XIX asr falsafiy fikrning inson haqidagi ta’limotni rivojlantirishdagi eng muhim Yutuqlaridan biri - bu LYudvig Feyerbaxning (1804-1872) falsafiy antropologizmidir. U inson mohiyati muammosini falsafasining «birdan-bir, universal va eng oliy» muammosi sifatida qaradi va birinchi planga olib chiqdi. Biroq Feyerbax, aslida, insonga biologik nuqtai nazardan qaraydi, uning ijtimoiy mohiyatini izohlamaydi.
Antropologik tamoyil (ya’ni, ob’ektiv olamni inson mohiyatining hosilasidan iborat bir narsa sifatida qarash) ekzistensializm, hayot falsafasi, falsafiy antropologiya, antroposotsiologiya, freydizm va boshqa ko‘plab falsafiy va ijtimoiy oqimlarning asosida yotadi.
Ekzisensialistlar (J.P.Sartr, A.KamYu va hokazo) falsafaning asosiy muammosi deb insonning mavjud bo‘lishi masalalarini hisoblaydilar (Ekzistensiya). Inson faqat o‘zini anglashi mumkin. K.YAspers yozganidek: «Mavjud bo‘lish bilish demakdir va men ong sifatida mavjudman». Ekzistensializmning asosiy tamoyili - erkinlik tamoyilidir. Inson «ozod bo‘lishga mahkum etilgan» (J.P.Sartr). Ijtimoiy hayotning tangliklaridan chiqishning yo‘li - shaxsning individualistik borlig‘ida. Insonning o‘z diqqat markaziga qo‘Yuvchi yana bir oqim – «falsafiy antropologiya». Bu oqimning asoschisi - Maks SHeler (1874-1928) falsafaning asosiy masalasi «Inson nima?» degan savoldan iborat deb hisobladi.
Freydizmga avstriyalik psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) asos solgan. U shaxs tuzilmasida uchta asosiy qatlamni ajratib ko‘rsatdi «U» ongosti, «Men» yoki «EGO» (ong), YUksak «Men» (Yuksak ong).
Falsafa va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarda «individ», «individuallik», «shaxs» singari tushunchalar ko‘p qo‘llaniladi. Ularning o‘xshashligi va farqlari nimada? Bu tushunchalarning har birining mohiyati nimadan iborat?
Yuqoridagi tushunchalar qatorida «individ» tushunchasi birinchida turadi. U eng avvalo, muayyan insonning boshqa odamlardan alohidaligiki, «chegaralanib» olganligini ifoda etadi. Individ - bu Homo sapiens biologik turining ayrim olingan, yakka vakili. Individning asosiy xususiyati - bu uning boshqalardan ajralganligi, alohidaligidir. Individ - bu insonning eng oddiy va abstrak tavsifi.
SHunisi qiziqki, turli fanlar «individ» tushunchasini turlicha talqin etadilar. Masalan, psixologiya ushbu tushunchani ikki aspektda ko‘radi: a) individ ayrim olingan tabiiy mavjudot, tug‘ma va orttirilgan xususiyatlarning mahsuli, individual, o‘ziga xos xususiyatlarning sohibi sifatida; b) insonlar jamoasining alohida olingan vakili; o‘zining biologik cheklanganlik doirasidan chiquvchi qurollardan, belgilardan foydalanuvchi va ular vositasida o‘z xulqi hamda psixik jarayonlarini kasb etuvchi ijtimoiy mavjudot.
Psixologiya individning asosiy qirralari deb quyidagilarni hisoblaydi: 1) psixofiziologik tashkillashuvning yaxlitligi; 2) atrof dunyo bilan o‘zaro ta’sirdagi barqarorlik; 3) faollik.
Sotsiologiya nuqtai nazaridan individ - bu inson naslining ayrim olingan vakili va insoniyatning barcha ijtimoiy va psixologik xususiyatlarining: aql, iroda, ehtiyojlar, manfaatlar va boshqalarning muayyan sohibi. Bu holda «Individ» tushunchasi muayyan, aniq bir insonni anglatadi.
Va nihoyat, falsafa uchun individ ijtimoiy atom, alohida ajralib turuvchi mohiyat, ancha keng bo‘lgan ijtimoiy yaxlitlikning (guruhning, sinfning, millatning, insoniyatning) ayrim olingan vakili.
Individ - eng avvalo qandaydir ko‘plikni bir vakili, ko‘plarning biri. SHu ma’noda deyarli har bir odam - individ (ba’zan individium ham deyiladi va yoziladi).
Bu o‘rinda bir narsani ta’kidlash lozim: ajralib turish, alohidalik insonning spetsifik xususiyati emas, ob’ektiv dunyodagi barcha predmetlar va hodisalar u yoki bu tarzda ajralib turadi. Ammo insonga nisbatan ko‘proq boshqa bir tushuncha nisbat beriladi - «individuallik». U muayyan insonning noyobliki, betakrorligini anglatadi. Muayyan ma’noda individuallik - individdan shaxsga olib boruvchi pog‘onadir. Inson tug‘ilishidan individ bo‘lib tug‘iladi, biroq shaxs sifatida u o‘z individualligining barcha imkoniyatlarini ochish orqaligina shakllana oladi.
Individuallik individning o‘ziga xosligini, ichki dunyosining o‘ziga xosligini aks ettiradi, bu insonga xos umumiy (universal) va ayrim (noyob, o‘ziga xos) xususiyatlarning uzviy birligidir.
Inson falsafasidagi yana bir muhim tushuncha «sub’ekt» tushunchasidir. Sub’ekt sifatida ayrim olingan individ ham va qandaydir jamoa (guruh, sotsium va xatto umuman insoniyat) namoyon bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda bizni individual sub’ekt qiziqtiradi. Uning asosiy tavsiflari quyidagilardir: faollik, onglilik, maqsadning mavjudligi, o‘z-o‘zini anglash, xatti-harakatlar erkinligi. Sub’ekt sifatida inson muayyan ijtimoiy rolni o‘ynaydi. Odam sub’ekt bo‘lib tug‘ilmaydi, balki tarbiya jarayonida sub’ektga aylanadi.
Sub’ektivlik haqida so‘z ketganda mazkur tushunchaning ikki ma’nosi borligini esda tutish lozim. Birinchidan, u ayrim individning tanlovi sifatidagi sub’ektivlikni anglatadi, ikkinchidan esa ushbu individ insoniy sub’ektivlik doirasidan tamoyilan chiqa olmasligini bildiradi.
Shaxs tushunchasi falsafada va umuman insonni o‘rganuvchi fanlar majmuasida eng murakkab tushunchadir. Inson shaxsi rivojlanishining eng muhim biologik omili inson miyasidir. Ammo shaxs mohiyati - bu ijtimoiy xususiyatga molik hodisa. Miya esa moddiy organ bo‘lib, u orqali shaxs o‘z-o‘zini namoyon etadi.
Inson mazkur sotsiumga xos bo‘lgan me’yorlar, bilimlar, qadriyatlarning muayyan tizimini o‘zlashtiradi. Muayyan jamiyatning real shart-sharoitlari shaxsning ijtimoiy mohiyatini belgilaydi. SHaxsning shakllanishi jarayoni sotsializatsiya deb ataladi.
Falsafada shaxs muammosi - bu eng avvalo insonning mohiyati, uning dunyodagi, tarixdagi va jamiyatdagi o‘rni muammosidir. Muayyan ijtimoiy munosabatlar muayyan tarixiy tipdagi shaxsning shakllanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Antik davr odami uchun eng asosiy deb yaxshi firklar, intilishlar, istaklar hisoblangan va ular ijtimoiy amaliyotda qanchalik ro‘yobga chiqishiga umuman olganda katta ahamiyat berilmagan: «Insonni faqat uning ishlariga qarab emas, intilishlariga qarab ham baholash lozim» (Demokrit), «Inson qanday fikrlasa, u hayotda shundaydir» (Sitseron), «Bizning hayotimiz biz u haqda nima o‘ylasak ana shudir» (Mark Avreliy), «Axloqiy fazilatlar niyatlar bilan bog‘liqlikda ko‘zga tashlanadi» (Arastu).
Shaxsning sharq tipiga xos asosiy xususiyatlar quyidagilardir: mas’uliyat va majburiyatlarning inson huquqlari oldida ustuvorligi, xulq-atvordagi traditsionalizm, hulq-atvorning, jamoaviy modellarining individual me’yorlardan ustunligi, sotsiumga ko‘proq qaramlik, ijtimoiy muhit bilan aloqaning ko‘pligi.
Shuni esda tutish lozimki, shaxs tipi ijtimoiy munosabatlarning real tizimining in’ikosidir. SHaxsning shakllanishi va rivojlanishining muhim omili sifatida uning ijtimoiy faoliyati, sotsium hayotida muayyan rolni bajarishi namoyon bo‘ladi. Individ shaxs sifatida faqat turli tuman ijtimoiy munosabatlardagina o‘z-o‘zini namoyon etishi mumkin. O‘z vaqtida Arastu «insonning vazifasi uning ongli faoliyatidan iborat» deb hisoblagan edi. A.Jomiy «Qo‘llaring baquvvat ekan, mavjud ekan kundalik mehnatga ko‘ngil qo‘y» deya da’vat etgan bo‘lsa, Ibn Sino «Bekorchilik va ishyoqmaslik faqat nodonlikka sabab bo‘libgina qolmay, ayni paytda kasalliklarga ham sabab bo‘ladi» deb ogohlantirgan edi.
Shaxs - bu muayyan ijtimoiylashuv jarayonining natijasigina emas, bu uzluksiz o‘sib boruvchi jarayon. Agar doimiy rivojlanish, kamolotga intilish, olg‘a harakat bo‘lmasa, u holda shaxs buzilishi, degradatsiyaga duchor bo‘lishi mumkin.
Inson muammosiga yana ham chuqurroq kirib borish uchun insonni tabiiy-biologik, ruhiy-ma’naviy va ijtimoiy jihatlarning birligi sifatida olib o‘rganish inson mohiyatini bir qadar to‘laroq tushunishga imkon berishi aytilmoqda. Shu boisdan «inson va tabiat», «inson va jamiyat», «tabiat va jamiyat», «inson, jamiyat va shaxs» munosabatlari falsafada qaytadan yangicha tafakkur asosida ko‘rib chiqilib, yangicha baholanishlarini talab qilmoqda.
Insonning mohiyatini o‘rganish, avvalo, uning odam sifatida boshqa barcha turdagi tirik mavjudotlardan, xususan, hayvonlardan, hatto odamga juda yaqin maymunlardan farqlanuvchi qanday tabiiy-biologik xususiyatlarga ega ekanligini aniqlashni taqozo qiladi.
Inson biologik oliy tur - odam sifatida barcha tirik mavjudotlar kabi havodan nafas oladi, oziq-ovqat iste’mol qiladi, uning tanasi ham to‘qimalardan iborat, unda ham doimo modda almashuv - assimilyasiya va dissimilyasiya, to‘qimalarning paydo bo‘lishi, ko‘payishi, bo‘linishi, emirilishi va o‘lishi kabi jarayonlar kechadi. Insonning tanasi ham boshqa hayvonlar tanalari kabi tabiiy-biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Lekin inson oliy biologik tur - odam sifatida barcha hayvonlardan, shu jumladan, maymunlardan ham, tubdan farq qilib, u o‘ziga xos tashqi va ichki tuzilishi, ko‘rinishi jismoniy va ruhiy, ahloqiy va xulqiy jihatlariga ham ega. SHunga ko‘ra insonning faqat tabiiy-biologik jihatlari hali uning mohiyatini tashkil qilmaydi.
Qadimdan boshlab faylasuflar insonni hayvonlardan ajratib turadigan asosiy tafovutlardan biri deb, inson xulqini qayd qilganlar. Insonning xulqi uning ongi yordamida boshqariladi, u insonda ijtimoiy muhit ta’sirida, jamiyatning ta’limi, tarbiyasi va madaniyati orqali shakllanadi.
Lekin ko‘pchilik mutafakkirlar inson bilan hayvonlarni ajratib turadigan muhim farq bu - insonning ongi, insonda ongning mavjudligi, deb tushuntiradilar. Bunday yondashuv ma’lum darajada to‘g‘ri. Biroq inson bilan hayvonlar o‘rtasidagi bu farq ulardagi asosiy va muhim farqlardan faqat bittasidir, xolos. Bunda boshqa muhim farqlarni ham hisobga olish zarur. Masalan, ko‘pchilik mutafakkirlar va faylasuflar insonni hayvonlardan farq qildiruvchi muhim belgi – bu insonga xos til, nutq tili, degan fikrni ham bildirishgan.
Ba’zi mutafakkir faylasuflar insonni hayvonlardan farq qildiruvchi muhim omil, bu - madaniyatdir, deyishadi. Madaniyat faqat insoniyatgagina xos bo‘lib, u insonning inson sifatida shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Boshqa bir guruh mutafakkir faylasuflar esa insonni hayvonlardan ajratuvchi muhim farq - bu insonga xos ahloqdir, deyishadi.
Haqiqatdan ham hayvonlardan, avvalo, o‘zining odob-ahloqi bilan farq qiladi, hayvonlar esa odob-ahloqqa ega emas. Ahloq insonda inson ulg‘aygan ijtimoiy muhit: oila, bog‘cha, mahalla, maktab, ko‘cha-ko‘y, uni qurshagan kishilar ta’sirida qaror topadi.
SHuni aytish kerakki, biz Yuqorida ko‘rib chiqqan insonga xos xulq ham, ong ham, til ham, madaniyat va ahloq ham hamma-hammasi jamiyatda ijtimoiy muhitda, jamiyatning ta’limi, bilimi va tarbiyasi tufayli vujudga keladigan ijtimoiy omillardir. Jamiyat esa kishilarning ijtimoiy uYushgan birligi, ijtimoiy munosabatlar jamidan iboratdir. Jamiyat biologik individlarning oddiy yig‘indisi yoki odamlar to‘dasi, galasi emas. Biologik individlarning bunday birliklari poda, to‘da yoki gala, deb ataladi. Lekin ularning hech birida insoniy fazilatlar, insonlar jamoasiga xos belgi va xususiyatlar mavjud emas. Hayvonlarga xos bu birliklar, asosan, instinktlar, tabiiy-biologik xususiyatlar asosida tashkil topadi.
SHularni hisobga olgan holda faylasuflar: inson faqat oliy biologik tur, ya’ni odam bo‘libgina qolmasdan, u eng avvalo, ijtimoiy mavjudot - ijtimoiy zot, deyishib, insonni hayvonlardan butunlay farq qildiruvchi omil bu uning ana shu ijtimoiy tomonlaridir, degan fikrni bildirishgan.
Bizga ma’lumki, o‘rta asrlarlarda SHarq faylasuflari, xususan, Markaziy Osiyo mutafakkir faylasuflari tomonidan o‘z vaqtida to‘g‘ri ko‘tarilgan bu masala haqida juda teran va chuqur fikrlar aytilgan bo‘lishiga qaramay, unga e’tibor berilmay kelindi.
Inson muammosini o‘rganishda inson hayotining ma’nosi va mazmuni masalasini to‘g‘ri tushunish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun inson hayotining ma’nosini nima belgilaydi, uning mazmunini nimalar tashkil qiladi? Inson qanday yashasa, uning hayoti mazmunli kechadi?... kabi savollarga javob berish lozim bo‘ladi. Ochig‘ini aytganda, insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab bu savollarga javob izlab keladi. Bu savollarga javob berish falsafada inson muammosining muhim tomonini tashkil qiladi. Chunki bu masala inson o‘zini anglashga kirishgan vaqtdan boshlab uzoq davrlar davomida kishilar dunyoqarashning muhim jihatini tashkil qilib keladi. SHuning uchun ham diniy va dunyoviy, milliy va umuminsoniy masalalar bilan shug‘ullanib kelgan buYuk olimlar, davlat rahbarlari va shu kabilardan tortib, oddiy kishilargacha bu masalani o‘z hayotida hech kim chetlab o‘tmagan.
Ma’lumki, har bir insonga hayot bir marta beriladi, shu jihatdan har bir kishining dunyodagi yashash betakror, uning bu dunyoda vaqtincha va o‘tkinchi, hech kim bu dunyoda abadiy yashash mumkin emas. Inson bu dunyoda qancha yashamasin, qanday yashamasin, baribir, bir kun kelib, bu dunyodan ko‘z Yumadi, uni tark etadi, ya’ni u vafot etadi. Har qanday sharoitda ham inson uchun bu dunyoda o‘lim muqarrardir. SHu sababli inson bu dunyodan nom-nishonsiz o‘tib ketmasligi uchun imkoni boricha harakat qilish lozim. Inson dunyoga keldimi, u hayotda shunday ish qilishi, shunday yashashi kerakki, u umrining oxirida o‘limi oldidan o‘z hayoti bekorga o‘tmaganligi, bir marta yashashga berilgan umr bekorga elga sovrilmaganligi, ayniqsa, o‘zi uchun, o‘z oilasi, bola-chaqalari farzandlari, eli, xalqi, millati va Vatani uchun yaxshi ishlar qilib, uning umri samarali, ma’noli kechganligi, mazmunli o‘tganligiga qoniqish hosil qilib, bu hayotdan rozi bo‘lgan holda ko‘z Yumishi lozim.
Buning uchun har bir kishi bu dunyoga kelgandan keyin, avvalo, o‘z hayot yo‘lini to‘g‘ri aniqlab to‘g‘ri belgilashi, hayotdan o‘z o‘rnini to‘g‘ri topishi, hayotda ongli yashashi, o‘z hayotini to‘g‘ri qurishi, o‘z oldiga buYuk va olijanob maqsadlar qo‘yib, ularni amalga oshirish uchun doimo sabot va qunt bilan harakat qilish, kurash olib borishi zarur. Chunki har bir inson bu dunyoga kelar ekan, u hur va ozod hamda baxtli yashashga ham tabiiy va ham ijtimoiy jihatdan haqlidir.
Inson, aslida, dunyoga baxt uchun, baxtli hayot qurish va kechirish uchun, hayotning moddiy va ma’naviy ne’matlaridan to‘liq barhamand bo‘lib yashash uchun keladi. SHuning uchun inson dunyoda kelajakka doimo yaxshi umid bilan yashaydi. U o‘z oldiga doimo yaxshi orzu-havaslarni qo‘yib, shu orzu-havaslarga erishsam, farzandlarimning baxti va kamolini ko‘rsam, deb; men ko‘rmagan baxtli kunlarni farzandlarim, nabiralarim ko‘rsa deb, yaxshi va qutlug‘ niyatlar qiladi, kelajakka katta umidlar bilan boqadi. Bunday qarash milliy istiqlol g‘oyamizning ob’ektiv omili rolini ham o‘ynaydi. Xalqimiz, millatimizning hamjihatlikda kelajak orzu-umidalri bilan yashashi va mehnat qilishi Yurtimizni obod va farovonlik sari etaklaydi.
Falsafa inson hayotining ma’nosi va mazmuni deganda avvalo, insonning dunyoda o‘zining boshqa kishilarga kerakligini anglab yashashini, uning hayotda o‘z yo‘lini to‘g‘ri belgilab, hayotda o‘z o‘rnini to‘g‘ri topishini, qilgan yaxshi va ezgu ishlarining beiz ketmasligiga ishonch hosil qilib, o‘z mehnatiga yarasha jamiyatda izzat-ikromga ega bo‘lishini, uning mehnatiga boshqalar hurmat bilan qarab, uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yishini, uning mehnati va ishlari qadrlanishini, unga berilgan umrining samarasiz o‘tmaganligini tushunadi.
Inson hayotining ma’nosi, aslida, har bir kishi o‘zining kamolotga tomon doim beto‘xtov, uzluksiz harakat qilib, intilib yashashidir. Lekin uning kamolotga etdim, deb unga intilish, harakat qilishdan to‘xtashi, insonning o‘z-o‘zini mahv etlishidir.
Inson hayotining qadr-qimmati esa o‘z hayotini ongli va mazmunli qurishi, ma’lum maqsadlar asosida yashashi, shu maqsadlari yo‘lida kurashishi, boshqa kishilarga nafi va yordami tegishi, o‘zidan, avvalo, yaxshi ishlar, yaxshi nom qoldirishi, o‘z ishlari va hayotni davom ettiruvchi tarbiyalab o‘stirishi, eli, Yurti vatani manfaatlari uchun kurashishi, savob ishlarni ko‘p va xo‘p qilishi asosida qaror topadi. Lekin buning uchun u yoshligidan qunt va sabot bilan o‘qish, ilm-ma’rifat o‘rganishi, Yuksak ma’naviyatli bo‘lib kamol topishi zarur. SHundagina u komil inson bo‘lib etishadi.
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. CHunki har bir jamiyat a’zosi, bo’lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o’zining bevosita ko’rinishi bo’lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g’amxo’rlikni; bolalar tarbiyasini o’z ichiga oladi.