Turli nutq buzilishlarida logopedik tekshirish texnologiyasi 1
Turli nutq buzilishlarida logopedik tekshirish texnologiyasi
Reja:
1. Rinolaliyada logopedik tekshirish xususiyatlari
2. Dizartriyadagi logopedik tekshirish xususiyatlari
Logopedik tekshirish quyidagilarga asoslanadi:
Tizimli yondashuv asosida quyidagilar inobatga olinishi shart:
Nutqiy va nonutqiy tomonlarini tekshirish,
Bolani umumiy psixonevrologik holatini tekshirish,
Bolaning yosh hususiyatlarini hisobga olish.
Bola qanchalik kichik va uning nutq rivojlanishining umumiy darajasi qanchalik past bo'lsa,
diagnostikada nonutqiy buzilishlarni tahlil qilish shunchalik muhim bo'ladi.
Rinolaliyada logopedik tekshirish xususiyatlari
Rinolaliyali bolani tekshirishda logoped quyidagilarni bajarishi kerak:
1) tanglay-halqum yetishmovchilik mavjudligini va darajasini aniqlash,
2) qattiq va yumshoq tanglayda chandiqli o'zgarishlarni mavjudligi,
3) tanglay uzunligini belgilash,
4) tomoq orqa tomoni bilan birikish xususiyatini aniqlash (passiv, faol, funktsional),
5) tish-jag' anomaliyalarni aniqlash,
6) artikulyatsiya apparati harakat qobiliyatlarining xususiyatlarini aniqlash,
7) kompensator yuz harakatlarining mavjudligini aniqlash.
Dizartriyadagi logopedik tekshirish xususiyatlari
1. Nonutqiy buzilishlarni tahlil qilish (bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida juda muhim)
- tovush(ovoz)ning zaifligi yoki yo'qligi (afoniya);
- emish, yutishdagi qiyinchiliklar;
- yuzaki, tez-tez va aritmik nafas olish;
- ba'zi bir tug'ma shartsiz reflekslarning yo'qligi yoki kuchsizligi (so'rish, qidirish, labni cho'chchaytirish, kaft-og'iz);
- yuz assimetriyasi;
- pastki labni osilib qolishi, bu esa ko'krak tutishini qiyinlashtiradi;
- qichqiriq(yig’I, ovoz)ning intonatsion ekspressivligi, vokal reaktsiyalari yetarli emas;
- gugulash, guvrash tovushlari bir xillik va kech paydo bo'lishi;
- bola uzoq vaqt davomida chaynamaydi, tishlay olmaydi, qattiq ovqatni yeyishda tiqilib qoladi, piyoladan icholmaydi;
2. Nutqning buzilishini tahlil qilish
A) Artikulyatsion motorikaning holati:
B) Bolaning umumiy motorika qobiliyatlari holati: harakatlardagi xatto kichik buzilishlari ham qayd etiladi.
C) talaffuzdagi turg'un nuqsonlar.
Kinetik tahlil
Buzilgan tovush talaffuzining motor mexanizmi aniqlash artikulyatsion gimnastika va massajning differentsial usullarini tanlashga asos bo'ladi.
Fonetik xatolar
Kinetik xatolar
v - b
Lablarni etarlicha taranglashmasligi
v - ch
til o’rniga lab harakati (sirg’alishi)
b - m
yumshoq tanglayning sust harakati
p - f
Lab mushaklarini etarlicha qisqarmasligi
3.Dizartriyaning yengil yoki minimal ko'rinishlarini diagnostikasi
Asosiy diagnostika mezonlari:
1) zaif namoyon bo'luvchi artikulyatsion harakatlar hajmini cheklanganligi, xususan, tilning uchini yuqoriga egishning etishmovchiligi, shuningdek tilni oldinga cho'zganda assimetriyaning mavjudligi, uning bu holatdagi tremori va notinchligi;
2) sinkinezning mavjudligi (til yuqoriga ko'tarilganda pastki jag'ning harakati, til harakatlanganda barmoqlarning harakatlari);