Turli yosh guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish


O'rta yosh guruh tabiat burchagi



Yüklə 30,22 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü30,22 Kb.
#169723
1   2   3   4
1 Turli yosh guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish

2.2.O'rta yosh guruh tabiat burchagi. O'rta yosh guruhdagi bolalarda narsalarning xususiyat va sifatlarini (shaklining xilmaxilligi, rangi, kattaligi, sathining xarakteri va shu kabilar) ko'ra olish malakasi hosil qilinadi. Bolalar solishtirib ko'rishning murakkabroq usullarini egallaydilar, narsalarning farqi va o'xshashligini aniqlashni, ularni u yoki bu belgilariga ko'ra umumlashtirishni o'rganadilar. O'simlik va hayvonlar haqidagi bilimlar murakkablashadi. Bolalar o'simliklarning xususiyatlarini aniq farqlashni boshlaydilar, ularning hayotlari uchun zarur bo'lgan sharoitlari bilan tanishadilar. Shu bilan bolalar ko'rganda taniydigan hamda nomlarini biladigan o'simliklar soni ortib boradi.

Besh yoshga qadam qo'ygan bola hayvonlar bilan tanishar ekan, ularning tashqi ko'rinishi, tuzilishi, harakat qilishi, ovqatlanishining o'ziga xosligini va dastlabki bog'liqlik — harakat qilish xarakteri oyoqlarining tuzilishiga bog'liq ekanligini bilib oladi.


Jonli tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish jarayonida bolalar unchalik murakkab bo'lmagan ko'nikmalarni egallaydilar: bular — o'simlikni toza saqlash, uni to'g'ri sug'orish, suvdon va oxur (donxo'rak)larni yuvish, ozuqa berish kabi. Bu yoshdagi bolalar o'simlik va hayvonlarni kuzatar ekanlar, ularning o'sishi va rivojlanishidagi o'zgarishlarni qayd qiladilar, o'z kuzatishlarini to'g'ri gapirib berishni o'rganadilar. O'rta yosh guruhdagi bolalarning jonli tabiat haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida tabiat burchagining aholisini to'ldirib, boyitib turish talab qilinadi. Xona o'simliklari turli shakl va hajmdagi barglarga ega bo'lishi lozim, chunki bolalar o'simliklarni ozoda saqlashning o'zlari uchun yangi bo'lgan usullarini egallaydilar, egilgan barglarni mo'yqalam bilan artadilar, gullarga suv purkaydilar. Bunda bolalar parvarish qilish usulini barglarning xarakteriga: kattaligi, miqdori, sathining xarakteri, pishiqligiga ko'ra aniqlashni o'rganadilar. O'rta yosh guruh jonli tabiat burchagida doimiy yashovchilar sifatida sut emizuvchilarni ham saqlash mumkin. Bu yoshdagi bolalar ularni parvarish qilishning oddiy malakalarini bemalol egallay oladilar. Xattiharakatiga ko'ra qiziqarli bo'lgan dengiz cho'chqasi va siriya og'maxonlarini joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Ularni parvarish qilish qiyin emas, ular vaqt va muhitga oson shakllanadigan jonivorlardir.



Yüklə 30,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin