Qunhsh sanoat. 50-80-yillarda O‘zbekiston da qurilish materiallari sanoati rivojlandi. Urushgacha O‘zbekiston hududida bir necha kichik g‘isht zavodlari, 1926-yilda Bekobodda qurilgan Xilkovo sement zavodi, 1932-yilda qurilgan Quvasoy sement zavodi ishlagan bo‘lsa, 1985-yilda qurilish materiallari sanoatining ko‘plab korxonasi turli xil qurilish mahsulotlari ishlab chiqardi. Shular jumlasiga Bekobod, Quvasoy, Angren, Ohangaron, Navoiy, Qumqo‘rg‘on yirik sement zavodlari, Toshkent, Chirchiq, Yangiyo'1, Angren, Ohangaron, Bekobod, Bektemir, Jizzax, Samarqand, Andijon, Chirchiq, Farg‘ona, Qarshi, Nukus, jami 11 ta yirik panelli uysozlik kombinatlari va boshqalar kiradi.
O‘zbekistonda turli xil qurilish materiallari — sement, shifer, asbotsement quvurlar, pardozlash plitalari, issiqni saqlaydigan (termoizolyatsion), gidroizolyatsion materiallari, keramika quvurlari va boshqalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Angren uysozlik buyumlari zavodida emallangan cho‘yan vannalari, rakavinalar, cho‘yan kanalizatsiya quvurlari, Angren keramika buyumlari kombinatida quvurlar, Xovosda sopol quvurlar ishlab chiqarildi. Mahalliy sanoat korxonalarida alibaster, ganch, ohak, cherepitsa, chiy, qamish, plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi zamon qurilishida keng foydalanayotgan marmar va boshqa bezak toshlar asosida toshtaxtalar tayyorlash taraqqiy topdi. O‘zbekistonda 34 ta marmar koni bor. Toshkent, G‘azalkent, Ohangaron, Kitob, Nukus va G‘azg‘onda marmarni qayta ishlash, undan qurilish materiallari tayyorlash zavodlari va kombinatlari ishladi.
Yengii sanoat Respublikada yengil sanoatni ustun darajada nvojlantmshga imkon beruvchi barcha omillar mavjud. Birinchi navbatda, ko‘plab paxta, pilla, kanop xom ashyosi yetishtiriladi. Respublika yengil sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i-energetikasi va to‘qimachilik mashinasozligiga ega. Aholi tabiiy o‘sishining yuqori darajasi yengil sanoatni ishchi kuchd bilan yetarli darajada ta'minlash imkoniyatiga ega. Qolaversa, tez ko‘payib borayotgan aholi yengil sanoat mahsulotlarining asosiy iste'molchisi hamdir.
Tarix bunday omillar davlat mustaqilligi sharoitidagina to‘la hisobga olinishi mumkin ekanligini ko‘rsatdi. 50—80-yillardagi qaramlik sharoitida O‘zbekistonda yengil sanoat bir tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirildi. Asosiy e'tibor paxta qabul qilish, paxta tozalash, pillakashlik, qorako'1 teriga va kanop tolasiga dastlabki ishlov berish, yung yuvish tarmoqlarini rivojlantirishga qaratildi. O‘zbekiston bunday xom ashyolardan tayyor mahsulotlar tayyorlash imkoniyatiga ham, huquqiga ham ega emas edi. Bu masalani Markaziy hokimiyat hal qilardi. Tayyor xom ashyo Rossiya sanoat korxonalariga, Ittifoqning boshqa shaharlariga olib ketilardi va tayyor mahsulotga aylantirilardi, ortib qolgan xom ashyo boshqa mamlakatlarga sotilardi va undan katta daromad olinardi.
Respublikada 80-yillarda 107 ta paxta tozalash zavodi, ko‘pchiligi quritish tozalash sexlariga ega bo‘lgan 490 paxta punktlari ishladi. G‘ijduvon, Buxoro, Namangan, Juma kabi yirik paxta tozalash zavodlarining har biri yiliga 100 ming tonna paxtani qayta ishlardi. Yiliga respublikada 1,5 million tonna paxta tolasi yetishtirib berilardi.
Respublika to‘qimachilik sanoati yetishtirilgan paxta tolasining atigi 10 fpizini qabul qilishi va tayyor mahsulotlarga aylantirish imkoniyatiga ega edi. 70—80-yillar-ning boshlarida respublika to‘qimachilik sanoatining yirik korxonalari — Buxoro to‘qlmachilik kombinati (1973), Andijon ip-gazlama kombinati (1979), Nukus ip-gazlama kombinati (1983)ning Jizzax paxta yigiruv fabrikasi, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Yangiqo‘rg‘on, Beshariq, Rishton, Vobkent, G‘ijduvon filiallari qurildi. Tpshkent va Farg‘ona to‘qimachilik kombinatlari tarkibidagi bir qator fabrikalar qayta jihozlandi. Ip-gazlama ishlab chiqarish 1960-yildagi 234,7 million metrdan 1985-yilda 395,7 million metrga ko‘paydi.