Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 26,87 Mb.
səhifə4/42
tarix21.09.2023
ölçüsü26,87 Mb.
#146379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
5-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Tasdiqlayman:
Maktab MMIBDO‘: ________A.Mamadaliyev
Sinf soati” mashg‘ulotlarining 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘quv-mavzu rejasi
5–SINF



O‘tiladigan mavzular

Soat

Rejada

Amalda

1.

Taraqqiyot odimlari

1







2.

Ona tabiyatni asraylik

1







3.

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi.

1







4.

Jahonda bo‘lmasa muallim agar, hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar

1







5.

“Siyosiy huquqlar” to‘g‘risida tushuncha

1







6.

Ona tilim - davlat tilim (O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







7.

Transport vositalarining harakati (Yo‘l harakati qoidalari).

1







8.

Jamoa bo’lish zavqi

1







9.

Yo‘l chiziqlari va ularning vazifalari.(Yo‘l harakati qoidalari)

1







10

Ilm va zakova tushunchasi

1







11.

Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz (18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







12.

Yo‘l harakati qoidalaridagi asosiy tushuncha va atamalar (Yo‘l harakati qoidalari).

1







13.

Huquqiy madaniyat – komil inson belgisi (8 dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







14.

Madhiyam faxrim mening (10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

1







15.

Tartibga soluvchining ishoralari (Yo‘l harakati qoidalari).

1







16.

Yangi yilda yangi orzular! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

1







17.

Tinchlik va osoyishtaligimiz garovi (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

1







18.

Chiroyli hulq-inson ziynati

1







19.

Yo‘l harakati qoidalari nima uchun kerak?

1







20.

Inson qalbining quvonch-u qayg‘usi kuychisi (G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan).

1







21.

Vatan sog‘inchi ila yashagan siymo (Shoh va shoir Z.M.Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan)

1







22.

Ilmli kishi xor bo’lmas

1







23.

Tejamkorlik – farovonlik manbai.

1







24.

Har doim sog‘ bo‘lsin onam! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

1







25.

Sport-sog’lik garovi

1







26.

Navro‘z – mehr-oqibatni ulug‘lovchi qadriyat (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).

1







27.

Amir Temur – komillik namunasi (Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

1







28.

Mehnatdan kelsa boylik-turmush bo’lar chiroylik

1







29.

Maxsus avtomobil va mototsikllar haqida suhbat (Yo‘l harakati qoidalari).

1







30.

“Qahramonlik,burch va fidoiylik (Xotira va qadrlash kuni oldidan).

1







31.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (Yo‘l harakati qoidalari).

1







32.

Kitobdan yaxshi do‘st bo‘lmas.

1







33.

Buyuruvchi belgilar (Yo‘l harakati qoidalari)

1







34

Yoz-o’tadi soz!

1









1-Mavzu: Taraqqiyot odimlari
Kun shiori: “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!”
Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish.
Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg’ularini o’stirish. Mustaqillik, erkinlik, O’zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug’lash, o’zlikni anglash tuyqularini shakllantirish.O’quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o’stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulot ning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Vatan tuyqusi", "Milliy istiqlol g’oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo’lganlaridan foydalanish.
Mashg’ulotning borishi:
1.Tashkiliy qism: A) salomlashish B) davomat C) sinf tozaligi va tartib-intizom
D) o’quvchilarni faollashtirish uchun qisqa savollar.
Asosiy qism:
1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so’ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O’zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va o’quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)
O’quvchilarning javoblarini o’qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o’zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi.
Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so’zning zamirida katta va ulug’ huquqga ega bo’lish degan tushuncha mujassam.
2-savol. "Jonajon O‘zbekistonim,mangu bo’l omon" deganda nimani tushunasiz?
O’quvchilarning javoblarini o’qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz.
"Jonajon O‘zbekistonim,mangu bo’l omon" Uning baxtu saodati, yorug’ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo’lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.
3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o’ylab ko’rganmisiz?
O’quvchilarning javoblarini o’qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
B iz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o’zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo’lish degani. Hushyorlik ogoh bo’lib yashash - bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo’lishi lozim.
Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O’zbekiston davlatining uchta ustunidir.
4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti?
O’quvchilarning javoblarini o’qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.
O’qituvchi eng ta’sirchan va mazmunli fikrlarni bildirgan o’quvchilarni rag’batlantirib boradi.





Yüklə 26,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin