Turkistonda barpo etilgan rus qishloqlari



Yüklə 60,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü60,95 Kb.
#185243
1   2   3
4579-Текст статьи-11158-1-10-20211227

Ключевые слова:
Туркестан, аграрный, мелиорация, поселение, русская 
школа, царская Россия, Мирзачул, Авлийота, помещик, капиталист, геополитика, 
стратегия, «русский элемент». 
Annotation.
This article describes the development of new lands on the territory 
of Turkestan from the second half of the XIX century to the beginning of the XX century 
by the colonial authorities, the creation of new Russian settlements as a result of the 
resettlement policy, the conditions created for the resettled Russian people. The 


opportunities provided and the activities of Russian educational institutions are covered 
on the basis of historical sources. The article also discusses the violent policy of the 
colonialists in the field of agriculture and land reclamation in Turkestan and its gross 
error, the consequences of these mistakes, as well as the transfer of fertile land to the 
displaced population and this policy. public protests against it were also stated. 
Key words:
Turkestan, agrarian, land reclamation, settlement, Russian-style 
school, Tsarist Russia, Mirzachul, Avliyota, landowner, capitalist, geopolitics, strategy, 
"Russian element". 
 
“Barchamizga ayonki, el-yurtimiz asrlar davomida ozod va erkin hayotni, adolatli 
jamiyatni orzu qilib yashadi. Bu muqaddas maqsad yo‘lida jon olib, jon berib kurashdi, 
mashaqqatli sinovlarni mardona yengib o‘tdi. Xalqimiz qalbidagi hurriyat sari ezgu 
intilishni hech qanday bosqin, zulm va zo‘ravonliklar yo‘qota olmadi. Bunga ko‘hna 
tariximizning o‘zi guvoh. Bugun biz yagona xalq, yagona millat bo‘lib, ko‘zlagan yuksak 
maqsadlarimiz sari dadil bormoqdamiz.”.
1
,-deb ta’kidlagan edi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev.
Aniqki, doimo mustamlakachi davlatlar o’zi mustamlaka qilgan hududlarda o’ziga 
hayrihoh bo’lgan tuzilma, hudud aholi yashash maskani yaratishga intiladi. Biz bu 
harakarlarni Buyuk Britaniyaning Hindistondagi, Janbiy Afrika Respublikasida, ispan va 
portugallarning esa Janubiy Amerika qit’asidagi, fransuzlarning Janubiy-sharqiy 
Osiyodagi, hatto uzoq o’tmishda arablarning Piriney yarim orolidagi siyosatlarida o’z 
davlatlaridan kelganlar uchun alohida-alohida yashash manzilgohlarini tashkil etishga 
uringanlarida ko’rishimiz mumkin. Turkiston esa ruslar tomonidan istilo qilinganidan 
so‘ng dastavval agrar masala mustamlakachilik siyosatidagi bosh masala bo‘lgan bo’lsa, 
uning natijasi o’laroq hududda rus qishloqlarini tashkil etish asosiy maqsad edi. Bunda 
bir yo‘la ikkita vazifani hal etish kyerak edi: a) Podsho hukumatining Turkiston 
o‘lkasidagi mavqeini tobora mustahkamlab borish: b) O‘lkaning boy tabiiy va iqtisodiy 
zahiralaridan rus pomeshchiklari va kapitalistlari manfaati yo‘lida foydalanish. 
1
“Xalq so’zi” gazetasi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik 
bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim”dagi nutqi. 2021-yil 31-avgust 


Bu maqsad yo’lida esa asosiysi ushbu maqadni amalga oshirishda ruslarni 
qo’llovchi, ularga tirgak bo’luvchi aholi va ular yashaydigan maskanlar bo’lishi kerak 
edi. 
1.
Podsho hukumatining uzoqqa mo‘ljallangan geopolitik va strategik rejalarida 
Turkiston o‘lkasini “Rus elementi” bilan to‘la va har tomonlama o‘zlashtirilgan, turli 
maqsadlarga xizmat qiluvchi to‘siq yoki oraliq xavfsizlik zonasini barpo qilish , hamda 
bu o‘lkani turli-tuman tabiiy boyliklarini va xomashyo zaxiralarini etkazib byeradigan 
maskanga aylantirish ko‘zda tutilgan edi. Bu yo‘nalishda eng birinchi galda paxtachilikni 
keskin ko‘paytirish ko‘zda tutilgan edi.
2.
O‘lkada uzoq asrlar davomida shakllanib tarkib topgan mahalliy irrigatsiya 
sohasini, Podsho hukumati birinchi galda maqsad qilib qo‘ygan va yuqorida ko‘rsatilgan 
ulkan rejani tezda amalga oshirish imkonini byermas edi. Buni yaxshi tushungan 
mustamlakachi ma’muriyat,-irrigatsiya sohasida qator, uzoqqa mo‘ljallangan jiddiy 
islohatlarni amalga oshirishga kirishdi. Bir qarshda bu islohatlarning boshlanishi tasodifiy 
yoki amaliyotda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan choralar ko‘rishida 
bo‘lsa-da, bora-bora mustamlakachi ma’muriyat uchun bu o‘zi o‘rnatgan unitar, 
bosqichma-bosqich boriluvchi va bajariluvchi harbiy buyruqbozlikka asoslangan, 
boshqaruv tizimining talab va ehtiyojlariga mos keladigan, butunlay yangi tizimini 
shakllantirish kerakligi ayon bo‘lib qoldi.
3.
Podsho 
hukumatining 
Turkistonda 
irrigatsiya 
sohasida 
o‘tkazilgan 
mustamlakachilik siyosati, birinchi navbatda yer va suvdan foydalanish bo‘yicha 
istilochilar manfaatlariga mos tushadigan yangi qonunchilikni yaratishda va harbiy 
buyruqbozlikka asoslangan yangi ma’muriyat manfaati va ehtityojlariga javob 
byeradigan markazlashgan boshqaruv tizimini barpo qilishda, yana o‘zini yaqqol 
namoyon qildi.
Shu jihatdan olib qaralganda, Turkiston ham rus podshosining nazaridan qolmadi. 
Hududning tabiiy muhiti, u yerni o‘zlashtirib, mahalliy manzilgohlar barpo qilish, 
yerlarni sun’iy sug‘orish uchun ariq va kanallar qazish orqali qishloq xo‘jaligini barpo 
qilish, ijtimoiy ahvolni mustahkamlashm ko‘chib kelayotgan aholining milliy va diniy 
holatlarini hisobga olish lozim. Buning uchun esa barcha imkoniyatlar ishga solindi.
Yerdan foydalanish bo‘yicha tajribalar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa almashlab 


ekishga e’tibor kuchaytirildi. Unga rioya qilmaslik esa vaqtinchalik hol edi, chunki u rus 
dehqonlari uchun yangilik bo‘lib, ular dastlabki paytlarda qo‘riq yerlardan mumkin qadar 
ko‘proq naf ko‘rishga intilar edilar
2
,- deb yozgan edi V.F.Koravaev. 
G‘arb tajribasi asosida ko‘r-ko‘rona ish olib borilishi natijasida Mirzacho‘lda 
oralig‘i 40-50 m bo‘lgan tor, sayoz (chuqurligi 0,7-1 m) drenajlardan foydalanila 
boshlandi. Bunday drenajlar o’lka sharoitiga butunlay javob byermas edi
3

Podsho Rossiyasi qanday qilib bo‘lsa ham, ko‘proq paxta olish uchun, o‘lkada paxta 
maydonlarini kengaytirish sohasida ba’zi bir choralarni ko‘rdi.
4
Boshqa ekinlar, xususan 
g‘alla maydonlari kamaytirild. Rossiyadan don keltirilib, paxtaga almashtiriladi. 
Sirdaryoning orolga quyilish joyida ruslar tomonidan 1847-yili Raim qal’asi 
bunyod etildi. 1853-yil Oqmachit, 1864-yil Chimkent, 1865-yil Toshkent bosib olindi.
Harbiy istilochilik yurishlari natijasida bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati 
tuzilib, unga harbiy qo’shin qo’mondoni, general-mayor M.Chernyayev gubernator qilib 
tayinlandi. 1865-yil 6-avgustda imperator Aleksandr II (1855-1881) tomonidan 
tasdiqlangan “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom” ga 
muvofiq viloyatda harbiylashtirilgan boshqaruv tartiblari o’rnatildi. 1886-yilgi 
“Nizomda” esa hukumat tasarrufida qolayotgan bo’sh turgan davlat yerlariga rus aholisini 
joylashtirish muhim ekanligi qat’iy belgilandi. 1882-1884-yillarda o’lkani tekshirgan 
imperatorning maxfiy maslahatchisi F.Girs Turkistonda 2.404.000 kishi yashashini va 
ulardan 1.200.000 kishi erkak ekanligini yozgan. Shuningdek o’lkaga ko’chib kelgan rus 
fuqarolariga katta imtiyozlar berildi. Masalan, mablag’, turar-joy, yer maydonlari, 
kreditlar berilgan. Ular 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan. Rossiyadan ko’chib 
kelganlar asosan qishloq aholisi bo’lgan. Ular uchun o’lka ma’muriyati maktab va 
cherkov qurib berganlar. Turkiston o’lkasida harbiy xizmatchilar yashab qolishlari va 
tomorqa yer olishlari mumkin bo’lgan. Bunday imkoniyatlar Rossiyaning markaziy 
rayonlaridanko’plab aholining ko’chib kelishiga imkoniyat yaratgan. 1875-yil 
Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi qishlog’i paydo bo’ldi. 15 yil 
davomida (1875-1890) Turkiston o’lkasiga 1300 oila ko’chib kelib joylashdi, 19 ta rus 
2
Koravayev V.F. “Golodnaya step v ee proshlom i nastoyashem ” , Petrograd. 1914
.
3
R.Egambyerdiyev, A.Razzoqov. O‘zbekistonda qo‘riq yyerlarini sug‘orish, o‘zlashtirish va melioratsiyalash tarixi. T. ,
Fan-1984. 
4
Razzaqov A. Melioratsiyaning xalq usullari, T.:1982. 


qishlog’i tashkil topdi. Birgina, 1891-1892 yillarda ko’chib kelganlarning 25 ta 
posyolkalari paydo bo’ldi. Keyinchalik, bora-bora naaqat ko’vhib kelgan shaxslar, balki 
yirik korxonalar ham daromad olish maqsadida o’lkadan yerlar sotib ola boshladi. 
Rossiya imperiyasining ko’chirib kelish siyosati Turkiston o’lkasidagi mustamlaka 
tizimini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan edi. 1892-yil boshlab Rossiyadan 
o’zboshimchalik bilan ko’chib kelgan kishilar ham ma’murayat ruhsati bilan 
ko’chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkinligi e’lon qilindi. Bu
o’lkaga ko’chib keluvchilar sonining keskin darajada oshishiga sabab bo’ldi.
Ko’chirib keltirib joylashtirilgan aholining ko’payishi, ularga unumdor yerlarning 
berilishi mahalliy aholi vakillarining jiddiy noroziligiga sabab bo’lgan. Toshkent hududi 
va o’lkaning Yangi Marg’ilon, Samarqand, Andijon kabi shaharlarida ham ko’chib 
kelganlarning posyolkalari paydo bo’ldi. O’lkadagi yirik shaharlar ikkiga; yangi-
ma’muriyat, harbiy qismlar joylashgan va ko’chirib keltirilganlar yashaydigan qism 
hamda eski-mahalliy aholi vakillari yashaydigan qismlarga bo’lindi. Masalan, 
Toshkentdahi Bo’zsuv anhori shahrni ikki qismga ajratgan chegara bo’ldi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’lkani o‘zlashtirish asnosida o‘lkada juda ko‘plab 
rus qishloqlari paydo bo‘la boshladiki, biz ularni quyidagi ro‘yxatdan ko‘rishimiz 
mumkin: 
1.
Zaparojeskiy qishlog‘i-1885 yilda asos solindi 
2.
Romanov qishlog‘i- 1885 yil 
3.
Nadejdinskiy qishlog‘i-1886 yil
4.
Sretinsk qishlog‘i-1886 yil 
5.
Nijne-volinsk qishlog‘i-1889 yil
6.
Nikolaev qishlog‘i-1891 yil 
7.
Nikolsk qishlog‘i-1893 yil 
8.
Obetovannыy qishlog‘i-1897 yil
9.
Vyerxne-volinsk qishlog‘i-1897 yil 
10.
Konnegvardeysk qishlog‘i-1897 yil 
11.
Duxovsk qishlog‘i -1901 yil
12.
Spasskiy qishlog‘i-1906 yil 
13.
Axmonqul qishlog‘i-1909 yil 


14.
Sirdaryo qishlog‘i-1909 yil 
15.
Veliko-Alekseevsk qishlog‘i-1913 yil
5
Ularninig har birining o‘z yer maydonlari, o‘ziga yarasha xonadonlarida istiqomat 
qiluvchi aholisi bor edi. O‘lkada rus qishloqlari paydo bo‘lishiga 1891-1895-yillarda 
Bekoboddan Mirzacho‘lgacha kichik kanal qazilib 7 ming gekarga yaqin yerning 
sug‘orilishi va boshqalar sabab bo‘ldi. Chunki Podsho hukumati Mirzacho‘lning 
sug‘orma yerlarini Markaziy Rossiyadan ko‘chirib kelingan o‘ziga to‘q dehqonlarga 
bo‘lib berdi. Mahalliy aholiga bu yerlarda dehqonchilik qilish taqiqlandi. Ko‘chirib 
keltirilgan dehqonlar Sirdaryo o‘zani hududidagi sog‘ tuproqli yalangliklarni o‘zlashtira 
boshladilar. Natijada biz yuqorida ta’kidlaganimizdek turli nomdagi rus qishloqlari paydo 
bo‘la boshladi. Bu uchastkalarda yashovchi (dehqon) lar yerni qanday sug‘orishni, yer 
sharoitini bilmasdilar, suvni isrof qilardilar. Natijada yerlarning sho‘rlanishi oshib 
borardi. Masalan, Konnogvardeyskiy, Romanovskiy, Nadejdinskiy, Obetovannыy , 
Vyerxniy va boshqa qishloqlarda ham huddi shunday ahvol yuz berdi
6
Lekin shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu tashkil etilgan hududlarda , shu bilan 
birga mahalliy aholi uchun ham sekin-astalik bilan yangi “rus-tuzem” maktablari tshkil 
etila boshlandi. Ayrim Rus-tuzem maktablari qoshida kattalar uchun (rus grammatikasi 
asosini oʻrgatish maqsadida) kechki maktablar, koʻchmanchi aholi uchun esa internatlar 
tashkil qilingan. Keyinchalik 2 yillik va ayollar uchun ham Rus-tuzem maktablari 
ochilgan. Rus-tuzem maktablarida mahalliy aholining bir qismiga oʻsha davr uchun ilgʻor 
boʻlgan madaniyat yutuqlaridan baxramand boʻlish imkoni yaratilgan.
7
1.
Xulosa shundan iboratki, Rus hukumati Turkistonda, aholi posyolkalarini tashkil 
etishni ko’zda tutuvchi siyoasatni amalga oshirishda asosiy vosita sifatida o’lka 
hududlarini foydalanishga yaroqli yerga aylantirish, tabiiy boyliklar va xom-ashyo 
zaxiralarini yetkazib berishni bosh sabab qilib ko’rsatdi. 
2.
Turkiston zaminining turli-tuman boyliklarini egallashni, uni Rossiyaning xom-
ashyo manbaiga va tayyor maxsulotlar bozoriga aylantirishni ko‘zlab, paxtachilikni 
rivojlantirishni birinchi darajali vazifa qilib qo‘ydi. Mustamlakachilar hukmronligi 
5
Boltayev A. “Mirzacho’l-Jizzax: o’tmishi va buguni”, Т. “Fan” nashriyoti

2007 yil, 86-87 betlar
6
Boltayev A. “Mirzacho‘l-Jizzax: sug‘orma dehqonchiligi tarixi”, T.”Tafakkur” nashriyoti, 2021 yil
7
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


davrida paxta yakkahokimligining poydevori bunyod etildi. Shu bilan birga 
mustamlakachilik siyosatining yanada mustahkamlanishi Rossiyadan yuz minglab 
kishilarning ko‘chirib keltirish imkoniyatini yaratdi. Ko’chirib keltirilgan rus aholisiga 
o’lka aholisining yeti uxlab tushiga ham kirmagan imkoniyat va sharoitlar berildi. Hotto, 
ularning ta’lim olishlari ham e’tibotdan chetda qolmadi. 
3.
O‘lkada uzoq asrlar davomida shakllanib tarkib topgan mahalliy madaniyat 
an’analarini poy-mol qilish hamda Podsho hukumati birinchi galdagi maqsad qilib 
qo‘ygan ulkan rejani, tezda amalga oshirishga kirishdi. Buni yaxshi tushungan 
mustamlakachi ma’muriyat ko’chirish tizimida qator uzoqqa mo‘ljallangan jiddiy 
islohatlarni amalga oshira boshladi. Bir qarashda bu islohatlarning boshlanishi tasodifiy 
yoki amaliyotda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan choralar 
ko‘rinishida bo’lsa-da, bora-bora mustamlakachi ma’muriyat uchun, bu o‘zi o‘rnatgan 
unitar, bosqichma-bosqich boriluvchi va bajariluvchi harbiy buyruqbozlikka asoslangan, 
boshqaruv tizimining talab va extiyojlariga mos keladigan, butunlay yangi tizimni 
shakllantirish kerakligida ayon bo‘lib qoldi. 

Yüklə 60,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin