Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


Xo‘jalik va diniy e’tiqodlar, taqvimiy marosimlar



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Xo‘jalik va diniy e’tiqodlar, taqvimiy marosimlar. 
Xo‘jalik 
mashg‘ulotlari - hayot asosidir. Yer sug‘orish uchun suv, iqlim va 
boshqa tabiiy sharoitlar - ularning barchasi Shimoliy Kavkaz xalqla- 
rining alohida kuzatuvi va e’zozlashi sababchisi bo‘lgan. Yemi aholi 
muqaddas bilib, unga jahl bilan tupurish, zaruriyatsiz o‘tkir uchli 
narsalami unga tiqish taqiqlangan. «Yer meni jazolasin» matali yillar 
o‘tib qasam ichish turiga aylangani bejiz emas. Tog‘liklar mehnati 
og‘ir bo‘lib, asosiy oziq - nonga yetish talay qiyinchiliklami.yengib
349


o‘tishni talab qilgan. Non afsungarlik kuchiga ega hisoblanadi, uni 
yomon ko‘zdan asrash xususiyatiga ega deb bilishgan. Darg‘inlar 
(Dog‘istonxalqlaridan biri) tantana va bayramlarda nonni qo‘g‘irchoq 
shaklida pishirib, bayramlardan so‘ng birgalikda iste’mol qilganlar. 
Nonni pichoq bilan kesish mumkin bo‘lmagan (qo‘l bilan sindiril- 
gan), nonning ustidan sakrash taqiqlangan.
Yog‘ingarchilik bo‘lmasa qurbonlik qilish, bizdagi «sust xotin»ga 
o‘xshash qo‘g‘irchoq ramzini qilib suv ilohidan yomg‘ir so‘rashgan.
Chorvachilik ta’minlanganlik, boylik ramzi boTgan. Shuning 
uchun molning tuyog‘ini, boshini ko‘paytirishga alohida e’tibor qa- 
ratilgan. Bu jarayonning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli irim- 
marosimlar o‘tkazilgan. Yomon ko‘zlardan asrash uchun otning kalla 
suyagini molning qo‘ralariga o‘rnatib qo‘yishgan.
Kavkazliklarda butun xo‘jalik yili davrlarga bo‘linib, turli irim 
marosimlari bilan nishonlangan. Bu bayramlaming cho‘qqisi bahorgi 
tun va kunning tenglashgani - 22-martda o‘tkazilgan. Avarlar va lak- 
larda makka uni, loviya, bug‘doy, qora murch, molning (qo‘yning) 
kuzda quritib qo‘yilgan oyoqlari va iyaklari, sut va tuz ishlatilgan. 
Qishloqlarda tunda olov yondirib, qishning ramziy qo‘g‘irchoq aksi­
ni, katta yog‘och g ‘o‘lalarni yondirib pastga tashlashgan. Gulxandan 
sakrab o‘tib turli kasalliklardan forig‘ bo‘lishlariga ishonganlar.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin