Mavzu: Induktivlikda yig'ilgan toq zanjiri
Reja:
1. O‘zgaruvchan tok elektr zanjiri
2. Sig‘im qarshiligi ulangan o‘zgaruvchan tok zanjiri
3. Aktiv qarshilik va induktiv ulangan tok zanjiri
O‘zgaruvchan tok elektr zanjiriga ko‘p o‘ramli sim g‘altagi ulangan deb faraz qilaylik, uning aktiv qarshiligi nolga teng bo‘lsin. Bunday g‘altakdan o‘zgaruvchan tok o‘tganda, unda o‘zinduksiya hosil bo‘ladi. G‘altakdan o‘zgaruvchan tok o‘tganda hosil bo‘lgan magnit maydoni ham o‘zgaruvchan bo‘ladi. Magnit maydoni g‘altakni kesib o‘tib, unda elektr yurituvchi kuch (EYK) hosil qiladi, ya’ni o‘zinduksiya. 1.28-rasmda o‘zgaruvchan tok elektr zanjiriga ulangan induktiv qarshilik ko‘rsatilgan. Magnit maydonining oqimi qancha ko‘p bo‘lsa, magnit kuch chiziqlari g‘altak o‘ramlarini qancha tez kesib o‘tsa, g‘altak qancha katta bo‘lsa (g‘altakning har bir o‘ram uzunligi) va ketma-ket ulangan o‘ramlarining soni ko‘p bo‘lsa, o‘zinduksiya miqdori ham ko‘p bo‘ladi. G‘altakning magnit maydoni undan oqib o‘tayotgan tokka proporsional. Magnit kuch chiziqlarining o‘ramlarni kesib o‘tish tezligi o‘zgaruvchan tokning o‘zgarish tezligiga proporsional. Bundan o‘zinduksiya elektr yurituvchi kuchlari uchun quyidagi ifodani yozish mumkin:
bu yerda: I — g‘altakdagi tok; ω – o‘zgaruvchan tokning o‘zgarish tezligi (burchak tezligi), ω= 6,28 f; f – o‘zgaruvchan tokning tebranishi (chastotasi); L — g‘altakning hajmini ta’riflovchi, magnit oqimlari bilan tokning orasidagi munosabatlarini ifodalovchi koeffitsiyent. Bu koeffitsiyent o‘zinduksiya koeffitsiyenti yoki induktivlik deyiladi. Induktivlikning o‘lchov birligi qilib bir genri (H) qabul qilingan. Genri elektr zanjirining shunday induktivligiki, bir sekundda bir xil o‘zgaradigan o‘zgaruvchan tok 1 A ga o‘zgaradi, o‘zinduksiya 1 V elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Agarda yuqoridagi formulada ωL ifodani x bilan almashtirilsa, u holda:
bundan:
x qarshilikning r aktiv qarshilikdan farqi shundaki, u induktiv qarshilik deb aytiladi. Induktiv qarshilik miqdori aktiv qarshilikka o‘xshab Om da o‘lchanadi. 1.29-rasmda elektr zanjiriga ulangan induktiv qarshilikdagi kuchlanish, undan o‘tayotgan tok kuchi va quvvati egri chiziqlar bilan ko‘rsatilgan.
O‘zgaruvchan tok zanjiriga induktiv qarshilik ulanganda manbadan iste’molchiga kelgan va undan qaytib ketgan quvvat reaktiv quvvat deb ataladi. Uning miqdori kilovoltamperreaktivda (kVAr) o‘lchanadi. Zanjirdagi quvvatning koeffitsiyenti cos ϕ = 0 ga teng bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |