Tushuncha, hukum va xulosaning fikr teranligini ta'minlanishidagi ro'li reja



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə65/109
tarix20.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#187328
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   109
Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол-fayllar.org

Sabab va oqibat - olamdagi narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi, ta’siri va aks ta’sirini, voqelikka xos ana shunday munosabatlar jarayonidagi sabab va oqibat bog‘lanishini ifodalaydigan kategoriyalardir.
Sabab olamning harakati va biron-bir vaqt doirasida bo‘lgan o‘zgarishdan so‘ng ikkinchi boshqa bir natijaning zaruran kelib chiqishini ta’minlovchi asosiy hodisani anglatadi. Oqibat esa hodisalar zanjirida sababning ta’siridan vujudga keladigan yangi hodisadir, sababning natijasidir. Sabab va oqibat bog‘lanishi ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, u narsa, hodisalar orasidagi aloqalarda amal qiladi. Masalan, ming yillar davomida Er kurrasidagi iqlimiy sharoitning o‘zgarib borishi o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zagarishiga sabab bo‘ldi. yoki qadim zamonlardan boshlab mehnat qurollarining takomillashtiriluvi mehnat unumdorligining oshishiga ham, ishlab chiqarishning rivojiga ham, pirovardida esa insoniyat taraqqiyotiga ham sabab bo‘ldi.
Narsa va hodisalararo sababiy aloqalarning yana bir muhim xususiyati shundaki, ular umumiy xarakterga ega. Tabiat va ijtimoiy hayotda sababsiz birorta hodisa yoki voqea sodir bo‘lishi mumkin emas. Erning quyoshga nisbatan hozirgi holatda joylanishi hamda Er sharining sirt tuzilishi va uning ham quyosh, ham o‘z o‘qi atrofida aylanishi sayyoramizda iqlim sharoitini o‘zgarib turishiga sababdir. Binobarin, sababiyat yoki sababiy bog‘lanishlar voqelikdagi barcha narsa va hodisalarda umumiy, qonuniy, istisnosiz amal qiluvchi munosabatlardir. Sababiy bog‘lanishlarni «bahona» va «shart-sharoit» singari tushunchalar bilan almashtirish mumkin emas. Masalan, sabab doim voqea, hodisalarga xos hamda ular o‘rtasidagi bevosita, ichki munosabatlarni bildiradi. Bahona esa sababga nisbatan tashqi turtki, xolos. Sababni voqelikka aylanishi, biron-bir oqibatni kelib chiqishi uchun ikkinchi darajali ta’sir ko‘rsatuvchi bo‘ladi. Masalan, birinchi jahon urushi boshlanib ketishiga gersog Ferdinandning o‘ldirilishi bahona bo‘lgan. Urushning kelib chiqishiga haqiqiy sabab aslida muayyan davlatlar o‘rtasidagi raqobatning keskinlashganligi hamda bo‘lingan dunyoni qaytadan bo‘lib olishga qaratilgan siyosatning Yuritilishi edi. Har bir sabab muayyan oqibatni keltirib chiqarishi uchun, albatta, ma’lum shart – sharoit zarur bo‘ladi. Lekin, shart – sharoit oqibatning sababini anglatmaydi. Shart – sharoit – muayyan oqibat tug‘ilishiga ta’sir ko‘rsatuvchi holat bo‘lib, sababni oqibatga aylanishida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Sababsiz yolg‘iz shart – sharoitning o‘zi oqibatni keltirib chiqarmaydi.
Olamdagi moslik, o‘simlik va organizmlarning muhit, shart – sharoitga moslashganligi ba’zi organizmlarni muhitga ko‘ra hatto o‘z rangi, tashqi qiyofasini o‘zgartira olishi, ayrim gullarning faqat erta tongda ochilishi, ba’zi kasalliklar fasllar, quyosh fa olligini oshishi hollari bilan bog‘liq ravishda kuchayishi kabi hodisalar sabab va qonunlar ifodasidir. Xususan, CH. Darvin o‘zining evolYusion ta’limotini, turlarning kelib chiqishi va tabiiy tanlanish jarayonini xuddi shu maqsadga muvofiqlik hodisasi ilmiy o‘rganish asosida yaratgan edi.
Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob’ektiv voqelikda mavjud bo‘lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi. Kategoriyalarda kishilik jamiyati ko‘plab avlodlarining tajribasi va faoliyati mujassamlashadi. Bilish natijalari o‘z aksini topuvchi tushunchalar va kategoriyalar bo‘lmasa, bugungi kunda bilishning o‘zi ham bo‘lmas edi. Kategoriyalar quyidagi ob’ektivlik, muayyanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik, tarixiylik, o‘zgaruvchanlik va sh.k. xususiyatlar bilan tavsiflanadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin