Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi


13 Urush yillarida maorif madaniyat



Yüklə 227,33 Kb.
səhifə18/45
tarix20.12.2022
ölçüsü227,33 Kb.
#76813
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
REFERAT - “O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN MA’RUZALAR TO’PLAMI

1

13 Urush yillarida maorif madaniyat

Fashist bosqinchilari SSSRning g‘arbiy qismidagi katta hududni, ko‘plab shahar va qishloqlarni bosib olib Moskva ostonalariga yetib keldilar. Sovet xalqi uyushqoqlik, birdamlik, misli ko‘rilmagan jasorat bilan dushmanni Moskva ostonalarida yer tishlatdi. Fashist gazandalari tor-mor etildi va uloqtirib tashlandi. Dushmanning Stalingrad, Kursk, Orel, Belgrad shaharlarida tor-mor etilishi va ularning SSSR tuprog‘idan yoppasiga haydab chiqarila boshlanishi natijasida ko‘pgina viloyatlar, shaharlar va qishloqlar ozod etildi. Dushman bu hududlarni bombardimon qilish va vayron qilish orqali bosib olgan bo‘lsa, chekinish davrida esa shahar va qishloqlarni yondirib, yanada vayron qilib ketardi.


Sovet xalqi hali urush davom etayotgan qiyin paytlardayoq dushmandan ozod etilgan shahar ya qishloqlarni, zavod, fabrika va boshqa xo‘jaliklarni qayta tiklashga kirishdi. Ozod etilgan hududlardagi xo‘jalikni tiklash ishlarida Sharqdagi barcha respublikalar, viloyatlar, shu jumladan, O‘zbekiston ham faol qatnashdi. Tiklash ishlari umumxalq ishiga aylandi.
O‘zbekistonning baynalmilallik yordami
Ozod etilgan shahar va qishloqlarga yordam berish harakati butun O‘zbekistonni qamrab oldi. Urushda zarar ko‘rgan viloyat, shahar va tumanlarga yordamlashish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar respublika hukumati, viloyat, shahar va tuman tashkilotlari va keng jamoatchilik orasida muntazam ravishda muhokama qilinib, zarur tadbirlar amalga oshirib borildi. Yordam davlat yo'li bilan va jamoatchilik yo'li bilan amalga oshirildi. Tiklash ishlariga yordam berish maqsadida Sherobod MTSining brigadir-mexanigi Odish Cheximov 10 ming so‘m, traktorchi Ro‘ziyev 15 ming so‘m berdi. Bu harakatni ko‘pchilik qo‘lladi. Samarqand viloyati ozod qilingan tumanlarga 170 million so‘mdan ko’proq pul, 80 mingta kitob va turli xil darsliklar yubordi.
O‘zbekiston temir yo‘lchilari ozod etilgan joylardagi temir yo‘llarni tiklashga katta yordam berdilar. Toshkent tovar stansiyasi temir yo‘lchilari 35 ko‘targich asboblar komplekti, 350 dona slesarlik asboblari, 2 mingdan ortiq ehtiyot qismlarini to‘plab G’arbdagi stansiyalarning birini tiklash uchun jo‘natdi. 1943 yil 30 martda Toshkent temir yo‘lchilari asbob-uskunalar ortilgan butun bir eshelonni Stalingrad temir yo'1 tarmog‘ini tiklash uchun yubordi. Uning tarkibida ko‘chib yuradigan maxsus ustaxona, ikkita parovoz, jihozlangan 33 ta vagon va platforma, dori-darmonlar va ishchi kiyimlari bor edi.
O‘zbekistonliklar ko‘chirib keltirilgan korxonalar, ilmiy va madaniy muassasalar, o‘quv yurtlarini o‘z o‘rniga qaytarish, binolarni tiklash va joylashtirish ishlarida ham faol qatnashdilar. Ko‘plab O‘zbekistonlik mutaxassislar va ishchilar rus, ukrain, belorus, moldavan do‘stlariga ko‘maklashish uchun jo‘nab ketdilar.
G’arbiy viloyatlarni tiklash ishlariga respublikamizning fabrika-zavod ta'limi maktablarini, hunar o‘quv yurtlarini endigina tamomlab chiqayotgan yoshlar ko‘proq yuborildi. 1943—1945-yillarda Donbass, Kiev, Leningrad va Ural korxonalari, qurilishlari va temir yo‘llarida ishlash uchun O‘zbekiston mehnat rezervlari maktablarining 15 ming talabasi jo‘natildi.
Ozod etilgan hududlar aholisiga qardoshlarcha yordam, respublikaning o‘zida moliyaviy resurslar, asbob-uskuna va materiallar, malakali kadrlar, iste'mol mollari yetishmay turgan og‘ir bir sharoitda berildi. Urush yillarida O‘zbekiston aholisining turmush saviyasi keskin pasayib ketganiga, xo‘jalik harbiy izda ishlayotganiga qaramasdan qardosh xalqlarga ko‘rsatgan baynalmilallik yordami o‘zbek xalqining buyuk insoniylik fazilatlarga sodiq ekanligining guvohidir.

Yüklə 227,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin