Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi



Yüklə 227,33 Kb.
səhifə30/45
tarix20.12.2022
ölçüsü227,33 Kb.
#76813
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
REFERAT - “O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN MA’RUZALAR TO’PLAMI

Transport
50—80-yillarda temir yo'l trasnporti ancha rivojlandi. 50-yillarda uzunligi 627 km bo‘lgan Chorjo‘y— Qo‘ng‘irot temir yo‘li qurildi va Quyi Amudaryo shahar va tumanlari O'zbekistonning boshqa hududlari hamda Ittifoq markazi bilan temir yo'1 orqali bog‘landi. 1962-yilda qurilgan uzunligi 280 km bo‘lgan Navoiy—Uchquduq temir yo‘li yangi topilgan konlarni sanoat markazi bilan bog‘ladi.
Mirzacho'1, Jizzax, Qarshi cho‘llarida yangi yerlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq ravishda 1962-yilda Jizzax — Mehnat (133 km), 1970-yilda Samarqand—Qarshi (144 km) temir yo‘llari qurildi va yangi tashkil etilgan xo‘jaliklar respublika markazi va sanoat markazlari bilan qisqa masofada tutashtirildi. 1974-yilda Termiz — Qo‘rg‘ontepa (218 km), 1975-yilda Taxiatosh— Nukus (13 km) temir yo‘llari qurilib ishga tushirildi va Qoraqalpog‘iston poytaxti respublikaning temir yo'l tar-mog‘i bilan bog‘landi.
1972-yili Qo‘ng‘irot — Beynov (408 km) temir yo‘lining qurilishi natijasida O'zbekiston va boshqa O'rta Osiyo respublikalaridan sobiq SSSR Yevropa qismi va Kavkazga tomon ikkinchi temir yo'l ochildi. Respublika temir yo‘llarining uzunligi 1985-yilda 3,5 ming kmni tashkil etdi.
Avtomobil transporti tez sur'atlar bilan o'sdi. 50—70-yillarda respublikada zamonaviy avtomobil yo‘llari — Katta O‘zbekiston trakti (Toshkent — Termiz) ta'mirlandi, Toshkent — Olmaliq, Toshkent — Buxoro — Nukus, Mo‘ynoq — Zarafshon, Samarqand — Chorjo‘y, Farg‘ona halqa yo‘li, Toshkent halqa yo‘li qurilib foydalanishga topshirildi. Qoraqalpog‘iston trakti qurildi, u To'rtko'1 shahridan Amudaryoning so‘ngi sohili bo‘ylab Nukus shahri orqali Taxtako‘pirga olib boradi. Qizilqum cho‘lini kesib o‘tuvchi va qorako‘lchilik xo‘jaliklarini viloyat va respublika markazlari bilan bog‘lovchi Buxoro — Gazli — Sazakino avtomagistrali, Qamchiq dovoni orqali respublika poytaxtini qisqa masofada Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Toshkent — Angren — Qo‘qon yo‘li qurildi.
Toshkentdan barcha viloyat markazlariga va yirik shaharlarga, tuman markazlaridan kolxoz va sovxozlarga, posyolka va qishloqlarga qatnaydigan avtomobil marshrutlari tashkil etildi. Respublikada 70 dan ortiq avtobus-taksomotor parklari barpo etildi va ular o‘z davrining texnika vositalari bilan ta'minlandi. Respublikaning avtomobil yo‘llari uzunligi 80,4 ming km ni, shu jumladan, usti qattiq qoplama bilan qoplangan yo‘llar 66,7 ming km ni tashkil etdi. 1985-yilda avtomobil transporti 1960-yilga nisbatan 5,5 marta ko‘p yuk tashidi yoki 1985-yilda 1,1 mlrd. tonna xalq xo‘jaligi yuklarini tashidi. Umumiy foydalanishdagi avtobuslarda passajirlar tashish 1985-yilda 2,5 mlrd. kishini tashkil etdi, bu 1960-yilga nisbatan 7 marta ortiq edi.
Respublika iqtisodiyotida havo transportining ahamiyati ortib bordi. Havo yo‘llari respublikaning 120 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlarini bog‘ladi. Toshkent havo yo‘llari orqali Ittifoqning markaziy shaharlari, respublikalarning poytaxtlari, yirik sanoat markazlari bilan bog‘landi.
O‘zbekiston havo yo‘llarining uzunligi 60 ming km ga yetdi. 1985-yilda respublika aeroportlarida 5,5 mil-ionga yaqin passajir, 63,4 ming tonna yuk jo‘natildi.
Shahar yo‘lovchi transporti ham kengaydi. 1947-yilda Toshkentda temir yo'l vokzali bilan eski shahar orasida uzunligi 18 km bo‘lgan birinchi trolleybus yo‘li qurilib 10 ta trolleybus qatnay boshladi. 1946—1947-yil-larda shaharlarda taksi mashinalari orqali passajirlar tashish yo‘lga qo‘yildi. Trolleybus qatnovi Samarqand (1956), Olmaliq (1968), Farg‘ona (1970), Andijon (1971), Namangan (1973) shaharlarida ham yo‘lga qo‘yildi. 1985-yilga kelganda respublika shaharlaridagi tramvay yo‘llarining uzunligi 250,5 km ga trolleybus yo‘llari 541,4 km ga yetdi. Respublikaning 80 ta shahar va posyolkalarida avtobuslar qatnovi tashkil etildi.
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda Toshkent metropolitenining o‘rni katta. Toshkent metresi 1972-yildan boshlab qurila boshlandi, uning 12,1 kmlik birinchi yo‘nalishi 1977-yilda, ikkinchi yo‘nalishi 80-yillarda foy-dalanishga topshirildi.

Yüklə 227,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin