2. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud ahloq “ asaridan ta`lim-tarbiya jarayonida foydalanishga oid dars va tarbiyaviy tadbir ishlanmalari tuzish. Shuning uchun ushbu darsliklardagi va “Turkiy guliston yohud axloq” asaridagi matnlardan, masal va she'rlardan boshlang`ich sinflar ta'lim-tarbiyasi jarayonida foydalanishimiz mumkin.
Boshlang’ich sinflarning o’dobnoma va o’qish fani dasturlarini ko’rib chiqar ekanmiz, uning qator mavzularida Avloniy qarashlaridan foydalanish mumkinligiga guvoh bo’lamiz. Masalan, 1- sinf odobnomasining birinchi bo’limi “Salomlashish odobi” deb nomlangan. 1-sinfda “Oila-mo’’tabar dargoh“, 2-sinfda “Farzand burchi”, 3-sinfda “Bolalik - beg'uborlik, qarilik –donolik”, 4-sinflarda “Oilaviy munosabatlar odobi” nomli alohida boblar o’tilib, bularning barchasida ota-onani ulug’lovchi, oilaviy munosabatlarni mustahkam bo’lishini targ’ib qiluvchi Avloniy asarlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
1-sinf Odobnoma dasturida «Bobolar o’gitlari”, 2-sinfda “Bilim-aql bulog’i”, 3-sinfda “Donolar o’gitlari” va 4-sinfda “Ilm va hunar -ma'naviyatdir yuksak” nomli boblarni o’rganish ko’zda tutilgan. Bu boblardagi turli mavzularda ilm, uning afzalligi, ilm ahli, ilm ahliga hurmat, ilm mashaqqati haqidagi masalalar o’rganiladi. Shu mavzularni o’rganishda ham quyidagi qator masal, hikoyat va sh’erlardano’rinli foydalanilsa, ularning tarbiyaviy ta`siri yuksakroq bo’ladi. Maktab, vatan va turli boshqa mavzulardagi boshlang`ich sinf darslarida foydalanish mumkin bo`lgan she’r, hikoya va masallardan misollar keltiramiz
Avloniy ham ilmga, ma'rifatga katta e'tibor beradi. Jaholatni, ilmsizlikni qoralaydi va o`quv muassasasini insonning najot yo`li, xayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi.
Tarbiyaviy tadbirlar tuzishda quyidagilardan foydalaning! Maktab Maktab sizni inson qilur,
Maktab xayot exson qilur,
Maktab gami vayron qilur,
G`ayrat kilib uking, ug`lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur xusnu jamol,
maktabdadur milliy xayol,
G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!1