Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil



Yüklə 18,78 Mb.
səhifə31/39
tarix22.09.2023
ölçüsü18,78 Mb.
#146906
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
7-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil


26-mavzu: Qadimiy qadriyatlarimiz (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
Kun shiori: “Ezgulik timsoli – Navro’z xush kelding!”
Maqsad: O’quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo’qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
M illiy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O’quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
F oydalanadigan ko’rgazmali qurollar: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Abdulla Oripov Adolat ko’zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
O’qituvchi:
Milliy ma'naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram — sharqona yangi yil bo'lmish Navro'z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo'ladi.
Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyona bilan o'tkazadigan Navro'z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko'p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo'lib kelmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, yangilanish va ezgulik timsoli bo'lgan Navro'z falsafasi xalqimizga mansub odamiylik, mehr-oqibat, muravvat va himmat kabi yuksak xususiyatlardan oziqlanib kelgani, ajdodlarimiz asrlar davomida qanday buyuk umuminsoniy g'oyalardan bahramand bo'lib, ma'naviy kamol topganining yana bir tasdig'idir, desak, hech qanday xato bo'lmaydi.
Milliy qadriyatlar deb, muayyan xalqning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan, uning milliy o’zligi, e’tiqodi, dunyoqarashi va turmush tarzini aks etiradigan, ijtimoiy qimmati bilan hayotiy zaruratga aylanib qolgan urf-odat, an’ana va tamoyillarga aytiladi.
Milliy qadriyatlarga millatning tili, dini, urf-odatlari, an’analari, bayramlari, o’zaro muloqat hamda muomala shakllari va boshqalar kiradi.
Umumbashariy qadriyatlar deb, insoniyat uchun umumiy bo’lgan talab va ehtiyojlarga javob beradigan, barcha xalqlar uchun birdek hayotiy ahamiyat kasb etadigan an’ana va tamoyillarga aytiladi.
Milliy qadriyatlar xalqning o’zligini saqlash, o’ziga xos turmush tarziga amal qilib yashashda beqiyos ahamiyat kasb etsa, umumbashariy qadriyatlar boshqa xalqlar bilan do’st-inoq bo’lib yashash, ularning tajribasini o’rganish, jahon hamjamiyati bilan birga qadam tashlashda alohida o’rin tutadi. Milliy qadriyatlar zamirida bir xalqning tarixiy an’analari, turmush tarzi va hayotiy qarashlari mujassam bo’lsa, umumbashariy qadriyatlar butun insoniyatga xos taraqqiyot tajribalarini ifoda etadi.

Yüklə 18,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin