Tushunchalarni ta`riflash



Yüklə 245,81 Kb.
səhifə7/9
tarix13.12.2023
ölçüsü245,81 Kb.
#174355
1   2   3   4   5   6   7   8   9
10 TUSHUNCHANI TA`RIFLASH QOIDALARI

Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig`indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o’zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog`liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»ga oid bo’lish» belgisini qo’shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo’lgan «mantiq fani» tushunchasiga o’tiladi.
«Fan» tushunchasining hajmini kengaytirish bilan mazmun jihatidan unga nisbatan torroq bo’lgan «ijtimoiy ong shakli «tushunchasi hosil qilinadi. Bunda faqat fanga xos bo’lib, boshqa ijtimoiy ong shakllarida, masalan san’atda bo’lmagan spestifik belgilar tushuncha mazmunidan chiqarib tashlanadi.
Bu qonun tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amallar asosida yotadi.
3. Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo’yicha bir qancha turlarga bo’linadilar. Xususan, hajmiga ko’ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.
Yakka tushunchaning hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Er planetasi», «O’zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. Umumiy tushunchalar predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, «ximiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni hisobga olish mumkin. «Yulduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni hisobga olib bo’lmaydi.
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to’plovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir. Masalan, «O’zMU talabalari ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini o’rganmoqda» degan fikr O’zMUning har bir talabasiga tegishli. Demak, «O’zMU talabalari» tushunchasi bu erda ayiruvchi tushunchadir."O’zMU talabalari ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi yakunlarini muhokama etishmoqda» degan fikrda esa, «O’zMU talabalari» tushunchasi to’plovchi tushuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning to’plamiga nisbatan bildirilgan.
Mazmuni bo’yicha tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret tushunchalarga bo’linadilar. Konkret tushunchalarda predmet o’zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. Abstrakt tushunchalarda esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, «qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go’zallik» (borliqdagi predmetlarga xos xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir.
Mazmuni bo’yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. Nisbatsiz tushunchalar nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo’lgan predmetlarni aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir.
Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo’lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O’qituvchi» va «O’quvchi», «Ijobiy qahramon» va «Salbiy qahramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.
Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar xam farq qilinadi. Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo’lmagan belgilar orqali fikr qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», «Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir.
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish demakdir. Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushuncha; «A. Navoiy nomli O’zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka, to’plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir.
4. Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o’zaro aloqada bo’lganligi uchun, ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o’zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo’lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo’lgan, mazmuni va hajmi jixatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi.
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo’lgan, ko’p hollarda moddiy yoki ideal bo’lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo’lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go’zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy munosabatlar o’rganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig`ishadigan va sig`ishmaydigan bo’ladi.
Sig`ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to’laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o’rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo’ysunish. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo’lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan,



Yüklə 245,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin