Türkmen dilinde işlikler



Yüklə 5,73 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü5,73 Kb.
#203329
Suray slayd.....

"Ming bir kechA"asarida hikoya qilish sanati

"MING BIR KECHA" (arab. "Alif layla va layla") — oʻrta asr arab adabiyoti yodgorligi. Asosan, 15-asrda arab tilida tarkib topgan ertaklar toʻplami (qoʻlyozmalari 17—19-asrlarga mansub). Asarning yaratilish tarixi, qaysi xalqning adabiy merosi ekanligi haqida turli fikr-mulohazalar mavjud. Tadqiqotchilarning xulosalariga koʻra, "Ming bir kecha" toʻplamidagi ertak va hikoyatlarni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: qad. davrga mansub hind-eron, oʻrta davrga mansub Bagʻdod va soʻnggi davrga mansub Misr ertaklari.

"Ming bir kecha" ning eng qad. asosi hind-eron ertaklaridan iborat eroncha "Hazor afsona" ("Ming ertak") toʻplami boʻlib, u 8-asrda fors tilidan arab tiliga tarjima qilingan. Oʻsha davrdayoq "Ming kecha" nomini olgan ushbu tarjima matni saqlanib qolmagan, uning aniq tarkibi haqida ham hech qanday maʼlumot yoʻq.

Arab olimi Ibn an-Nadimning yozishicha, bagʻdodlik adib al-Jahshiyoriy (942 yil v.e.) mazkur "Hazor afsona"ga oʻxshatib "Ming kecha" nomli ertaklar toʻplamini tuzishga kirishgan, biroq 480 ta toʻplagan paytda vafot etgan. 9— 10-asrlarga mansub, hind-eron va arab (Bagʻdod, Basra kabi shaharlarda yaratilgan) ertaklaridan iborat "Ming kecha" toʻplami 12—13-asrlarda Misrda yangidan-yangi mahalliy ertaklar bilan boyigan. Majmuaning "Ming kecha" oʻrniga "Ming bir kechak." deb atala boshlanishi ham shu davrga toʻgʻri keladi.


Majmuaning "Ming kecha" oʻrniga "Ming bir kechak." deb atala boshlanishi ham shu davrga toʻgʻri keladi. Nemis olimi Litmann bu oʻzgarishni turkchada noaniq koʻplikni anglatadigan "bin bir" (ming bir) iborasi bilan bogʻlaydi. Keyinchalik esa "Ming bir" iborasi toʻplamdagi kechalarning aniq miqdori maʼnosida qabul etilgan va toʻplamni shu nomga moslash uchun unga qoʻshimcha materiallar kiritilgan (17-asrda asar hozirgi tugallangan shaklga keldi).

"Ming bir kechak." asarining mazmuni, voqealar tasnifi turli davrlar, Sharq xalklari va mamlakatlarining tarixi bilan uzviy bogʻliq. Asar 300 dan ortiq qissa va hikoyalardan iborat boʻlib, ularda Sharq xalqlarining urf-odatlari, orzu-umidlari, tarixi, sarguzashtlari uz ifodasini topgan; xudbinlik, ochkoʻzlik, maishiy buzuklik, johillik kabi illatlar qoralanib, poklik, rostgoʻylik, donolik, kamtarlik, sahiylik singari fazilatlar ulugʻlangan.

"Ming bir kechak." kompozitsiyasi "ertak ichida ertak" tarzida tuzilgan boʻlib, undagi barcha ertak, hikoyat, masallar podshoh Shahriyor va vazirning oqila qizi Shahrizoda haqidagi ertak va hikoyatlar bilan oʻrab olingan. Malikaning xiyonatidan gʻazablangan Shaxriyor har kecha yotogʻiga yangi maʼshuqa keltirishni buyuradi va ertalab uni qatl ettiradi.

Navbat Shaxrizodaga kelganda, qiz behuda qon toʻkilishining oldini olish maqsadida shohga hikoya aytib bera boshlaydi va hikoya eng qiziq joyiga kelganda, tong otib, hikoya aytishni toʻxtatadi. Hikoyaning davomiga qiziqib qolgan Shahriyor qatlni keyingi kunga qoldiradi. Shu tariqa ming bir kecha oʻtadi. Shahrizodaning aklu zakovatidan lol qolgan Shahriyor unga uylanadi.

"Ming bir kechak." ning jahon kutubxonalarida 40 ga yaqin qoʻlyozmalari bor. Asarning birinchi, toʻla boʻlmagan fransuzcha tarjimasi (A. Gallan) 1704—17 yillarda nashr etilgan. Uning matnidan boshqa koʻplab yevropa tillariga ham tarjima qilingan. 1911-yil Sidqiy Xondayliqiy forscha matnidan, bir yildan keyin (1912-yil) Ahror Mahdum arabchadan oʻzbekchaga qisqartirilgan holda tarjima qilgan. "Ming bir kechak." 1959— 63 yillarda arab tilidan oʻzbek tiliga toʻla tarjima etildi.

"Ming bir kechak." hikoyalari Markaziy Osiyo va Yevropa xalqlarining ogʻzaki ijodiga, shuningdek, jahondagi koʻpgina xalqlarning yozma adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan (mas, moʻgʻullarning "Ming bir oqshom", peruliklarning "Ming bir soat", tatarlarning "Ming bir chorak soat", suriyaliklarning "Besh yuz yarim tong va boshqa").

"Ming bir kecha" arab ertaklari, o‘z mavzularining ko‘pligi, rango-rangligi bilan ham jahon adabiyoti miqyosida shuhrat qozongan. U sakkiz tomlik kitobdan iborat. Ko‘pchilik kitobxonlarning talablariga binoan uni yangi ko‘ringishda qayta nashr qilishni lozim topdik. Umid qilamizki, mashhur arab ertaklari kitobxonlarimiz uchun ajoyib tuhfa bo‘ladi.


E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 5,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin