Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi


Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə2/5
tarix13.04.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#97531
1   2   3   4   5
1917 yil siyosiy jarayonlarida Turkiston

Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida

  • Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o‘z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari va an’analariga sodiq qolishni ulug‘ ish deb hisoblashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun o‘zbek xalqining ming-minglab sodiq o‘g‘lonlari o‘z hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo‘lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston min- taqasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to‘xtamagan milliy ozodlik harakati xalqning milliy o‘zligini anglashida, o‘z Vatani va mil- latining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mus- tahkamlashda ulkan ta’sir ko‘rsatdi.

1917 yil Turkiston o’lkasidagi siyosiy o’zgarishlar

  • Fevral inqilobi Turkiston o‘lkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyg‘otishda, demokratik o‘zgarishlarga boshchilik qilmoqchi bo‘lgan yangi kuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadid- lar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi.

1917 yil Turkiston o’lkasidagi siyosiy o’zgarishlar

  • Turkistonda milodiy sananing o‘zida yangi va eski yil hisobi mavjud bo‘lib, darslikda tarixiy sanalar
  • 1918-yil 31-yanvargacha eski hisob bilan, 1918-yil 14-fevraldan boshlab yangi hisob bilan beriladi.
  • Xalq Komissarlari Soveti raisining 1918-yil 26-yanvardagi maxsus dekreti bilan Rossiya hududida
  • grigorian kalendari joriy qilinib, amalda mavjud bo‘lgan 13 kunlik farq tuzatildi. Xullas, 1918-yil
  • 31-yanvardan keyin 1-fevralga emas, balki 14-fevralga o‘tildi. Bu kalendar Turkiston o‘lkasiga ham tatbiq etildi.

Butunturkiston musulmonlar qurultoyi


Tarixda ilk marta Butunturkiston miqyosida musulmonlar qurultoyi chaqi- rilib, unda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat’iy intilishi, o‘z an’analari, urf-odatlari va turmush tarzini izchil himoya qilishi aytildi. Unda Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi – Turkiston o‘lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi. Mustafo Cho‘qayunga rais, Munavvarqori Abdurashidxonov va Ahmad Zaki Validiy kotiblar bo‘lishdi. Qurultoyda qabul qi- lingan tashkilot dasturida o‘lka musulmonlari orasida islohotlar o‘tkazish g‘oyalarini tarqatish, mintaqadagi barcha musulmonlarni yagona maslak va fikr asosida birlashtirib, Turkistonga muxtoriyat maqomini berish uchun kurash vazifasi qo‘yilgan. 1917-yil aprel oyidayoq tashkilotning Samarqand, Qo‘qon, Namangan,Andijon, Marg‘ilon, Skobelev (Farg‘ona), Marv, Turiston, Oqmachit (Qizilo‘rda), O‘sh va boshqa shaharlarda shu’balari tuzilgan. Toshkentda “Sho‘roi islom” nomli gazeta ham chiqarilgan.
Biroq taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho‘roi Islo- miya” tashkiloti safida bo‘linish yuz berishiga olib keldi. 1917-yil iyunda tashkilotdan bir guruh ulamolar ajralib chiqib,
Qo‘qon va Toshkentda yangi jamiyat – “Sho‘roi Ulamo”ga asos solishdi. Jamiyatning Toshkent, Qo‘qon, Samarqand, Namangan shaharlaridagi shu’balari faol ish olib borgan. Tosh- kent shu’basiga Sherali Lapin rahbarlik qilgan. Jamiyatning eng yirik Qo‘qon shu’basiga Mulla Muhiddinxon, Mulla Ulug‘xon To‘rayev rais bo‘lishgan. Jamiyat dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash aytilgan. “Sho‘roi Ulamo” tomoni- dan “al-Izoh” va “al-Isloh” jurnallari nashr qilingan.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin