Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi



Yüklə 227,33 Kb.
səhifə27/45
tarix20.12.2022
ölçüsü227,33 Kb.
#76813
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
REFERAT - “O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN MA’RUZALAR TO’PLAMI

Mashmasozhk sanoat,
50—80-yillarda O‘zbekiston mashiljsozlik industriyasi ko‘p tarmoqli sohaga aylandi. 1985-yilda respublika sanoatida faoliyat ko‘rsatgan 1549 ta ishlab chiqarish birlashmalari, kombinatlari va korxonalarining 100 dan ortig‘i mashinasozlik tarmog‘iga tegishli bo‘lib, ularda tayyorlangan mashinalar salmog'i butun sanoat mahsulotining 16 foizini tashkil etardi.
Respublikada, birinchi navbatda, paxtachilikka xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmog‘ini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Toshkent qishloq xo‘jaligi zavodi (Tashselmash) qishloq xo‘jaligi mashinasozligining bosh korxonasi hisoblanardi (O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning mehnat faoliyatining dastlabki yillari mana shu yirik zavodda o‘tgan. LKarimov zavodda usta yordamchisi, usta-texnolog bo‘lib ishlagan). «Tashselmash» zavodida 1960-yilda 3184 ta paxta terish mashinasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1985-yilda 9425 ta ana shunday mashina tayyorlandi. Bu mashinalar Markaziy hokimiyat tomonidan ittifoqdosh respublikalarga, shuningdek, Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriya va boshqa 38 ta xorijiy mamlakatlarga eksport qilinardi. Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozlik zavodining Sirdaryo, Chirchiq va Asaka shaharlarida filiallari qurilib, ularda paxta terish mashinalarining turli qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
50-yillarda qishloq xo‘jalik mashinalari uchun reduk-torlar, bir qator traktor moslamalari ishlab chiqaruvchi «Tashirmash» zavodi qurildi. Bu zavodga 1963-yili O‘zbekiston traktor yig‘uv zavodi, 1971-yildan esa Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi agregat zavodi nomi berildi.
1957-yilda paxta tozalash sanoati uchun mashinalar ishlab chiqaruvchi «Tashxlopkomash» zavodi bazasida yirik «Tashavtomash» zavodi barpo etildi. Zavodda paxtani qop-qanorsiz tashuvchi transport vositalari va gaz — 51 yuk avtomobili uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu zavod 1967—1971-yillarda qayta jizohlanib, traktor ishlab chiqarish yo'lga qo‘yildi va unga Toshkent traktor zavodi nomi berildi. Zavod 1970-yilda 21,1 ming ta traktor, 38,5 ming ta pritsep (tirkama) ishlab chiqargan bo‘lsa, 1985-yilda 26,4 ming ta traktor, 38,1 ming ta pritsep (tirkama) ishlab chiqardi. Zavod mahsulotlari Markaziy hokimiyat tomonidan Kuba, Eron, Afg‘oniston, Pokiston va boshqa 30 ,dan ortiq xorijiy mamlakatlarga eksport qilinar edi.
1970-yilda O‘zbekiston paxtachilik mashinasozlik birlashmasi tashkil etilib, uning tarkibiga Toshkent traktor zavodi (bosh korxona), Paxtachilik mashinalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bosh konstraktorlik byurosi, Andijon «Kommunar» zavodi, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Chust paxtachilik mashinasozligi ehtiyot qismlari zavodlari birlashtirildi.
Respublika qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi muhim o‘rinni egallaydi. 1948-yildan beri «O'zbekselmash» nomi bilan yuritilib kelayotgan bu zavod o‘rish mashinalari, diskli baranalar, charxlash stanoklari, nasos changlagich-purkagichlar, motigalar, chigit ekish mashinalari ishlab chiqaradi. 1960-yilda ko‘rak chuvish mashinasi, 1965-yilda yerga to‘kilgan paxtani teradigan, g‘o‘zapoya yuladigan mashinalar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
1976-yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashmaga «Uzbekselmash» zavodi, Toshkent kimyo qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi hamda Paxtakor qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi biriktirildi. Birlashma korxonalarida turli modifikatsiyadagi chigit ekish seyalkalari, paxta podborshchiklari, changlagich-purkagichlar, ko‘rak chu-vish mashinalari, g‘o‘zapoya yuladigan mashinalar, ehtiyot qismlar va xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish tashkil etildi. Birlashma mahsulotlari ittifoqdosh respublikalar hamda Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Gretsiya kabi 28 ta xorijiy mamlakatga eksport qilinar edi.
Paxtaga ishlov berish vositalari ishlab chiqaruvchi Chirchiq qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi ham kengaytirildi. Mazkur zavodda kultivatorlar, o‘g‘itlash mexanizmlari, ariq-zovur qazish mashinalari va boshqa 47 xil qishloq xo‘jalik texnika vositalari tayyorlash ta'minlanardi.
Mashinasozlikning paxtachilik kompleksi tarkibiga kiruvchi yana bir yo‘nalish irrigasiya mashinasozlik tar-mog'idir. Bu tarmoqning markazi Andijondir. 1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Andijon irrigatsiya mashinasozligi zavodida yangi yerlarni o‘zlashtirish, kanallar va suv omborlari qurilishi bilan bog‘liq zovur kovlaydigan mashinalar, suv nasoslari, avtobenzotsisternalar, yer te-kislaydigan buldozerlar va skreperlar, greyderlar va kanallar tozalaydigan mashinalar, yuk ortib tushiradigan murakkab mexanizm va uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Paxtachilik kompleksi bilan bog‘liq bo‘lgan mashinasozlikning yana bir yo‘nalishi paxta tozalash sanoati va to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqarishdir. Bu tarmoqning yetakchi korxonalari 50—60-yillarda qurilgan Toshkent mashinasozlik zavodi, Andijon «Kommunar» zavodi va boshqalar hisoblanardi. Ularda paxta tozalash mashinalari, linterlar, paxta toylarini qabul qilish, saqlash, xillashning ko‘p mehnat talab qiladigan jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish mashinalari, quritish-tozalash asboblari, yuk tashish mashinalari ishlab chiqarilar edi.
To‘qimachilik sanoati tarmog‘ida 1946-yildan beri to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqarilib kelayotgan Toshkent to‘qimachilik mashinasozligi zavodi yetakchi o‘rinni egallaydi. Zavod 1948—1966-yillarda to‘qimachalik mashinalarining 48 ta yangi turini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 1966-yildan «PK-100» markali yigirish-eshish va shisha tolalariga ishlov beruvchi «PL-666» markali mashinalar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
O‘zbekiston aviatsiya sanoati ham o‘sib bordi. Toshkentda 1941-yilda Ximki shahridan keltirilgan zavod asosida aviatsiya zavodi barpo etilgan edi. Dastlab u PS-84 va IL-2 samolyotlarini ishlab chiqara boshladi. Toshkent aviatsiya zavodida 1953-yilda IL-14, 1958-yilda turli tipdagi transport samolyotlari, 1966-yilda esa AN-22 samolyotlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1972-yilda V. P. Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Uyushmaga Toshkent aviatsiya zavodi (bosh korxona), Andijon mexanika zavodi, Farg‘ona mexanika zavodi va Toshkent kislorod zavodi birlashtirildi.
Birlashmada samolyot yig‘iladi, uning turli detal va uzellari tayyorlanadi, shuningdek, xalq iste'moli buyumlari ishlab chiqariladi. (O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov ham 1961-yildan boshlab besh yil davomida Toshkent aviatsiya zavodida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi va yetuk mutaxassis bo‘lib toblandi).


Yüklə 227,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin