Turkiy xalqlar adabiyoti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə28/34
tarix13.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#175981
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Turkiy xalqlar adabiyoti-fayllar.org (1)

Qorachay xalqi Shimoliy kavkazda yashovchi turkiy xalqlardan biridir. Keyingi yillardagi ma’lumotlarga qaraganda qorachay millatiga mansub aholining soni 250000 lar atrofida deb belgilangan. Bu xalq Shimoliy Kavkazda yashovchi boshqa aholisi oz sonli millatlar bilan bir tarixiy muhitni boshidan kechirgan.
Ko’p asrlar davomida fors, arab, mo’g’g’l bosqinchilari hukmronligi ostida yashadi. XVIII asrning oxirlarida qorachaylar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olangan. Qorachay xalqi qadimda tog’ va tog’ oldi hududlarida yashab asosan chorvachilik bilan shug’ullangan.
Rus adabiyotining geneysi, dunyoga mashhur mutafakkir yozuvchi L.N.Tolstoy o’z kundaliklarida, Qorachiylar Elbrus cho’qqisi etaklarida yashayotgan o’rtalikdagi xalqlardandir. Ular o’z va’dalariga sodiqligi, xushqomati va jasurligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi, deb yozgan edi.
Qorachay adabiyotning qadimgi davr asosan folklor asarlaridan iborat. Ular Baqar xalqi bilan tili va etnik kelib chiqishi bir bo’lganligi sababli, bu xalqlarning og’zaki ijodida juda ko’p mushtarak tomonlar, o’xshashliklar mavjud. Qorachay xalqi folklorini juda ko’plab qo’miqlar, ertaklar, maqollar, dostonlar, afsona va rivoyatlar tashkil etadi. To’ylarda va turli xalq marosimlarida qo’shiqlarni jirovlar ijro etgan. Bu xalq baxshilari nihoyatda ko’plab she’rlarni yoddan bilgan va muzika jo’rligida aytib bergan. Bu qo’shiqlar turli mavzularda bo’lib, ularning ko’pchilik qismini olqishlar tashkil etgan.
Xalq og’zaki ijodida Nortlar haqidagi ertaklar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Nortlar donishmand mard, jasur xalq qahramonlari. Ertaklarda ular o’z elini turli qora kuchlardan-devlardan, alvastilardan, besh boshli ajdaholardan va chet el bosqinchilardan himoya qiladi. Sosurka, Yoryuzmek, Satanoy singari xalq qahramonlarining jasorati haqidagi ertaklar xalq o’rtasida juda keng tarqalgan. Shu bilan birga, tarixiy-konkret shaxslar haqidagi ertaklar ham el orasida mashhur
bo’lgan. Ana shulardan biri «Qora Muso» ertagidir. Qora Muso o’z oilasining nomusini himoya qilib o’n besh yosh Qabardin knyazi Xudochajakov Kasaynni o’ldiradi. Chunki bu knyaz Qora Musoning akasining kelinchagi bilan birinchi kechani zo’rlab o’tkazmoqchi bo’ladi. Kelinchak esa bunday sharmandachilikdan ko’ra o’limni afzal ko’rib, o’zini suvga tashlab halok bo’ladi.
Qorachay xalq og’zaki ijodida Ko’sa va Nosir Xo’ja haqidagi latifalar ham ko’p tarqalgan. Xalq maqollarining ko’pchiligi boshqa turkiy xalqlar maqollari bilan o’xshash
Ana ko’ngli bolada
Bola ko’ngli og’ochda (o’rmonda)
Ata sыrы ulanda
Ana sыrы kыzыnda
Ala-bera bilmagan
Bersa ko’ziga uyqu kelmagan
Altau ayrы bo’lsa, aradag’in oldirar,
Ekau bir bolsa, to’badagin endirar.
Qorachay xalq folklorida olqishlar ham katta o’rin tutadi. Osmon tangrisiga, hosildorlik xudosi Dolayga bag’ishlangan qo’shiqlar juda ko’p uchraydi. Bularning ichida ovchilik xudosi Apsatga bag’ishlangan olqishlar, murojaatlar ko’pchilikni tashkil etadi. Undan tashqari, ko’pgina afsona va rivoyatlar ham qorachay xalq og’zaki ijodila mavjud. Qadimda qorachay xalqi arab alfavitidan foydalangan. Uning yozma adabiyotining shakllanishiga Sharq, xususan, ozarbayjon adabiyotining ta’siri katta bo’lgan.

XX asrda qorachay tilida gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi. Milliy maktablar ochildi, tipografiya, teatrlar tashkil qilindi. Bularning barchasi qorachay yozma adabiyotining shakllanishida katta rol o’ynadi.


Birinchi Qorachay ijodkorlaridan Islom Krimshamxalov, Asxat Badishev, Gemma Gebenov, Abul-Karim Bachchayev, Iso Qaraqotov, Azret Urtenov singarilarni ko’rsatish mumkin.
Azret O’rtenovning «Safiyat» nomli poemasida xotin-qizlar huquqlarining paymol qilingani haqida fikr yuritilgan. Kambag’al oiladan bo’lgan Safiyat katta qalin evaziga Meker degan boyga sotiladi. Qizning Sulaymon nomli sevgan yigiti ham shariat qonunlari oldida noiloj qoladi. Safiyat boyning iflos changaliga kirgandan ko’ra, o’z o’limini afzal ko’radi va o’zini Kuban daryosiga tashlab halok qiladi. Safiyat obrazi bu asarda tog’ qizlarining tipik obrazi qilib berilgani bilan e’tibolidir. Xuddi shunday xolat Daut Boyqulovning «Zalixat» nomli poemasining ham asosiy mazmunini tashkil qiladi.
30-yillarning boshlarida Qorachay adabiyotida dastlab kichik prozaik janrlar paydo bo’la boshladi. Gazeta va jurnallarda kichik – kichik badiiy ocherklar, felyetonlar, hikoyalar e’lon qilindi. Bunda yozuvchi Islom Karchaylining roli katta bo’ldi. Uning 1929 yili e’lon qilingan «Hasanning uylanishi» nomli hikoyasi Qorachay prozasining ilk namunasi hisoblanadi. Daut Boyqulovning «Bekmirzaning hayoti» nomli hikoyasida esa ijtimoiy hayot voqyealari real aks ettirilgan. Hasan Appayevning «Qora sandiq» nomli ikki qismdan iborat asari Qorachay adabiyotining birinchi romanidir. Asarda bir qancha sosial tiplarning obrazi berilgan. Asar voqyealari 1905-1920 yillarda ro’y bergan.
Maxamat Urisov, Toxtar Borlakov, Osmon Xubiyev kabi ijodkorlar urush davri va undan keyingi davr Qorachay adabiyotini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Ayniqsa Osmon Xubiyevning «Omonat» nomli roman trilogiyasi qorachay adabiyotining katta yutug’i bo’ldi. Halimat Bayramuqova keyingi yillar qorachay poeziyasining yirik vakili sifatida tanildi.
Uning ko’plab she’riy kitoblari xalq hayotining, inson his tuyg’ularining, ichki kechinmalarining aks-sadosi bo’lib yangradi. Qorachay adabiyoti keyingi yillarda bir qancha talantli ijodkorlar bilan boyimoqda.
Shimoliy Kavkazda yashovchi no’g’aylar ham turkiy tilda gaplashuvchi xalqlarga taaluqlidir. Bu xalqning adabiyoti o’z atrofidagi qo’shni xalqlar adabiyoti bilan chambarchas aloqada rivojlangan. Ko’pgina folklor asarlari boshqa turkiy xalqlar og’zaki ijodi bilan umumiy mushtaraklikni tashkil etadi.
«Qo’blandi botir», «Erjardin» singari epik dostonlar, ko’plab ertak va afsonalar, xalq qo’shiqlari – bu xalqning og’zaki ijodi juda boy ekanligidan dalolat beradi. Qadimgi adabiyot asosan folklor asarlaridan iborat bo’lib, uning ijrochilari xalq baxshilari sanalgan. Tarixda Sabri, Asan Qayg’u, Do’stmambet Azauli, Qaztug’an kabi baxshilar xalq orasida juda mashhur bo’lgan.
Yozma adabiyot asosan XX asrda shakllandi. Bu davrda turli mavzularda xilma-xil asarlar yaratildi. Fozil Abdujalilov «Buronli oqim» romanida 30-yillar no’g’ay ovulida yuz bergan katta o’zgarishlar tasvirlanadi. Romanning ikkinchi kitobi «Ulkan jamoa xirmoni» deb nomlanib, bunda ham urush va urushdan keyingi davr no’g’ay ovullaridagi kishilarning hayoti aks ettirilgan. Suyun Katayevning «Bekpo’lat» romanida ayrim tarixiy voqyealar katta mahorat bilan berilgan. bunda bir qancha afsona va rivoyatlar roman syujetiga singdirib yuborilgan. Yozuvchining «O’tish joyi», «Bolalar uchun hikoyalar», «Ko’hna hovli», «Oqshakvarak ovulida», «Xonadon» kabi hikoyalar to’plami kitobxonlarga manzur bo’ldi. X.Abdujalilov «Asantoy» nomli qissasida 20-30-yillardagi tarixiy voqyealarni aks ettirgan. Hozir no’g’ay adabiyotida bir qancha yosh talantlar ijod qilmoqda.
Shimoliy Kavkazda yashovchi turkiy xalqlardan yana biri balqarlardir. Bu xalqning o’ziga xos boy tarixi va folkloridir.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin