O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi 1989-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O'zbekiston Kompartiyasi MQnmg XIV plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I. A. Karimov boshliq O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi kuchayib borayotganligiga e'tibor qaratildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini hitnoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l tutildi. Farg‘ona, Bo‘ka, Parkent voqealari oshkora muhokama qilindi va ularning asl sabablari ochib tashlandi. Bu voqealar o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmaganligi, xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan duslamanlik kayfiyatida harakat qilmaganligi qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan misollar bilan isbotlab berildi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatlar ustuvorligi ta'minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar to'dasi» o‘z mavqeini yo‘qotdi. Anishchev, Ogaryok, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko‘tarildi.
Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o‘zgarish shundan iborat bo‘ldiki, endi O'zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko‘tarish amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o‘z qo‘liga oldi.
Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo‘lib, juda katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi, ya'ni siyosiy mutelikdan qutulish tomon tashlangan qadam bo‘ldi.
O‘zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko‘rildi, to‘qib chiqarilgan «o'zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog'liq ishlar qayta ko‘rildi, aybsiz qamalgan o‘n minglab kishilar oqlandi, o‘z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi.
Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko‘tarilgan edi. O‘zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qaradi, keyinchalik o‘zbek va rus tilini teng mavqega ko‘tarishga urindi, shu yo‘sinda ikki tillilik haqidagi qonun loyihasini o‘tkazishga harakat qildi. Respublikaning yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo‘lini tanladi.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktyabrda bo‘lgan o‘n birinchi sessiyasida «0'zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qiladi, deb belgilab qo‘yildi.
1990-yil 19-fevralda «O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o‘quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respubllka ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo‘lib, mustaqillik sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi.
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko‘tarishga qaratilgan dastlabki sa'y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj bo‘lgan 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o‘z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta'minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990-yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta'minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990-yilda byudjetdan va korxonalar hisobidan 142 mln. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.
1990-yil 18-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashiga saylov bo‘ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo‘ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko‘rsatildi, deputatlik mandatiga bir nechtadan nomzodlar da'vogarlik qildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo‘lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to‘play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo‘lib o‘tdi.
1990-yil 24—31-mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 24-mart kuni sessiya Moskyaning tazyiqiga qaramasdan, respublikalar orasida birinchi bo‘lib «O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish to'g'risida» qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yo‘li bilan Islom Abdug'aniyevich Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi.
Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so‘zlab, O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-o‘zi pul bilan ta'minlashga o‘tishni ta'minlashni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta'kidladi. Hali SSSR va markaziy hokimiyat mavjud bo‘lgan sharoitda O‘zbekistonda o‘z Prezidentining saylanishi muhim voqea, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo‘ldi.
Respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi 1990-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston SSR Mustaqilligi to'g'risida Deklaratsiya qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya tamoyillariga asoslanib, O‘zbekiston SSRning Davlat suverenitetini e'lon qildi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, quyidagilar bayon etilgan: O‘zbekiston SSR Davlat suvereniteti O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.
O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o'zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Kengashi qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga kiradi.
O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo.
O‘zbekiston mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo‘lib, mamlakatknizning o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish yo‘lida yana bir muhim yangi qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston siyosiy mustaqilligini qo‘lga kiritishga tomon tutilgan yo'l iqtisodiy mustaqillik masalasi bilan qo‘shib olib borildi. «Prezident boshqaruvining muhim vazifalaridan biri, — deb ta'kidlagan edi I. Karimov — respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilish va o‘zini-o‘zi pul bilan ta'minlashga o‘tishni hal qilishdir».
O‘zbekiston rahbariyati xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazish yo‘lini mustaqil belgilashga kirishdi. «O'zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasi» ishlab chiqildi. Konsepsiyada O‘zbekiston xalq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari belgilab berildi. Mazkur masala yuzasidan hukumat dasturi 1990-yil oktabrida O‘zbekiston Oliy Kengashining IV sessiyasida muhokama qilindi va ma'qullandi. Sessiya respublika hukumatiga «O'zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va undan foydalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlashni topshirdi».
Shunday qilib, 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo‘lgan muhim voqealar davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish tomon dadillik bilan amaliy qadamlar tashlaganligini yaqqol ko‘rsatadi.
Takrorlash savollari
1. Qanday sabablar SSSRni inqirozli vaziyatga olib keldi?
2. «Qayta qurish» siyosati deganda nimani tushunasiz?
3. Nima uchun «qayta qurish» siyosati barbod bo‘ldi?
4, «Paxta ishi» nima, uning oqibatlarini bilasizmi?
5. «Kadrlar to'dasi» deganda nimani tushunasiz?
6. O‘zbekistonda qachon norasmiy tashkilot va harakatlar vujudga keldi, nima uchun ular xalq orasida tayanch va ishonchga ega bo‘la olmadi?
7. Farg'ona fojeasi nima sababdan sodir bo‘ldi, uning oqibatlarini bilasizmi?
8. O‘zbekiston Prezidenti lavozimi qachon ta'sis etildi, uning ahamiyatini bilasizmi?
9. I. A. Karimov qachon va qaysi vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi?
10. Mustaqillik Deklaratsiyasi qachon qabul qilindi? Uni yozib oling.
11. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish to'g'risidagi Qonun qachon qabul qilindi, uning ahamiyati haqida so‘zlab bering?