Tushuntirish xati Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev


Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar



Yüklə 11,37 Mb.
səhifə24/40
tarix20.09.2023
ölçüsü11,37 Mb.
#145857
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
10-sinf sinf soati ish reja va konspekti

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar,
tarqatma materiallar.
Ma'lumki, dunyoda kechayotgan murakkab g'oyaviy jarayonlar, ayrim mintaqalarda avj olayotgan nizolar, internet tarmog'i orqali tarqatilayotgan axborot xurujlari bugun sog'lom fikrli har bir kishini tashvishga solmasdan qo'ymaydi. Ayniqsa o'rgimchak to'ri deb ataluvchi internet tarmog'i orqali tarqatilayotgan axborot xurujlari insonlarni ma'naviy jihatdan qoloq qilib, davlatlar o'rtasidagi nizolarga sabab bo'lmoqda. Poytaxtimizdagi IIV Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabida bo'lib o'tgan tadbir ham O'zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan yaratilagan "Internetdagi tahdidlardan himoya" nomli kitob taqdimotiga bag'ishlandi.Tadbirda Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabi professor-o'qituvchilari, kursantlari hamda O'zbekiston musulmonlari idorasining ulamolari ishtirok etishdi. Unda so'z bevosita glaballashuv davrining yutuqlaridan biri bo'lgan internet , uning bugungi kundagi ijobiy va salbiy jihatlari, ma'naviy rivojlanmagan fuqarolar ongida internet so'zining qay tarzda shakllanishi haqida bordi. Qolaversa, biz yashayotgan hozirgi murakkab davr mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarimizda xushyorlik va ogohlikni kuchaytirishni taqozo etmoqda. Ta'kidlash kerakki, ushbu yo'nalishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoshlarni internetdagi axborot xurujlaridan himoya qilish bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanmalar tayyorlash vazifasi belgilangan edi. Mana shu topshiriqqa hozirjavoblik bilan O'zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilib, soha mutaxassislarining qimmatli fikrlari olindi va eng zamonaviy pedagogik uslublardan foydalangan holda "Internetdagi tahdidlardan himoya" nomli kitob yaratildi.Shuningdek soha mutaxassislari mazkur asar yoshlarni ma'naviy xurujlardan himoya qilishga qaratilgan ilk o'quv qo'llanma ekanligini e'tirof etishdi. Zero, mazkur kitobning O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan o'tkazilgan respublika ko'rik tanlovida "Yilning eng yaxshi kitobi" deb topilgani ham uning naqadar dolzarb va e'tiborga molik nashr ekanini anglatadi.Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, mazkur kitob o'tgan 20_5 yilning oxirlarida to'rt ming nusxada nashr qilindi. Ma'ruzachilarning so'zlariga ko'ra, kitobda, “Sog'lom e'tiqodga tahdid”, “Jahon axborot tarmog'idagi fitnalar xuruji ”, “Axborot xurujidan himoya”, “Bekorchilik va buzug'chilik turlari” kabi o'nta band va qirq yettita mavzu jamlangan. Albatta, bunday adabiyotlar har bir ta'lim dargoxining kutubxonasida bo'lishi zarur. Shundagina yoshlarni internet tarmog'i orqali vujudga kelayotgan salbiy holatlardan himoya qilish mumkin.




Yüklə 11,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin