Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 11,37 Mb.
səhifə14/40
tarix20.09.2023
ölçüsü11,37 Mb.
#145857
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
10-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Mashg’ulotni yakunlash:

  1. Oilaning ma`naviy iqlimi deganda nimani tushunasiz?

  2. Oila sha`nini, uning obro`-e`tiborini saqlash oila a`zolaridan nimalarni talab etadi?

  3. Oilaviy muhitning sog`lomligi nimalarga va kimlarga bog`liq?

  4. O`z oilangiz tinchligi va totuvligini ta`minlashga siz ham o`z hissamni qo`shyapman, deya olasizmi?

  5. «Uzumini yeng-u, bog`ini surishtirmang» degan maqolning salbiy maqsad-mohiyatini sharhlashga urinib ko`ring.

  6. «Halol» va «harom» tushunchalari to`g`risida sinfdoshlaringiz bilan bahs o`tkazing.

  7. «Bir bolaga yetti qo`shni ota-ona» degan iboraning mohiyatini izohlab bering.

Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil


10-Mavzu: Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).
Kun shiori: “O`zbekiston kelajagi – yoshlar qo`lida”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, rus tili fan oyligida munosib ishtirok etishlikni uqtirish.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
D oskada: “XXI asr intelluktal yoshlar asri”

O`qituvchi:


“Avvaliga biz bolalarimizga o`rgatamiz. So`ngra o`zimiz ulardan o`rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o`z davridan orqada qoladi” Ya. Raynis
Darhaqiqat, bu allomaning fikrini chaqadigan bo`lsak, bugun farzandlarimiz juda ko`p tillarni bilishi, texnika asboblarini bizdan ko`ra yaxshi bilishi va biz bugun ulardan o`rganayotganimiz albatta, bu yoshlarimizning davr bilan hamnafas intelektual bilimlari kuchliligidan dalolat beradi.“Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo`lib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda o`ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo`lgan yurtlarning donishmandlari – eng mo`tabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O`zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o`z o`rni, hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o`z tariximizdan juda ko`p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi g`oyani yodga oling. Unga ko`ra jamiyatning har bir fuqarosi – mansabi, tutgan o`rni, ya’ni kim bo`lishidan qat’iy nazar Fozil kishi. Fozil inson o`z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, fikrlaydi, o`z kasbining ustasi, lozim bo`lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo`ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o`rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo`ladi. Avvalo bunday fikr yuritishning o`zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo`lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko`p asrlik meroslarni o`rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Millatimiz urf-odatlaridagi, qonidagi ma’rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati bir necha ming yillar davomida shakllangan, sayqal topgan”.
(Barkamol avlod orzusi)

Yüklə 11,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin