va qashshoq dehqonlar 
tashkil qilgan. Ular mahalliy aholiga nihoyatda qo`pol, jinoyatkorona 
munosabatda bo`lishgan. Mahalliy dehqonlar va chorvadorlarning 
yerlarini tortib olish hollari juda ko`p kuzatilgan. 
Harbiy ma`muriyat mavjud sharoitlarga ko`ra emas, balki ko`chib 
kelayotgan rus aholini ehtiyojlarini hisobga olib harakat qilgan va 
natijada mahalliy aholiga nisbatan tajovuz, adolatsizlik, shovinistik 
yondashuvlar ommaviy tus olgan. Turkiston general-gubernatori K.P. 
fon Kaufman ilgarigi amaliyotdan farqli o`laroq, Rossiya birinchi 
navbatda rus, umuman, provoslav mazhabiga mansub aholini tashkiliy 
ravishda ko`chirib keltirishga harakat qilishi lozimligini qayd etib, qaysi 
yo`nalishlardagi hududlarga rus dehqonlarini joylashtirish maqsadga 
muvofiq bo`lishini ko`rsatdi. 
Imperiya devonxonasi 1873- yilda Turkiston general-gubernatori-
ning Orenburgdan Toshkentgacha va Toshkentdan Chimkent, Avliyoota 
va Verniy orqali Semipalatinskgacha bo`lgan yo`nalishlardagi hudud-
larga, eng avvalo ruslarni ko`chirish, joylashtirish takliflariga rozi 
bo`ldi. Tez orada ikkinchi yo`nalish ancha maqbul deb topildi. Chunki 
bu yo`nalishdagi hududlarda iqlim yaxshiroq edi. Mustamlakachi 
ma`muriyat, xususan, general-gubernator K.P. fon Kaufmanning o`zi 
Rossiyadan Turkistonga ko`chirib keltirilayotgan aholining sonini, 
ijtimoiy va milliy tarkibini, siyosiy ishonchliligini nazorat qiladigan 
bo`ldi. Birinchi navbatda, xizmat muddatinn o`tab bo`lgan harbiylar 
oilalari bilan o`lkada doimiy yashab qolishlariga rag’batlantiradigan 
choralar belgilandi. XIX asrning 60-yillari oxiri - 70-yillarida Turkiston-
ga aholi, asosan, Astraxan, Xarkov, Voronej, ayniqsa, Orenburg, Samara 
guberniyalaridan ko`chirib keltirilganligi, ularning ko`pchiligi qashshoq 
bo`lgani uchun hukumat ularning ko`chishi yo`nalishini manzillarini 
oldindan aniqlashga qaror qildi. Ayni mahalda mazkur mezonlar tegishli 
ravishda tanlab olingach, ko`chishga tayyor bo`lganlarga “o`tish guvoh-
nomasi” deb atalgan hujjat berilishi va shu hujjatga asosan ularning 
joylashuvida ma`muriyat ko`maklashishi nazarda tutildi.


91 
Bu tartib o`zboshimchalik bilan ko`chib keluvchilar oqimini eng 
kam darajaga yetkazish uchun yo`lga qo`yildi. Chunki ular ko`chib 
kelgan joylarida tub qishloq aholisining yeri, qoramoli va hatto, uy-
ro`zg’or buyumlarini ham zo`rlik bilan tortib olishardi. Garchi hukumat 
bunday hodisalarga ko`pincha e`tibor bermagan bo`lsa-da, dehqonlar-
ning ommaviy g’alayonlari oldini olishni istagandi. Undan tashqari, 
Turkiston ma`muriyatining aholini ko`chirish amaliyotini tartibga 
solishga qaratilgan choralari doim ham samara beravermadi. Bu borada-
gi masalalarni hal etish yo`llarini belgilovchi birorta ham qonun-qoidalar 
to 1881- yilgacha mavjud emas edi. Shu sababli imperiya hukumati, 
mustamlaka ma`muriyati taklifi bilan 1881- yil 10- iyulda “Dehqonlarni 
bo`sh davlat yerlariga ko`chirish bo`yicha muvaqqat tartib-qoidalar”ni 
tasdiqladi. Bu qoidalar 1882- yil 18- mayda tashkil etilgan Dasht gene-
ral-gubernatorligiga ham taalluqli ekanligi belgilab qo`yildi. 
XIX asrning 60-yillardan boshlab, Rossiyaning ichki guberniya-
larida krepostnoylik huquqini bekor qilish bilan bog’liq sa`y-harakatlar 
aholining quyi qatlamlarini juda og’ir ahvolga soldi. Ming-minglab rus 
dehqonlari qashshoqlikdan, ochlikdan qutilish maqsadida yangi bosib 
olingan va olinayotgan hududlarga intilishardi. Gap shundaki, krepost-
noylik huquqini bekor qilish to`g’risidagi qonunga ko`ra, dehqonlar 
ixtiyoridagi yerlarning 1/5 qismi pomeshchik va quloqlarga o`tdi. Yerni 
sotib olmoqchi bo`lganlar uning qiymatining 20-25 foizini to`lashi zarur 
edi, qolgan qiymatini davlat to`laydigan bo`lishi kerak edi. Dehqonlar 
esa davlatga o`z qarzlarini 49 yil mobaynida to`lashlari lozim edi. 
Tabiiyki, bunday shartlarga dehqonlar ko`nishi qiyin edi. Undan tashqari 
Rossiyada qurg’oqchilik, hosilsizlik ro`y bergan yillarda metropoliyadan 
aholi ko`chishini boshqarish, nazorat qilishning iloji yo`q edi. Masalan, 
1889-1891- yillarda ichki guberniyalarda ko`chish guvohnomalari 17289 
oilaga berildi. Ko`chib kelgan oilalar soni esa aslida 28911 ga yetdi. 
Imperiyaning g’alla yetishtiriladigan ko`plab guberniyalarida ro`y ber-
gan ocharchilik sababli 1892- yilda ko`chuvchilar oqimi keskin 
ko`payib, 100 ming kishidan ortiqni tashkil qildi. 
Oqibatda Sirdaryo viloyatining o`ziga 1892-1893- yillarda ko`chib 
kelganlar 17 ta qishloqni barpo etishdi. Rossiya hukumati Uralortiga, 
shu jumladan, Turkistonga aholini ko`chish harakatini qisqartirish, uni 
Sibir va Uzoq Sharq tomonlarga yo`naltirish maqsadida 1892- yil 6- 
martdagi farmoyish bilan chiqish joylarida ko`chish hujjatlarini berishni 
taqiqlab qo`yganda ahvol shu darajada bo`ldi. Biroq Toshkentda 1892- 
yilda bo`lib o`tgan qo`zg’olondan havotirga tushgan mustamlakachi 


92 
ma`muriyat rus aholisini o`lkaga jalb etishga yana rozi bo`ldi. Aholini 
ko`chuvchilik harakatini boshqarish uchun mas`ul bo`lgan maxsus 
idorani tuzish zarurati yuzaga keldi. 1896- yilda Dehqonchilik va yer 
tuzish Bosh boshqarmasi qoshida tashkil etilgan Ko`chiruvchilik 
boshqarmasi shunday idora bo`lib qoldi. Turkiston markazida, uning 
viloyatlarida, Dasht o`lkasida, uning boshqaruv bo`limlari, uyezdlar va 
qator shaharlarda ko`chiruvchilik punktlari tashkil etildi. 
XIX asrning oxirida - XX asrning boshlarida faqat Turkistonda 
emas, balki Buxoro amirligi va Xiva xonligidan zo`rlik bilan tortib 
olingan hududlar ko`chirib keltirilgan rus aholini, 1915- yildan boshlab 
esa xorijiy harbiy asirlarni ham joylashtirish uchun foydalanilgan. Bu 
esa tub aholi uchun ham juda og’ir bo`lgan. 1914- yil avgustning oxiri 
sentabrning boshida Rossiya imperiyasining Harbiy va Ichki ishlar 
vazirliklari Turkiston ma`muriyati bilan birgalikda Avstro-Vengriya, 
Germaniya armiyalariga mansub harbiy asirlarni Toshkent, Samarqand, 
Skobelev, Ashxobad, Qo`qon, Andijonda joylashtirish va asirlar 
tarafidan bajariladigan ishlarning hajmi va turlarini rejalashtirgan edi.
 
Shuni ham qayd etish kerakki, Rossiya imperiyasi va mustamlaka-
chi ma`muriyati 1898- yilgi Andijon (Dukchi Eshon) qo`zg’oloniga 
javoban mohiyatiga ko`ra o`ta shafqatsiz, xarakteriga ko`ra shovinistik 
choralarni qo`lladi. Mustamlakachi harbiy-siyosiy rahbariyat yuzlab 
qo`zg’olon ishtirokchilari halok bo`lganiga qaramay, 200 dan ziyod 
kishini Sibirga badarg’a qildi. Ular orasida o`zbeklar, qirg’izlar, qozoq-
lar, tojiklar, uyg’urlar va turklar bor edi. “Tugatilishi lozim bo`lgan 
qishloqlar o`rnida rus seleniyelarni” barpo etish vazifasi ham Farg’ona 
viloyati aholisi uchun g’oyat fojiali bo`ldi. Hukumat bu borada alohida 
shafqatsizlik ko`rsatgani diqqatni tortadi. Ayrim rus amaldorlarining 
guvohlik berishicha, jazoga tortilgan qishloqlar aholisi “ko`chishga 
majburligi muqarrarligi to`g’risidagi fikrga butunlay ko`nikkan, lekin 
qayerga ko`chishga to`g’ri kelishini bilmaydi”. Ruslar va ko`plab 
ko`chib kelgan nasroniy diniga mansub boshqa aholining soni keskin 
ko`paydi. XX asr boshlarida Stolipin islohoti munosabati bilan bu hol 
yana ham kuchaydi. 
Ichki ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o`z imkoniyatlari hisobiga 
emas, balki yangi hududlarni bosib olish hamda ularning tabiiy 
boyliklaridan va aholi salohiyatidan foydalanish hisobiga hal etishni 
afzal ko`radigan Rossiya imperiyasi hukmron doiralari, qishloq xo`jalik 
va sanoat-tovar ishlab chiqaruvchilari, savdo va xizmat ko`rsatuvchi 
sohalarni egalladilar. 


93 
Mazkur davrda metropoliyadan Turkistonga aholini ko`chirish 
xususiyatlaridan yana biri shu ediki, o`lkadagi yirik shaharlar (Toshkent, 
Samarqand, Andijon, Qo`qon, Marg’ilon) rus (yangi) va mahalliy (eski) 
qismlarga bo`linib, shaharlarni bog’lovchi yo`llar bo`yida kazaklarining 
stanitsalari, rus dehqonlarining poseleniyelari barpo etildi. 
O`rta Osiyo, xususan, Turkistonga Rossiyadan aholini ko`chirish 
usullari esa dastlabki davrda yoki keyingi vaqtda ham deyarli bir xil 
bo`lgan va mustamlaka ma`muriyatining harbiy-politsiya, buyuk davlat-
chilik boshqaruv tizimining mohiyati bilan belgilangan. Metropoliyadan 
ko`chib kelganlar ayniqsa, kazaklar va ruslarning aksariyati, o`zlarini bu 
yerda g’olib mamlakatning vakillaridek his etishib mahalliy aholiga 
nisbatan ko`pincha qo`pol muomala qilishgan. Bunday ta`rif birinchi 
navbatda kazaklarga, harbiy-politsiya organlaridagi mansabdorlarga 
hamda hech qanday ruxsatsiz, o`zboshimchalik bilan ko`chib kelgan-
larga taalluqlidir. 
XIX asr oxiriga kelganda, Turkistondagi rus qishloqlari soni 116 ta 
bo`lib, 70745 kishini tashkil qilgan. 1897- yilgi aholini ro`yxatga olish 
ma`lumotiga ko`ra, Turkistonda 197720 nafar ko`chirib keltirilganlar 
bor edi. Tarixiy dalillar shuni ko`rsatadiki, ko`chirish siyosati bo`sh 
yerlar emas, amalda mahalliy aholi tomonidan o`zlashtirilgan yerlarga 
amalga oshirilgan. Rossiya tomonidan Turkiston zabt etilganidan 
boshlab 1906- yilgacha ko`chirish siyosati tufayli Yettisuv viloyatidan 
752197, Sirdaryodan 159561, Farg’onadan 9925, Samarqanddan 22907 
va Kaspiyorti viloyatidan 10318 desyatina yer tortib olingan edi.
XX asr boshlarida Rossiyada iqtisodiy tanazzul kuchayib, u deh-
qonlarni ham chetlab o`tmadi. 800 ming dehqonlar xo`jaligi vayron 
bo`lib, 1901- yilda dehqonlar 500 ming pud g’alla kam hosil oldilar. 
To`la bo`lmagan ma`lumotlarga ko`ra, 1900-1904- yillarda Rossiyaning 
Yevropa qismidagi 42 ta guberniyada 670 ta dehqonlar qo`zg’oloni 
bo`lib o`tdi. 1901-1902- yildagi hosilsizlik Rossiya dehqonlarini 
ruxsatsiz, o`zboshimchalik bilan chekka o`lkalarga ko`chishini kuchay-
tirib yubordi. Masalan, 1902- yili Yettisuv viloyatiga Rossiyadan 2228 
ta oila, ya`ni 11687 kishi ko`chib keldi. O`zboshimchalik bilan Turkis-
tonga ko`chib kelganlar arzon ish kuchini tashkil qilib, xo`jaliklarda 
ishlar, qozoqlardan yerlarni ijaraga olib dehqonchilik qilardi. Shu asnoda 
ruxsatsiz ko`chib kelgan rus posyolkalari tashkil topdi. Farg’ona 
viloyatining Andijon va O`sh uyezdlarida qirg’izlardan ijaraga olingan
yerlarda 637 oila ko`chib kelganlar – 3452 kishi yashab, 8 ta ruxsatsiz 
posyolka tashkil qildilar. Namangan uyezdiga ko`chib kelgan 70 oila 


94 
ham Ketmontepaga joylashib, ruslar qishlog’ini tashkil qildilar. Ahvol 
shu darajada nazoratsiz ediki, oxir-oqibatda 1907- yildagina rus qishloq-
lariga rasmiy “maqom” berildi va ro`yxatdan o`tkazildi. 
Rossiya harbiy vazirligi tomonidan 1903- yil 10- iyunida “Qishloq 
aholisini ko`ngilli tarzda Sirdaryo, Farg’ona va Samarqand viloyatlariga 
ko`chirish qoidalari” joriy etildi. Ushbu “qoida”ga ko`ra, Turkistonga 
ko`chib kelgan har bir erkakka 3 desyatinadan yer ajratish ko`zda 
tutilgan edi. Ko`chib keluvchilar uchun yaylovlar berish, “zaruriyat va 
imkoniyat”dan kelib chiqardi. Ayni paytda ushbu “qoida” Yettisuv va 
Kaspiyorti viloyatlariga taalluqli emas edi. O`z navbatida Yettisuv va 
Kaspiyorti viloyatlariga ko`chib kelganlar o`zboshimchalik bilan 
joylashganlar qatorida hisoblanib, ularni rasman ro`yxatdan o`tkazish 
ishlari bilan ma`muriyat shug’ullanmagan. Norasmiy ma`lumotlarga 
ko`ra, Yettisuv viloyatiga o`zboshimchalik bilan ko`chib kelib, rasman 
ro`yxatdan o`tkazilmaganlar 1902- yilga kelganda 23 ming kishini tash-
kil qilgan. Faqatgina Sirdaryo viloyatida ularning soni 2 ming kishini 
tashkil qilgan. 
1904- yil 6- iyunida Rossiya hukumati yangi ko`chirish bo`yicha 
qonun qabul qilgan. Ushbu qonunga muvofiq, Rossiyada ko`chadiganlar 
vakili dastlab joylarda yer bor yoki yo`qligini aniqlashi kerak edi. Ushbu 
qonunga ko`ra, Turkistonga ruxsatsiz ko`chib kelganlar ham endilikda 
qonuniy deb topildi. Ammo Turkiston hamon rasman ko`chib keluvchi-
lar uchun berk hudud hisoblanardi. Rasman Turkistonga ko`chirish 
taqiqlangan bo`lsa ham amalda minglab rus dehqonlari Yettisuv va 
Sirdaryo viloyatlariga ko`chish harakatida edilar. Yettisuv viloyatiga 
o`zboshimchalik bilan ko`chib kelganlar 1902- yilda 23 ming kishidan 
1910- yilga kelganda 65 ming kishiga yetgan. Bu paytda Sirdaryo 
viloyatida o`zboshimchalik bilan ko`chib kelganlar 7778 kishini tashkil 
qilgan. Shu paytda Farg’ona viloyatiga o`zboshimchalik bilan 893 oila 
ko`chib kelgan edi. 1908-1909- yillarda Kaspiyorti viloyatiga 121 oila 
ko`chib kelgan. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 1906-1910 yillari mahal-
liy aholidan ko`chirib kelinayotganlar uchun 4432 desyatina yer tortib 
olingan. 1910- yili 19- dekabrda Ko`chirish boshqarmasiga qozoq va 
qirg’izlardan “ortiqcha” yerlarni tortib olishga rasman ruxsat berish 
to`g’risida qonun qabul qilindi. 
1917- yilga kelganda Turkistonda yashovchi o`troq rus aholisi 750 
ming kishini ya`ni o`lkaning umumiy aholisi 10% ini tashkil qilgan. Rus 
aholisining 400 mingtasi shaharlarda, 350 mingtasi esa qishloq joylarida 


95 
istiqomat qilardi. Ko`chirib kelingan, o`lkada yashayotgan rus aholi-
sining 278 mingtasi rus qishloqlarida yashardi. 
Ko`chib kelib yashayotganlar ichida birinchi o`rinni Yettisuv vilo-
yati (75 ming kishi) egallab, bu yerda 195 ta dehqon qishloqlari bor edi. 
Turkistonning qolgan 4 ta viloyatida 269 ta rus qishloqlari bo`lib, 96,5 
ming kishi istiqomat qilgan. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin