TURKIY TILLARI VA ARAB TILI Turkiy, mo`g'ul, tungus-manjur tillari uchun umumiy bo'lgan qadimgi leksik elementlar hozirgi kungacha saqlanib keladi. Masalan, oltoy tilida tola (tomon), mo'g'ul tilida tola (vodiy), manjur tilida tola (choi, vodiy).
G’arbiy xunn va Sharqiy xunnlarga bo'liugach, r-l tovushli tillarga z-s tovushli tillarga ajraldi. r-l tovushli tillarga qadimgi bulgor, xazar va hozirgi chitvashlarning avlodlari so'zlashgan bo'lsa, z—sh tovushli tillarda esa qadimgi o'g'uz, qirg'iz, qipchoq va qarluqlarining ot-bobolari gaplashgan. Hatto, bu davrda z-sh tovushli tillarning tfzlari ham bir-biridan uzoqlaslui boshlagan edl. Shuning uchun ham Mahmud Koshgariy o'guz va qipchoq tillarini alohida guruhga, uyg'ur tilini boshqa guruhga kiritib, ular o'rtasidagi fonetik farqlarni ko'rsatib berdi. Masalan, o'g'uz qipchoq tillarida yiliq suv deyilsa, uygurlarda iliq suv deyilgan. Uyg’urchamen berdim birikmasi o'guz qipchoqlarda ben berdim tarzida qo'llaniladi. Bundan anglash mumkinki, xunnlar davrida o'g'uz-qarluq- qipchoq ittifoqi tili bir guruhni tashkil qilib, keyinchalik qarluq va o'guz qipchoq guruhlariga bo'linib ketgan. Undan so`ng esa o'g'uz va qipchoq guruhiga bo`lgan. Umuman olganda, xunnlar davrida barcha turkiy tillar bir-biriga yaqtn uzoqligiga qarab, bir necha guruhni tashkil qilgan. Shuning uchun ham bu tillarda leksik-grammatik jihatdan o`zaro farqlar bor. Ular qadimgi turkiy tilning shakllanish va taraqqiyotiga zamin tayyorlaganlar.
V-X asrga kelib, turkiy tillar bilan mofg'ul tillari bir-biridan tamomila ajralib ketdi.
Turkiy qabilalar V asrda ancha kuchayib, dzlarining ko'chmanchi turk (tukyu) hoqonligini 550 yilda tuzdi. Bu hokonlikning chegarasi Amudaryo, Marv, Balx, Hindistongacha etib bordi. ffzaro urushlar arablar istilosi oqibatida turk davlati ikki qismga: 1) Markaziy Yettisuv bo'lgan garbiy turklarga. 2) Mo'g'uliston bo'lgan sharqiy turklarga ajraladi.
Qadimgi turkiy adabiy tilining yozma yodgorliklari runiy (urxun-enasoy) va uyg'ur yozuvlari orqali bizgacha etib kelgan.
Qadimgi turk davrida turkiy tillar differentsiatsiya qilindi. d-t tovushli tillar (qadimgi qirg'iz, qadimgi uyg'ur, o'g'uz)ga s-z tovushli tillar (qarluqqa) va y tovushli tillar (o`guz, qipchoq, qarluq)ga bo'linadi. Qadimgi turkiy til hozirgi turkiy tillarning shakllanishida asos btildi. Ana shu umumturk negizi tili xususiyatlari hozirgi barcha til tovushlarining grammatik qurilishi va lug`at boyligidagi umumiylikda ko'rinadi.
Hozirda mustaqillikka erishgan turkiy davlatlar dunyoning ko`plab mamlakatlari bilan va birinchi navbatda turkiy ellar bilan bevosita aloqalarni keng yo'lga qo`ya boshladilar. Turkiy yaqinlik, turkiy mushtaraklik va turkiy birlik hozirgi zamonda umumturkiy tilning ko'hna xossalarini sinchiklab tadqiq etish va mushtarak jihatlarni ochib berish, ayniqsa muhim.