Tushuncha, hukum va xulosaning fikr teranligini ta'minlanishidagi ro'li reja


XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg’or falsafiy ijtimoiy – siyosiy fikrlar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə17/109
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187328
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg’or falsafiy ijtimoiy – siyosiy fikrlar
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda chor mus-tamlakachiligining ildiz otishi natijasida Markaziy Osiyoning ko'p joylarida jadidchilik harakati yuzaga keldi.
Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asos-larini qayta qurishga qaratilganligi sababli eski tuzum tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi.
Ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy islohotlar yo'li bilan xalq va jamiyat hayotini yaxshilashga, madaniy yuksaklikka olib chiqishga qaratilgan dasturlarni bajarishga kirishildi. Jadidchilik jamiyatni to'ntarish yo'li bilan emas, islohotlar yo'li bilan rivojlantirishni o'zining asosiy vazifasi deb belgiladi.
Jadidlar Turkiston hududida uzoq davr mobaynida yuz bergan ijtimoiy-madaniy inqirozga barham berishga harakat qilganlar. Shu maqsadda san'at, din, matbuot, maorif, adabiyot sohalarida islohot o'tkazish g'oyalarini ilgari surganlar. Ular axloq-odob, e'tiqod, adliya, sog'liqni saqlash muammolarini qayta ko'rib chiqish, ijtimoiy-ma'naviy hayotning barcha sohalarini shakllantirishni maqsad qilib olgan edilar. Istilo qilingandan so'ng ta'lim-tarbiya sohasidagi tanazzul yanada chuqurlashdi. Endilikda Turkistondagi maktab va madrasalar maxsus yollangan ba'zi bir ayg'oqchilar tomonidan taftish qilinib, ularning faoliyati noto'g'ri talqin etilar, ta'hm maskanlarida turli bid'atlar rasm qihnardi. Vaqf mulklarini qisqartirish yo'li bilan bir qancha madrasalar yopib qo'yildi. Umuman, chor hukumati ma'muriyati o'lkadagi eski maktab va madrasalarga nisbatan turli xil kurash usullarini qo'llay boshladi. 1890-yildan boshlab idoraviy yo'l bilan nazorat qilib turish uchun maxsus inspektor (muboshir) lavozimi joriy etildi. 1896-yildan boshlab maktab va madrasalar shahar va uyezd hokimlari orqali nazorat qilinadigan bo'ldi. Ta'kidlanganidek, bu davrda Turkiston maktab va madrasalaridagi tarbiyaviy ishlarni general gubernatorlik boshqarardi. Mustamlakachilar 1875-yildan boshlab eski usuldagi musulmon maktablari qatorida awal o'z bolalarini o'qitish uchun Turkiston o'lka-sida ibtidoiy va o'rta maktablarni joriy qilishga kirishdilar.
Toshkentning ilg'or kishilari o'lkada tub o'zgarish qihshning bosh yo'li maorifni isloh qilish, deb bildilar. Shu boisdan ular maktablar ocha boshladilar, unda dunyoviy ilmlar va ras tili o'rgatila boshlandi. 1884-yil 19-dekabrda o'z qarashlari bilan tanilgan Toshkent savdogari Saidazim-boyning uyida mahalliy xalq vakillari uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Oradan bir yarim yil o'tgach, rus-tuzem maktablari rasmiy tarzda ma'qullandi va 1886-yili yana shunday 14 ta maktab ochildi.
Har bir rus-tuzem maktabiga «Faxriy mutavalli» tayin-langan bo'lib, u maktab joylashgan shahar va qishloqda yashaydigan boylardan bo'lar edi.
1891-yilning 1-yanvariga kelib, rus-tuzem maktablarining soni 89 taga yetadi. Rus-tuzem maktablaridagi o'qish 4 yil edi. O'quvchilar ras tili, matematika, kasb, ras qonunlari va shariatni o'rganardi.
Biroq chor Rossiyasining o'lkada rus-tuzem maktablari ochib, ras-tilini o'rgatishga bo'lgan sa'y-harakatlari orama-viylik kasb etmadi. 1917-yilning may oyida o'z davrining mashhur pedagogi F. Yegorov Turkiston maorifming ahvoli to'g'risida shunday xulosaga kelgan edi:
  1. Rus-tuzem maktablari tashkil etilishidan ko'zlangan maqsadga erisha olmadi. Normal aqliy rivojlanishni bera olmadi, ras tilini to'g'ri o'rgata olmadi, musulmon diniy ta'hmoti asoslarini ongli tushunishga xalaqit qila olmadi.


  2. Boshqa nohukumat maktablarning mavjudligi tuzem-chilarning keng ta'lim olishiga to'sqinlik qildi.


Shu boisdan 1917-yil 9-14-mayda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan O'lka o'qituvchilarining 1-qurultoyi kun tartibiga Turkiston o'lkasi aholisi uchun muhim bo'lgan rus-tuzem maktablarini tahlil etish to'g'risida masala kiritildi. Qurultoyning raisi qilib saylangan Munawarqori Abdura-shidxonov anjumanda Turkiston maktab ishlarini isloh qilish to'g'risida ma'ruza qildi.


Jadid maktablarini bitirgan o'nlab yoshlar ana shu jamiyat orqali musulmon Sharqining Istambul, Anqara, Qohira, Makka shaharlariga o'qishga yuborildi.
Jadidlar o’z faoliyati quyidagi ishlarni amalga oshirildi
1. Jadidchilik oqimi o'z g'oyalarini keng xalq ommasiga yetkazish niyatida yangi o'zbek adabiy tilini ishlab chiqish, matbuot hurligi uchun kurash, xalq ommasiga tushunarli adabiyot va teatr yaratishni belgilab berganligi diqqatga sazovordir.
2. Xotin-qizlarni paranjidan chiqarish va jadid maktablariga qatnashlarini ta'minlash yo'li bilan ular taqdirini o'zgartirish va oilada islohot o'tkazish, mahalliy boylar va savdogarlarning siyosiy va iqtisodiy jihatdan ras burjuazi-yasi bilan bir huquqda bo'lishi uchun, mahalliy amaldor-larning chor hukmdorlari tomonidan siquvga olinishiga qarshi kurash, shu yo'l bilan mustamlakachilik siyosatini
isloh qihsh ular dasturining markazida bo'ldi.
  1. Jadidlarning asosiy maqsadlari ilm va ma'rifatni egal-lashga da'vat qilish bo'lib, Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashga chorladi. Istilochi-lar va mahalliy mustabidlar oyog'i ostida toptalgan Turkis-tonni savodli, ma'rifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil mamlakatga aylantirish ularning g'oyaviy maqsa-di edi.


  2. Umuman, jadidchilik Turkistonda hukm surgan feodal munosabatlarga qarshi oqim bo'lib, xalqni Vatan musta-qilligi va taraqqiyoti uchun islohotlar o'tkazish, ziyoli va taraqqiyparvarlarni, boy va ulamolarni birlashtirishga undaydi.


5. Avvalo, jadidchilik harakati va g'oyalarining asosini Turkistonning o'zida vujudga kelgan tarixiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyat va sharoitlardan izlamoq kerak. Ma'lumki, Turkiston Sho'ro to'ntaraviga qadar ham, undan keyin ham istibdod tuzumi ostida bo'ldi. Binobarin, jadidlarning bosh g'oyalari ham ana shu istibdoddan qutulish va mustaqillikni qo'lga kiritish maqsadi bilan bog'lanib ketadi.


Xulosa o'rnida shu narsani ta'kidlash joizki, Turkiston zaminida vujudga kelgan milliy uyg'onish vakillari, ya'ni jadidlarning ko'pchiligi maorif sohasida islohotlar o'tkazish, yangi usul maktablari tashkil etish, turkistonliklar uchun qisqa muddatda rivojlangan, madaniyatli va farovon turmushni barpo etishga harakat qildilar. Ularning ezgu amallari, ilg'or g'oyalari avlodlar tomonidan davom ettirilib, ularni taxminan 130 yildan keyingina amalga oshirish imkoniyati paydo bo'ldi.
Xullas, ma'rifatparvarlik va jadidchilik harakati Turon-zamin xalqlari ozodligi va mustaqilligi, milliy ravnaqi yo'-lida muayyan bosqich bo'lib, xalqimiz ma'naviyati va madaniyati tarixidan alohida o'rin oladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin