Topshiriq: Amir Temur bobomiz haqida yozilgan asarlardan birini tahlil qilish. Bu bilan o`quvchilarda vatanparvarlikni rivojlantirish, Amir Temurga bo`lgan g`urur va faxrlanish yanada kuchli bo`ladi va tarixiy asarlarga, kitoblarga yanada qiziqish uyg`onadi . Masalan: O`zbekiston xalq yozuvchilari Pirimqul Qodirovning “Buyuk siymo”, Muhammad Alining “Sarbadorlar”, Nurali Qobulning “Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich” kabi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
27-Mavzu: Xalq amaliy san'ati – milliy boyligimiz
(Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida).
Kun shiori: “Ilm yo`lida izlanishdan tolmang”.
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol ishtirok etishini, fanlarga qiziqishini rivojlantirish, mehnatsevarlikka o`rgatish.
O ‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo`lur chiroylik”.
O`qituvchi:
Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o`zingiz, kelgusi hayotingiz uchun iborat bo`ladigan ko`p narsalarga guvoh bo`lasiz. Oyog`ingiz ostiga qarang – yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko`rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelayapti, birortasi chetga chiqib, “qo`l qovushtirib” turgani yo`q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o`tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa qalqtirgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo`llariga g`ayrat baxsh etgan. Holbuki bular – biz “ongsiz”, “aqlsiz” sanaganimiz qumursqalar, xolos. Holbuki, Siz bilan biz INSON degan nomni ardoqlamog`imiz lozim.
Bu o`rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar:
Tuxum yerga kirib chechak bo`ldi,
Qurt jondin kechib ipak bo`ldi.
Lola tuxmicha g`ayrating yo`qmu,
Pilla qurticha himmating yo`qmu?
Aksincha, mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o`zini ham sevmaydi. Bunday kishilarning dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. Ayni shunday odamlar qorin to`yg`azish, kunni bir amallab o`tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo`l uradilar. Yalqovlik inson hayotining, kelajagining zavoli, kambag`allikka eltuvchi asosiy yo`ldir. Go`zal va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o`rganmoq, g`ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Zero, baxt, boylik, obro`-e’tibor, xotirjamlik o`z-o`zidan kelmaydi.
Dostları ilə paylaş: |