2-mavzu: Umumiy qoidalari haqida Kun shiori: Yo`l qoidasi umr foydasi Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,O`zbekiston yagona Vatan ekanligini, bugun O`zbekiston kundan-kunga rivojlanib borayotganligi, bunda har farzand o`z ulushini qo`shishni singdirish .
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Tayanch iboralar. Qoidalar. Asosiy tushunchalar. Atamalar. Haydovchining majburiyatlari. YTH sodir bo‘lganda haydovchining vazifalari. Ma’lumki, har qanday faoliyatni amalga oshirishda, uni to‘g‘ri tashkil qilishda biror narsaga ya’ni qandaydir qonuniyatlarga asoslanish, maqsadga erishishning yagona to‘g‘ri yo‘li hisoblanadi. Shu o‘rinda yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil qilishda insoniyat tarixida juda ko‘plab qoidalar ishlab chiqilgan va ular takomillashib borgan. Yo‘l harakati qoidalari juda qadimga borib taqaladi. Yo‘llarda birinchi transport vositalari - «izvoshlar» paydo bo‘lishi bilan, ular uchun harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Keyinchalik dastlabki avtomobillar yo‘lga chiqqanda, tezliklari juda past bo‘lsa ham, ularni oldida bir kishi yu
gurib yurib yo‘ldagi odamlarni ogohlantirib chetga chiqarib yurgan.Keyinchalik shu tartibda har bir davlatda o‘zlarining yo‘llarida harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Davlatlarning rivojlanishi ular orasidagi aloqalarni ham rivojlantirib bordi va dunyoda o‘zaro hamkorlik qiladigan davlatlar o‘rtasida yo‘llarda harakatlanish yagona qoidalarini qo‘llashni talab qila boshladi. Shunday qilib, xalqaro kelishuvlarga asos solindi va 1909 yilda birinchi xalqaro konventsiya qabul qilingan bo‘lib, unda atigi 4ta yo‘l belgi qabul qilingan edi:
Bular: 1) Notekis yul 2) Xavfli burilishlar 3) Temiryo‘l kesishmasi 4) Chorraha yo‘l belgilaridir.
Keyinchalik xalqaro konventsiya talablari asosida «yo‘llada harakatlanish qoidalari» ishlab chiqila boshladi. O‘zbekistonda oxirgi yo‘l harakati qoidalari 2001 yil mart oyidan kuchga kirgan.
«Yo‘l harakati qoidalari»ni boblar bo‘yicha o‘rganib chiqamiz.
I-bob. Umumiy qoidalar;
Umumiy qoidalar 5 bandni o‘z ichiga oladi.
1-band: Respublika yo‘llarida harakatlanishning yagona tartiblarini;
2-band: Respublikadagi yo‘llarda TVlarning o‘ng taraflama harakati;
3-band: Yo‘l harakati qatnashchilariga talablar;
4-band: Yo‘l harakati qatnashchilarining vazifalari;
5-band:Qoidani yuridik himoyalaydi.
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi